Ўзбекистон респупликаси


Usul. Adabiyot darslarida qo‘llanadigan usullar



Download 378,5 Kb.
bet17/60
Sana23.03.2022
Hajmi378,5 Kb.
#506788
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60
Bog'liq
адабиёт укитиш маъруза (1)

3. Usul. Adabiyot darslarida qo‘llanadigan usullar.
Usul - metodning tarkibiy qismi, uni amalga oshirish shakli yoki shakllar yig‘indisidir. Bir metodni amalga oshirish uchun bir yoki bir nechta usullarga murojaat qilinadi. Masalan, ma’ruza metodida og‘zaki bayon qilish, ifodali o‘qish, ko‘rgazmalilik kabi usullarning biri yoki bir nechtasi kombinatsiyasi orqali yuqori samaraga erishish mumkin. Suhbat metodini amalga oshirishda erkin suhbat, ifodali o‘qish, rollarga bo‘lib o‘qish, munozara, teleko‘prik, 6X6 kabi usullar amaliyotda keng qo‘llanadi.
Ifodali o‘qish - adabiyot o‘qitishda keng qo‘llaniladigan usullardan biri. Adabiy o‘qish barcha janrlardagi adabiy asarlarni ifodali o‘qish qoidalariga binoan ravon nutqda, ifodali, tushunarli va jozibali tarzda o‘qishdir. Asarni ifodali o‘qiyotgan o‘quvchi shu asarning mazmunini tinglovchiga yetkazishga, undan badiiy zavq olishga ta’sir ko‘rsatadi. Adabiyot darslarida hamisha ifodali o‘qishdan
foydalaniladi. Bunda asarning mazmuni va ruhiga mos ohang tanlash, to‘xtalish (pauza), mantiqiy urg‘u, hissiy ifodalilik kabi ifodali o‘qish qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Rollarga bo‘lib o‘qish usulidan sahna asarlarini yoki nasriy asarlarni o‘rganishda foydalaniladi. Bu o‘qishda o‘quvchilar o‘zlariga topshirilgan personaj nomidan harakat qilishdan tashqari boshqa bir shaxs bilan munosabatga, suhbat, muzokara va munozaraga kirishadilar, shu tufayli o‘zaro to‘qnashadilar. Bu o‘qishda o‘quvchi o‘zidan tashqari muomalada bo‘layotgan, o‘ziga gapirayotgan kishining harakati, nutq ohangi, mimikasi va butun holatini kuzatadi, unga qarshi javobga tayyorlanadi. Shu orqali obrazlar, lavhalar va butun asar ruhini, mazmunini anglash va idrok etish mashg‘ulotda yuqori bo‘ladi.
Jo‘r bo‘lib o‘qish. Bunda o‘qituvchi matnning yakka va jo‘r bo‘lib o‘qiladigan o‘rinlarini aniq belgilab berishi, ovozlarning qanday bo‘lishini hisobga olishi kerak. Shuni unutmaslik kerakki, har qanday asar ham jo‘r bilan o‘qilavermaydi, bunday o‘qiladigan asarlarda ham yakka holda o‘qish zarur bo‘lgan o‘rinlar bo‘ladi. 5-sinf adabiyotida berilgan "Jonlarni jononi Vatan" she’rini jo‘r bo‘lib o‘qishga juda mos keladi. Har bir bandning dastlabki ikki misrasi yakka o‘qilib, keyingi ikki misrasi jo‘r bo‘lib o‘qilsa, she’rning ta’siri, o‘quvchilarning unga qiziqishi ortadi.
Yakka o‘qiladi:
Vatan, vatan der edilar, na der erdim bilmay oni,
Endi bilsam Vatan erkon bu tanlarning shirin joni.
Jo‘r bo‘lib o‘qiladi:
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlarning qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!
Yakka o‘qiladi:
Sensan ekan bizlara chin tuqmish bir mungliq ano,
Boqqung tirik bo‘lsak, agar o‘lsok kuchoqingda yano.
Jo‘r bo‘lib o‘qiladi:
Bir jon emas, ey suyguli, tomirlarning qoni Vatan,
Sensan, bale, bilganlara jonlarni jononi Vatan!..

Download 378,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish