QOPLOVCHI TO‘QIMA ONTOFILOGENEZI
Evolutsion taraqqiyotning ilk bosqichlarida teri asosan himoya funksiyasini bajargan. Shuningdek, tuban umurtqasiz hayvonlarning terisi nafas olish, modda almashinish, harakatlanish, sezgi kabi muhim faoliyatlarni bajargan (14-jadval). Shunday qilib, evolutsiya jarayonida teri tuzilishi takomillashib bir qancha hayotiy muhim faoliyatlarni bajaruvchi bir butun organizmning anatomik fiziologik qismiga aylangan.
Tibbiyot nuqtayi nazaridan turli kasalliklarga tashxis qo‘yishda terining anatomik fiziologik holati hisobga olinadi. Jumladan uning rangi, toshmalar bor-yo‘qligi, yallig‘lanishi, po‘st tashlashi va boshqa belgilariga qarab turli xastalik to‘g‘risida fikr yuritiladi. Shuning uchun barmoqlar, kaft va tovon terisidagi naqshlar hamda egatchalarni o‘rganib, kishilarning shaxsini, ayrim irsiy kasalliklarni aniqlash mumkin.
14-jadval
Teri faoliyati evolutsiyasi
Teri
|
Umurtqa-
|
Tuban
|
|
|
Umurtqalilar
|
|
faoliyatlari
|
siz hayvonlar
|
xordalilar
|
To‘garak og‘izlilar
|
Baliqlar
|
Amfibiyalar
|
Reptiliyalar
|
Qushlar
|
Odam
|
Himoya
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Badan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
haroratini
|
+
|
+
|
|
|
|
|
|
+
|
boshqarish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nafas olish
|
+
|
|
|
|
+
|
|
|
+
|
Modda almashinuvi
|
+
|
|
|
|
|
|
|
+
|
Sezgi
|
+
|
+
|
+
|
+
|
|
+
|
+
|
+
|
Ekskretor
|
+
|
+
|
+
|
+
|
|
+
|
+
|
+
|
Ayiruv
|
+
|
|
|
|
+
|
|
|
+
|
Vitam. D sintezi
|
|
|
|
|
|
|
|
+
|
Yog‘ moddalar deposi
|
|
D
|
|
|
|
|
|
|
Filogenetik nuqtayi nazardan teri epiteliy to‘qimasining 5 turi farqlanadi (A.A. Zavarzin, 1976):
Bir qavatli va ko‘p qatorli kiprikli.
Ko‘p qavatli.
Bir qavatli kutikular.
Ko‘p qavatli muguzlanmaydigan.
Ko‘p qavatli muguzlanadigan.
Epiteliy to‘qimasining mazkur tasnifi teri evolutsiyasini o‘zida aks ettiradi. Birinchi va ikkinchi tur epiteliy to‘qimasi tuban ko‘p hujayrali hayvonlarga xosdir. Halqali chuvalchanglar, bo‘g‘im oyoqlilar tanasi kutikular epiteliy bilan qoplangandir. Xordalilar tanasi ko‘p qavatli epiteliy to‘qimasi bilan qoplangan.
Tuban xordalilardan boshlab terining ektoderma mahsuli epitelial qavat (epidermis) va uning pastki qavati mezodermadan rivojlangan qo‘shuvchi to‘qima chin teri yoki koriumdan iborat ekanligi kuzatiladi.
Lansetnikning teri qoplami juda nozik bo‘lib, uni tashkil etuvchi epiteliy bir qavat silindirsimon hujayralardan tuzilgan, uning tarkibida ayrim bez hujayralari ham uchrab turadi. Chin teri yupqa qo‘shuvchi to‘qimadan iborat.
Umurtqalilar kenja tipiga mansub hayvonlarda teri tuzilishi birmuncha mukammallashgan, epidermis va chin teri qavatlari aniq rivojlangan. Epidermis ko‘p qavatli, muguzlanuvchi epiteliysimon hujayralardan iborat. Korium asosiy moddadan, tolalardan va bir necha xil hujayralardan tuzilgan.
Baliqlar terisi shilliq ishlab chiqaruvchi bezlarga boy ko‘p qavatli epiteliy to‘qimadan tashkil topgan. Korium esa zich va tolalidir.Ular tanasi tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar, plakoid hamda suyaksimon bo‘ladi. Plakoid tangachalarni hosil qilishda ham epidermis va korium qatnashadi. Suyak tangachalar asosan korium mahsulidir.
Amfibiyalar teri epiteliysi ko‘p qavatli va yassi bo‘lib, muguzlanuvchandir. Unda juda ko‘p bezlar bo‘lib, ular shilliq modda va oqsil ishlab chiqaradi. Ana shu bezlar teri orqali nafas olishni osonlashtiradi, terini qurib qolishdan saqlaydi. Bundan tashqari bu bez mahsulotlarida bakteritsid moddalar ham bo‘ladi. Ayrim vakillarda terining zaharli bezlari himoya vazifasini o‘taydi.
Reptiliyalarning terisi butunlay quruqlikda yashashgamoslashgan.Tanasi muguz-shoxli qobiq bilan qoplangan bo‘lib, bu terini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi. Epidermis aniq ikki qavatdan, ya’ni pastki jadal sur’atda ko‘payuvchi hujayralar qavati va yuqorigi o‘lib boruvchi hujayralardan iborat. Bunday hujayralarda keratogialin paydo bo‘lib, yadro yo‘qoladi, hujayra yassilanadi va qattiq shox tangachalarga aylanib, keyinchalik po‘st tashlash kuzatiladi. Reptiliya terisi bezlar tutmaydi.
Sutemizuvchilar terisi murakkab tuzilgan bo‘lib, ikki qismdanepidermis va dermadan tashkil topgan. Terining quyi qavatida teriosti yog‘ kletchatkasidan iborat gipoderma joylashgan. Terining rangiturli irqga mansub odamlarda har xil rangda bo‘ladi. Terining kaft va tovon yuzalaridan tashqari deyarlik hamma sathi yung bilan qoplangan. Sutemizuvchi hayvonlarda teri hosilalaridan: soch, tirnoq, yog‘, sut, ter bezlari, hid chiqaruvchi bezlar va boshqalar rivojlangan.
Sutemizuvchilarning ter bezlari amfibiyalar teri bezlarigagomologikdir. Ter bezlari ayirish va termoregulatsiya jarayonida katta ahamiyatga ega. Yog‘ bezlari hosilasi soch va terini moylab, tashqi muhit ta’siridan saqlaydi. Yog‘ bezlari faqat sutemizuvchilarga xosdir. Sut bezlari sutemizuvchilarda ter bezlarining gomologi hisoblanadi. Bu holat ayniqsa kloakalilarda namoyon bo‘ladi. Sut bezlarining soni ayrim yo‘ldoshlilarda 22–25 taga borishi mumkin. Ba’zan odamlarda ham qo‘shimcha sut bezlarining bo‘lishi kuzatiladi. Bu holat atavizm deb atalib, avlod-ajdodlarimizdagi belgilarning qaytarilishidir. Demak, teri evolutsiyasining asosiy yo‘nalishi: teri qavatlarining mukammallashuvi, undagi ayrim bez tanachalari, yungning hosil bo‘lishidan iboratdir. Bu hosilalar tashqi muhitning mexanik ta’siri, qurib qolish kabilardan saqlaydi.
Shunday qilib, qoplovchi to‘qima evolutsiyasi umurtqali hayvonlarda quyidagi yo‘nalishda amalga oshgan:
Terining derma va gipoderma qavatlarining paydo bo‘lishi.
Epidermis qavatini bir qavatlikdan ko‘p qavatlikka aylanishi.
Teri hosilalarining vujudga kelishi.
Teri va uning hosilalari ikkita embrion varag‘idan – ektoderma va mezodermadan taraqqiy etadi (15- jadval). Ektodermadan terining tashqi qavati – epidermis hosil bo‘lsa, mezodermadan xususiy teri – derma hamda teri osti qatlami – gipoderma vujudga keladi.
15-jadval
Teri hosilalari
Embrion varaqlari
|
Teri qavatlari
|
1. Ektoderma
|
1. Epidermis 2. Teri hosilalari: soch, tiqnoq, ter, yog‘, sut
|
2. Mezoderma (dermatoma)
|
1. Derma 2. Gipoderma
|
Embrion taraqqiyotining birinchi haftalaridan boshlab epidermis shakllana boshlaydi. Embrion hayotining uchinchi oylariga kelib epidermis ko‘p qavatlikka aylanadi. Embrional taraqqiyotning birinchi oylaridan boshlab derma va gipoderma rivojlana boshlaydi. Homilaning uch oylik davridan boshlab terida soch, tirnoq va ter bezlarining kurtagi paydo bo‘la boshlaydi. Boshqa a’zolar taraqqiyotida kuzatilganidek, qoplovchi to‘qima ontogenezida ham teri filogenezi takrorlanadi.
Qoplovchi to‘qimaning rivojlanish anomaliyalari boshqa a’zolarnikiga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Teri va uning hosilalarini rivojlanish anomaliyalari alohida yoki boshqa a’zo anomaliyalari bilanbirgalikda uchrashi mumkin. Teri anomaliyalarining quyidagi turlari tafovut etiladi:
Soch anomaliyalari (atrixoz, gipertrixoz va h.k.).
Teri pigmentatsiyasining buzilishi (albinizm, melanizm va h.k.).
Teri muguzlanishining buzilishi (ixtioz, eritrokeratodermiya, tug‘ma panionixiya va h.k.).
Teri o‘simliklari (tug‘ma xol – so‘gal, gemangioma, papilloma va h.k).
Atrixoz (alopetsiya) – bosh sohasida batamom soch o‘smasligi. Gipertrixoz – tanani, jumladan boshni, yuzni qalin jun bilan qoplanishi (arslon boshli bola). 23 – Biologiya 353
Albinizm – terining butun sathida yoki ayrim joylarida, sonda, ko‘z qorachig‘ida melanin pigmentining bo‘lmaslik kasalligi. Chegaralangan albinizm vitiligo («pes») kasalligi tananing peshona, og‘iz atrofida, bo‘yin, qo‘l barmoqlarida ko‘proq kuzatiladi.
Melanizm – terining ayrim joylarida (yuzda, kaftda, tizza bo‘g‘imida) pigmentatsiyaning kuchayishi.
Ixtioz – teri muguzli epiteliy qavatining qalinlashuvi, terining turli xil tangachalar bilan qoplanishi. Bu kasallikning bir necha turlarima’lum. Tug‘ma paxionixiya – tirnoq plastinkalarining haddan tashqari qalinlashuvi, dag‘allashuvi, tirnoqda bo‘ylama chiziqlarni paydo bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |