Mavzu: Yubka modellarini eskizi bo’yicha texnik modellash
Reja:
Bazaviy asos yordamida yangi modellar konstruksiyasini qurish
Detallarni konussimon va parallel kengaytirish.
Turli shakldagi yubkalarni modellashtirish.
Bu modellash usullari yordamida ayollar kiyimining model hususiyatlarini ishlashda old bo`lak vitachkasining joyi o`zgartiriladi, bort qaytarmasi, taqilmasi, cho`ntaklari va shu kabilar aniqlanib chiziladi va yangi detallar quriladi.
«Model» so`zi lotinchada namuna, me'yor demakdir. Tayyor bazaviy model yoki uning eskizi bo`yicha kiyimning siluetli konstruktiv asosi yordamida yangi model chizmasini va namunasini tayyorlash jarayoni tehnik modellash deyiladi.
Yangi model konstruksiyasini tayyorlash jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:
modelni o`rganish va uning tahlili;
modelga mos siluetli bazaviy asos tanlash;
tanlangan asosni aniqlash yoki o`zgartirib unga yangi modelga hos hususiyatlar kiritish;
o`hshash model bo`lmagan holda, yangi siluetli asos ishlab chiqish; - yangi model konstruksiyasini tekshirish.
Yangi model tuzilishini o`rganishda uning hususiyatlari va bazaviy asosi yoki tipaviy konstruksiyadan farqlari aniqlanadi. Modelga hos ahamiyatli hususiyatlarga quyidagilar kiradi: kiyimning turi, silueti, bichimi, o`lchami, bo`yi va to`laligi, uzunligi, gazlama turi, kiyimning ko`krak, bel, bo`ksa va etak chiziqlari bo`yicha kengligi va ularning orqa, o`miz va old konstruktiv uchastkalari aro taqsimlanishi, elka qiyaligining uzunligi, engining kengligi, yoqasining uzunligi va eni, taqilmasining turi, izma va tugmalarning joylanishi va soni, bezak va yangi detalllarning joylanishi va shakli va h.k.
Modelga mos bazaviy konstruksiyani asoslab tanlashda uch hil mezonlar guruhiga doir talablarga amal qilinadi.
Birinchi mezonlar guruhi gazlama va kiyim turini, kiyimning bichimi va siluetini, razmer, bo`y va to`laligini ta'riflaydi.
Ikkinchi mezonlar guruhi yordamida bazaviy konstruksiya asosiy o`lchamlari ularning loyihalanayotgan buyumga mosligi va qomatda urnashuvi nuqtai nazaridan baholanadi.
Uchinchi mezonlar guruhi, kiyim detalllarining bo`linishlari bilan bog`liq. Vertikal bo`linish chiziqlarga ega bo`lgan, qirqma yon bo`lak, vitachka va koketkalar modellash ishlarini osonlashtiradi. Bunday bo`linish, chiziqlar yordamida aniq hajmiy shaklni yaratish mumkin.
Konstruktiv asos siluetini o`zgartiradigan usullarga paralel va konussimon kengaytirish yoki toraytirish, detallarni toraytirish yoki burmalar hosil qilish kiradi.
Parallel kengaytirish detallarda asosan burmalar va yumshoq tahlamalar loyihalash uchun qo`llanadi. Konstruktiv gorizontal chiziqlar belgilangan detal qator vertikal chiziqlar orqali bo`linadi va har bir bo`lak konstruktiv chiziqlar bo`yicha (7.1rasm) suriladi. Ketma-ket surilgan detallar konturi belgilanib turiladi. Ohirgi detal surilgandan so`ng butun yangi kontur ravon chiziladi.
Konussimon kengaytirish kiyim detalining yelka, ko`krak, bel, bo`ksa, tizza chiziqlaridan va pastroqdan boshlanishi mumkin. Konussimon kengaytirish kiyim (3.6-rasm) shaklini siluetini o`zgartirishda qo`llaniladi. O`zgartirishlar usuli yuqorida ta'riflagandek bajariladi, lekin bo`laklar boshqacharoq suriladi.
O`zgartirishlar ikkala usul yordamida tuzilishi mumkin. Bunda avval paralell surilib keyin (7.2-rasm) konussimon yoyiladi. Vitachkali detallar kengaytirilganda qirqiladigan chiziqlar vitachkalar uchidan o`tadi. Bo`laklar surilgandan so`ng qisman yoki to`liq yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |