O‘QUVCHIGA QOIDA YODLATMASDAN AMALIY KO‘NIKMANI
RIVOJLANTIRAYLIK
Abdullayeva Barno Baxodirovna
Urganch shaxar 28-son maktab uzbek tili fani Oliy toifali o`qituvchisi.
So‘z – nutqining asosiy xom-ashyosi. O‘quvchini bu xom-ashyo bilan ta’minlashning asosiy mas’uliyati ona tili ta’limi zimmasiga tushadi. Shuning uchun so‘z ustida ishlash, o‘quvchilarni ularga notanish bo‘lgan so‘zlar olamiga olib kirish, nutq sharoitiga qarab ularni to‘g‘ri va o‘rinli ishlatishni ta’minlash ona tili mashg‘ulotlarining muhim tarkibiy qismiga va ona tilidan o‘quvchi bilimini baholashning asosiy omillaridan biriga aylanmog‘i lozim.
Ona tili ta’limidan asosiy maqsad “O‘quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy vositalaridan nutq jarayonida samarali va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini, fikrni turli yo‘sin va shakllarda ifodalay olish malakalarini hosil qilishdan iborat” ekan, bunga erishishni boy va barkamol so‘z xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Nutq boyligi masalasi ona tilidan ta’lim samaradorligining amaliy ko‘rsatkich darajasiga ko‘tarilishi va so‘z boyligini oshirish hamda boyitish esa ona tili ta’limining asosiy maqsadiga aylantirilishi ta’limning jahon andazalariga mos keladi.
Haqiqatda ham, o‘quvchliarga ona tilini o‘qitishdan maqsad nima?
Maqsad – ularda savodli va go‘zal nutq madaniyatini hosil qilish. Ta’lim samarasi har bir o‘quvchining amaliy nutqi asosida baholanishi lozim. Ona tili ta’limi oldida hozirgi davr qo‘ygan zamonaviy talab mana shundan iborat. So‘z boyligini oshirishga mone’lik qiladigan omillar bir nechta bo‘lib, ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin.
Ona tili ta’limi mazmunining o‘ta ilmiyligi, nazariyiashtirilganligi va maydalashtirilganli bolalarning so‘z boyligini muttasil oshirib borish, so‘zdan tez, to‘g‘ri va o‘rinli foydaianish malakalarini shaklantirishga juda katta g‘ovdir. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning asosiy vaqti nutqiy tadbirkorlik va samaradorlikni ta’minlashga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan til xodisalarini tahlil qilish-u, ularni quruq yodlab olish bilan band bo‘lmoqda. Hali yetarli so‘z boyligiga ega bo‘lmagan, o‘z ona tilining imkoniyalaridan nutqda foydalanish malakaiariga ega bo‘lmagan o‘quvchi gapda ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabilarni aniqlash-u,
190
ularning talqinini berish bilan cheklanmoqda. Bu esa o‘quvchi nutqining rivojlanishida hech qanday ahamiyatga ega emas. Chunki ma’lumot mazmunining ilmiylashuvi, nazariylashuvi va maydalashuvi bolalarni fandan bezdiradi: amaliyotdan yiroq, murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirishning qiyinligi o‘quvchilarda shu fanga nisbatan salbiy munosabat va o‘zlashtira olmaslik xavfini tug‘diradi. Ko‘r-ko‘rona vaqtincha o‘zlashtirilib, tez orada xotiradan ko‘tariladigan bilimlar esa, besamara faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarda o‘qishga nisbatan salbiy ruhiy munosabatni vujudga kaltiradi, ulami o‘qishdan bezdiradi. Eng asosiysi bolalarning lug‘at boyligini oshirishdek foydali amaliy ishlar grammatik talqinlar soyasida qolib ketadi. Jumladan, tilshunos olim B.Mengliyev ona tili ta’limi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirar ekan, o‘quvchilarga son-sanoqsiz qoidalarni yod oldirishimiz, gaplarni ipidan ignasigacha tahlil qildirishimiz bu esa o‘quvchinig og‘zaki va yozma nutqiga qay darajada ta’sir etish haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz deya kuyinib gapirarkan yana shunday misollarni keltiradi: “Bolalarimizning nutqida tutilish, duduqlanish, “anaqa”, “haligi”, “nima desamikin” va h.k kabilarni har ikki so‘z orasida xuddi bog‘lama sifatida qo‘llashlari va bundan hijolat ham bo‘lmasliklari haqida gapirib, buning sababini shunday ko‘rsatadi: “…ona tili predmeti to‘la-to‘kis tilshunoslik faniga aylanib bo‘ldi. O‘qituvchi ham, o‘quvchi ham, ota-onalar ham ona tili ta’limi deganda tilshunoslik qoidalarini yodlash va ularga doir mashq va topshiriqlarni bajarishdan boshqa narsani tasavvur qila olmaydigan bo‘lib qoldi. Birinchi planda turishi kerak bo‘lgan og‘zaki va yozma nutq bo‘yicha savodxonlik, nutq va muloqot madaniyati, boy so‘z zaxirasi, notiqlik eng oxirgi o‘rinlarga tushib ketdi”12.
Tilshunos olimning yuqoridagi fikrlari qanchalik to‘g‘ri va achinarli. Keyingi yillarda o‘zbek tilidan tuzilgan dasturlarda “Nutq o‘stirish” bo‘limi ajratilgan. Unga maxsus soatlar berilgan. Lekigin dars jarayonida lug‘atlar bilan ishlamaslik, so‘zlarning izohini bilmaslik o‘quvchilrni na so‘z boyligini, na savod darajasini oshiradi. Bugungi kunda chuqur mushohada yurituvchu, mustaqil va mantiqiy fikrlovchi o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashimizda oldimizda turgan muhim vazifalardan biri amaldagi ta’lim tizimidagi grammatik qoidalar va ilmiylikni bartaraf etishdan iboratdir. Bu grammatik bilimlardan to‘la-to‘kis voz kechish degani emas, albatta. Ayni bir masalaga ikki xil yondashuv usuli va uning samarasini ko‘rib o‘taylik:
Grammatik, ilmiy. Gap ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, undalma, kiritma kabi tarkibiy qisimlarga ajratiladi va tahlil qilinadi. Bu usul bolalarda tayyor nutqni parchalash va uni chaynash, maktab amaliyoti uchun keraksiz bilimlami ajratishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga bolada faqatgina nazariy bilimlarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
Amaliy - ijodiy usul. Bu usul ona tilida «gapni kengaytirish» usuli deb yuritiladi. Gapni kengaytirish ham o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi:
Gapni vertikal kengaytirishda berilgan gapdagi har bir so‘zga ma’nodoshlar, uyadoshlar topilib pastga qarab ustuncha shaklida kengaytiriladi. Bunda o‘quvchi mustaqil, ijodiy fikrlaydi, so‘z izlaydi, so‘z topadi va nihoyat ana shu so‘zlarni o‘z nutqida to‘g‘ri va o‘rinli qo‘liash uchun so‘z tanlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. bu jarayonda o‘quvchi lug‘atlar bilan ishlaydi, mehnat samarasi sifatida ijodiy yaratiq yaratadi.
Gapni kengaytirish usullari:
So‘zga ma’nodoshlar topib gapni kengaytirish va ixchamlash.
-
|
Do‘stim
|
bugun
|
xursand
|
edi.
|
|
|
|
|
|
|
o‘rtog‘ im
Xushnud
191
-
dugonam
|
shod-xurram
|
jo‘ram
|
Baxtiyor
|
Oshnam
|
vaqti chog‘
|
Birodarim
|
kayfi chog‘
|
qadrdonim
|
dimog‘ i chog‘ …….
|
|
|
……
Ushbu ma’nodosh so‘zlarning qo‘llanilish darajasi, nutq uslublari bilan bog‘liqlik jihatlari, ijobiy, salbiy bo‘yoqdorligi ya’ni stilistikasi yuzasidan ko‘nikma va malaka esa mashg‘ulot davomida “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati” bilan ishlash jarayonida shakllanadi va takomillashib boradi.
Kesimdan savol berib gapni kengaytirish va ixchamlash.
Yozdim
-
Men
|
yozdim
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Men
|
bugun
|
yozdim
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Men
|
bugun
|
inshoni
|
yozdim
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Men
|
bugun
|
adabiyot
|
fanidan
|
inshoni
|
Yozdim
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Men
|
bugun
|
adabiyot
|
fanidan
|
komillik
|
haqida
|
inshoni
|
yozdim….
|
Bu topshiriqiarni bajarishda bola yangi jumlasi uchun eng to‘g‘ ri, eng nafis, eng joiz so‘zni o‘zi mustaqil tanlaydi va asosiy mazmunni saqlagan holda yangi, o‘zining mustaqil fikri asosida shakllantirilgan “gapi”ni quradi. Bu jarayon bola uchun juda jiddiy va qiziqarli. Chunki bu yerda bolaning so‘z tanlash qobiliyati rivojlanadi va takomillashadi.
Ikkinchi usul «Gapni gorizontal kengaytirsh va ixchamlash» deb ataladi. Bu jarayon kesimdan savol berib gapni kengaytirish orqali amalga oshlriladi.
Navbatdagi bosqichlarda o‘quvchiiar har bir kengaytirilgan bo‘laklarning o‘zini kengaytirish, boshqa so‘zlar bilan almashtirish orqali ham gap bo‘laklari haqida ma’lumot hosil qilishlari, ham so‘z boyliklarini oshirishlari hamda ravon nutq malakaiarini hosil qilishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, maqsad grammatik ma’lumotlarni ona tili mashg‘ulotlaridan chiqarib tashlash emas, balki uni nutq
192
o‘stirishga, o‘quvchi nutqida to‘g‘ri va ravon qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirih va rivojlantirishga xizmat qildirishdan iboratdir.
Yuqoridagilarni amalga oshirishda yuzaga keladigan metodik qiyinchiliklar. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga mone’lik qilayotgan omillardan yana biri ko‘p hollarda ona tili mashg‘ulotlarida ta’lim metodi, usuli va vositalarining noto‘g‘ri tanlanganligidir. Ma’lumki, ta’lim jarayonida hamon o‘qitishning deduktiv usuli o‘z hukmronligini saqlab kelmoqda. O‘qitishning bu usulida o‘quvchi faqatgina tinglovchi nari borsa, o‘qituvchining ko‘rsatmalari asosida harakat qiluvchi, berilgan andozaga qarab, faoilyat ko‘rsatuvchi shaxsga aylanib qoladi. Til materiallarini berishning bu deduktiv (qoidadan tahlilga, umumiylikdan xususiylikka) usuli o‘quvchini faollashtirishni qiyinlashtiradi, uni ta’lim jarayonining tinglovchisiga aylantirib qo‘yadi. Chunki umumiy qoida, xulosa, ta’rif va talqinlardan amaliy ishga o‘tish jarayonida o‘quvchining fikrlash faoliyati chegaralanadi. U o‘rganilayotgan til hodisalarini o‘z aqliy faoliyati jarayonidan o‘tkaza olmaydi. O‘quvchi o‘ylamaydi, o‘zi hodisalarni kuzatib, hukm va xulosa chiqarishni o‘rganmaydi; tayyor qoidani qabul qiladi, singmagan qoidani bir-ikki mashg‘ulotda baholi qudrat amalda qo‘llaydi va navbatdagi mashg‘ulotga o‘tgach, o‘zida singmagan tushunchani batamom unutadi.
Shuni unutmaslik lozimki, ona tili mashg‘ulotlarida bolaning ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda xulosalar chiqarishiga ko‘makiashadigan so‘zlarni kuzatish, qiyoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullaridan foydalanilmas ekan, ta’lim samaradorligiga umid bog‘lash qiyin.
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi o‘zi mustaqil izlanib, qoida va xulosalar hosil qilmas ekan, bu qoida va xulosalarning o‘quvchiga hech qanday foydali jihati yo‘q. Shuning uchun mashg‘ulotlarni deduktiv (umumiylikdan xususiylikka) emas aksincha induktiv (xususiylikdan umumiylikka) usulida amalga oshirish zarur. bunda o‘quvchiga o‘xshash hodisalar berilib, undan o‘xshash hodisalardagi umumiylikni ajratish va hodisalar sirasini davorn ettirish talab etilsa (“Venn diagrammasi”, “T- chizmasi”, “Klaster” tarmoqlash va h.k) samara tamoman boshqacha bo‘ladi. Birinchidan, umumiylikni hosil qilishda bolaning mehnati singadi: hosil qilingan umumiylik bolaning faoliyat samarasiga aylanadi (o‘ylaydi, izlanadi, farqlaydi, xulosa chiqaradi). Shuning uchun bu umumiylik o‘quvchining shaxsiy mulki sifatida abadiy uniki bo‘ladi va unutilmaydi. Berilgan hodisalarni davom ettirish talabi esa hosil qilingan umumiylikni amaliy tatbiq bilan mustahkamlaydi. Umumiylikning xususiy voqealanishi cheksiz bo‘lganligi sababli, bunday faoliyat o‘quvchini doimiy shakllanishga, rivojlanishga undaydi.
O‘quvchining ona tili va adabiyot fanidan samarali ta’lim olishlari va ularning so‘z biyligini oshirishda ularning intellektiga ham alohida e’tibor qaratish yuqori natijani ta’minlaydi. Bunda konstruktivizm nazariyasiga amal qilish ya’ni konstruktivist o‘qituvchi bo‘lish lozim. Biz o‘quvchilarimizga bilimni yodda saqlashni emas, balki olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish va hayotlari davomida samarali foydalanishga o‘rgatishimiz, yo‘naltirishimiz lozim.
Adabiyotlar:
Ne'matov.H., Gulomov A., Ziyodova T. Hozirgl olzbek adabiy tilini o‘rganishda o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish. – Toshkent: «Xalq merosi», 2002.
G‘ulomov A., Shukurov A. Ona tilidan o‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish.
T.: «O‘qituvchi»,1989.
G‘ulomov A., Ne’matov H. Ona tilidan ta’lim mazmunini yangilashning asosiy
yo‘nalishlari.
T.: «O‘qituvchi», 1992.
Ziyadova T. So‘zi boyniig – o‘zi boy. Ona tili o‘qituvchilari uchun o‘quv-metodik qo‘llanma. – Toshkent, RTM,1994, 60 bet.
Ziyadova T. Dunyoni so‘z boshqaradi. Ona tili o‘qituvchilari uchun o‘quv -metodik qo‘llanma. – Guliston, 1995.
Do'stlaringiz bilan baham: |