Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


PEDAGOGIK TA’SIRNING TA’LIM-TARBIYA SAMARADORLIGINI



Download 7,41 Mb.
bet126/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

PEDAGOGIK TA’SIRNING TA’LIM-TARBIYA SAMARADORLIGINI
OSHIRISHDAGI O‘RNI

Axunxadjayeva Go‘zal Erkinovna




Toshkent davlat transport universiteti "Tillar" kafedrasi katta o‘qituvchisi

Respublikamiz istiqlolga erishgan hozirgi davrda shaxsga chuqur, asosli va umumiy talablar qo‘yiladi lekin ikkinchi tomondan shaxsga katta hurmat ko‘rsatiladi. Bu shaxsga bo‘lgan talablarni va unga bo‘lgan izzat-xurmatni birga qo‘shib – ikki xil shart bo‘lib, pedagogning bolalarga bo‘lgan munosabatlarining chinakam insonparvarligidir. Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari o‘z o‘quvchilari


188
taqdiriga berparvo bo‘lgan kishilar qo‘lida sof kasb-korlik vositalari emas, balki inonlar orasidagi jonli munosabatlar majmuidir.


Umuman pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullarini mukammal egallamasdan va undan mohirona foydalanmasdan turib ta’lim-tarbiya sohasida katta muvaffaqiyatlarga erishib bo‘lmaydi.


Ijtimoiy ruhiyat nazariyasida va pedagogik amaliyotda o‘zaro fikr almashishda ta’sir ko‘rsatish ikki usulda olib boriladi: ishontirish va ta’sir etish. Rus pedagogi Uspenskiy


«Odamni tarbiyalashning eng asosiy yo‘li ishontirishdir, odamning e’tiqodiga esa faqat ishontirish bilan ta’sir qilish mumkin», degan edi. O‘qituvchi faoliyati o‘z o‘qituvchilarini ishontirish va ta’sir etishni talab qiladi. Pedagogning barcha ta’sirlari: o‘quvchilarning munosabatlari, fikrlari, xis-tuyg‘ulari, xarakatlarini o‘zgartirishga va mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘lib, u muhit va tabiatning hamkorligiga ta’sirlanadi. O‘zaro hamkorlikda ta’sir ko‘rsatishning natijasi ishonchdir. Ishonch asosida o‘qituvchining bilimlar tizimi, dunyoqarashlari, munosabatlari va xulq-atvori shakllanadi.


Ishonch – o‘zaro hamkorlikdagi ta’sir etishning natijasi ekanligini ko‘ramiz. Ishonch ikki xil, ya’ni haqiqiy va soxta turlarga bo‘linadi. Haqiqiy ishonch real borliq hayot talablariga mos bo‘lib, u insonni qadrli, obro‘li qiladi. Sohta ishonch o‘zi va birovlarning salbiy tajribasi, qarashlari asosida hosil bo‘ladi. O‘qituvchilardagi soxta ishonchni o‘zgartirish uchun o‘qituvchi ko‘p kuch sarflaydi. U uch yo‘nalishda olib boriladi: sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirish, qimmatli maxsus individual tajribani yaratish, noto‘g‘ri ishonchdagi qarash, bilim, tasavvur, tushunchalarni bartaraf etish.


Ishonch odamlarning dil rishtalarini bog‘lovchi katta kuch. Buning uchun odam boshqalarga ishonmog‘i ixlos qilmog‘i kerak. Halollik, adolat sof vijdonlilik, poklik, so‘z va ish birligi ishonchning mezonlaridir. Ikkiyuzlamachilarga, firibgarlarga, munofiqlarga hech kim ishonmaydi.


Insonda ishonch uchta tarkibiy qismdan tarkib topadi: bilim – xissiyot – xulq-atvor. Ishonch quyidagi formula: tushunish – kechinmalari – o‘ziga qabul qilish – bajarish (o‘z faoliyati va atrofida) asosiy amalga oshiriladi.


Ishontirish yordamida yangi qarashlar, munosabatlar shakllanadi yoki o‘zgaradi. Ishontirish shakllari tubandagilar: munozara, baxs, suhbat, xikoya qilish va namuna.


Ishontirish hamkorlikda ta’sir ko‘rsatishda maksimum ta’sirli bo‘lishi uchun quyidagi talablarga javob berish kerak.


-ishontirish mazmuni, shaklli o‘quvchining rivojlanish darajasiga mos bo‘lishi (kichik o‘quvchilar ertak, fantastik xikoyalar va boshqa);


-ishontirishda o‘quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish;

-ishontirish umumlashgan, konkret asoslarga, misollarga. Boshlang‘ich sinflarga ovozli materiallarga tayanishi;


-ishontirishda o‘qituvchi o‘z habar qilayotgan narsaga o‘zi chuqur ishonishi va h.k. ishontirishning o‘zaro hakorlikdagi ta’sir ko‘rsatish samarasi quyidagi shartlarda yuz


beradi:

-o‘zaro hamkorlik ta’sirning kuchi ishontirishning obro‘siga va voqeaning mazmuniga bog‘liq (o‘quvchi o‘qituvchiga qanchalik ijobiy munosabatda xo‘lasa, shunchalik unga tez ishonadi):

-ishontirishda o‘quvchining individual ruxiy holatini hisobda olish;


-ishontirishda ishontiruvchining intellektual xissiy holati bilan ishonuvchining holati mos bo‘lishi kerak. Masalan, bola haddan tashqari hayajonlanganda noxush his-tuyg‘ular unda hamkorlik qilganda uning hulqidagi kamchiliklarni ko‘rsatish orqali ta’sir ko‘rsatish samara bermaydi.


Ishontirish metodi ta’sirli bo‘lmaydi qaysiki, fikr, hissiyot va iroda bir butun holda muvofiqlashadi.


Ishontirishning samarasi o‘qituvchining so‘z va ish harakat birligiga bog‘liq.

Ta’lim va tarbiyada o‘qituvchining ishontirish haqida Ibn Sinoning quyidagi iboraning so‘zlarni qimmatidir: «Har bir so‘z harakat va mimika bilan tasdiqlanishi, bolalarda hissiyot uyg‘otadigan bo‘lishi zarur».


Pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ushontirish metodi bilan bir qatorda ta’sir ko‘rsatish metodi ham qo‘llaniladi. Uzoq yillar pedagogik jarayonda ta’sir etish tan olinmas edi. Biz xoxlasak, xoxlamasak ta’sir ko‘rsatish elementlari hayotda o‘zaro hamkorlikda muxim rol o‘ynaydi. So‘z yordamida biz o‘qituvchilarga ziyraklik yoki qo‘rquvni, o‘ziga ishonch yoki ishonchsizlikni, zerikish ishonch yoki suxbat singarilarini hosil qilamiz.


O‘qituvchilarga ta’sir qilish so‘zning fandagi ma’nosiga qarab emas so‘z va nutq intonatsiyasi, aniqligini ifodolovchi hamda bularni mustahkamlovchi imo-ishoralar – yuz, qo‘l harakatlari bilan bevosita hissiyotga ta’sir etadi. Bu haqida Makarenko: «… Yuz harakatlarni yaxshi egallamagan, o‘z yuzida zarur


189
ma’nolarni bera bilmaydigan yoki o‘z kayfiyatini ushlab turolmaydigan kishi yaxshi tarbiyachi bo‘lishi mumkin emas» - deydi o‘rinli ta’kidlab.


Suxomlinskiy so‘zning ta’siri haqida: o‘qituvchining so‘zi – o‘quvchining qalbiga ta’sir o‘tkazadigan yagona so‘z. Tarbiyachilik san’ati – avvalo, gapirish, inson yuragiga murojaat qila olish san’atiga bog‘liq. Men astoydil ishonamanki, ko‘pincha katta janjal bilan tugaydigan, maktabda tez-tez sodir bo‘lib turadigan mojarolar – o‘qituvchilarning o‘quvchilar bilan gaplashishni bilmasliklari oqibatidir» degan fikrlari qimmatlidir.


Umuman, pedagogik ta’sirning samarali bo‘lishi shartlari: o‘quv materialining mazmuni: ta’sir ko‘rsatishdagi xolatiga bog‘liqligi; o‘qituvchining ta’sir ko‘rsatish texnikasiga; ta’sir ko‘rsatishning asoslangan sifatiga va amalda qo‘llash uchun yaratilgan sharoitga va boshqalarga bog‘liq.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish