MAVZU: O’zbekiston aholisining hududiy joylashuvi .
REJA:
O’zbekistonda aholi soni dinamikasi va joylanishi.
Aholining demografik tarkibi
O’zbekiston shaharlari tarkibi.
4 . Qishloq aholisi .
O’zbekiston Respublikasi maydoni 448,9 km2 ni
tashkil etadi . Aholisi 35 mln kishi bo’lib , 1 km2
ga 77,9 kishi ( 2021 y) dan to’g’ri keladi . O’zbekiston aholisi soni bo’yicha MDH ga kirgan mamlakatlar orasida Rassiya va Ukrainadan keyin 3 – o’rinda turadi . Poytaxti Toshkent shahri (1930 –yildan). O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqolpog’iston Respublikasi ( 1936- yil) va 12 ta viloyat kiradi .
Statistik ma’lumotlarga qaraganda , O’zbekistonda aholi soni muntazam ko’payib keigan . Masalan , 1865 –yili o’lkada 3320 ming aholi istiqomat etgan bo’lsa , 1920 – yili aholi soni 4470 mingga , 1970 – yili 11800 mingga , 1991 – yili 20708 mingga va 2005 – yili 25707 mingga , 2017 yili 32120,5 mingga , 2021 –yili 35 mln kishiga yetdi . Asrimiz boshidan to hozirgi davrga yer shari aholisi 3,4 martaga ko’paygan bo’lsa , o’zbekiston aholisi 6,6 martaga ortdi . Ayniqsa , mustaqillik yillarida , ya’ni 1990 – 2010 yillarda respublika aholisi 8,2 million kishiga yoki 1,4 barobarga ko’paydi .
O’zbekistonda aholi soni , tarkibi va demografik
hususiyatlariga oid ma’lumotlar 19- asrning 2- yarmidan boshlab mavjud bo’lib kelmoqda . 19 – asrga qadar , O’zbekiston hududida asosan o’zbeklar va dini , urf – odatlari o’zbeklarga bo’lgan tojiklar , qoraqalpoqlar ( Amudayoning quyi qismida va Orol bo’ylarida ) , qozoqlar ( SHimoliy – g’arbiy chala cho’llarda ) , qirg’izlar (tog’lar joylarda – sharqda ) , turkmanlar ( janubiy – g’arbiy cho’llarda ) yashaganlar . 20 – asr boshlarida o’zbeklar uchta yirik etnik guruh : vohalarda yashagan qadimiy o’troq aholi ( 20 – asr boshlarida ular rus adabiyotida – “sartlar “ deb atalgan ) ; mo’g’llar istilosigacha bu yerda yashagan turkey xalqlar ; mo’g’ullar davrida va undan 16 – asrda bu yerga kelib o’rnashgan turkey qabilalar .
XIX- asrning 60 – 70 – yillarida O’zbekiston hududini Rossiya podsholigi bosib oldi . Shu munosabat bilan 19 asr oxiri 20 asr boshlarida Rossiya aholisining bir jumladan , dehqonlar ko’chirib keltiridi va Mirzacho’lga joylashtirildi. Bu yerda yangi qazilgan kanal bo’ylab muhojirlar aholi maskanlari ( posyolkalari ) tashkil topdi . 19 asrda O’zbekiston hududiga Sharqiy qismda tog’ vodiylarida yashash uchun joy ajratildi .
1897 – yil o’tkazilgan aholi ro’yxatigamuvofiq O’zbekiston hududida 3,9 mln. Kishi yashagan . Shundan 19 % shahar aholisi bo’lgan . O’sha kezlarda O’zbekistonda aholi takror barpo etilishi , tug’lish va o’limning yuqri darajasi o’rtacha umr ko’rishning qisqaligi bilan xarakterlanadi . Yosh bolalar o’limi koeffisienti Yevropa va Rossiyadagiga qaraganda 65 – 70 foizga yuqori bo’lgan . Tub aholining migratsiyasi juda past edi . Ushbu holatlar respublikada aholi soni dinamikasi shakllanishiga ta’sir etdi .
1979 – 1989 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’ lumotlariga ko’ra ushbu yillar oralig’idi republika aholisi 4,5 million kishiga ko’payib , o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizga teng bo’lgan . 1970 – 1990 yillarda O’zbekistonda aholining o’sish sur’ati asta – sekin pasayib bordi. Agar 1950 – 1970 yillarda Respublika aholisi har yili o’rtacha 3,5 foizdan ko’paygan bo’lsa , 1980 – 1990 yillarda , bu ko’rsatkich 2,7 foizni , 1991 – 2000 yillarda 1,9 foizni , 2005 – 2015 yillarda 1,50 foizni tashkil qildi .
Respublikada shahar aholisi 1990 – yillarga qadar muntazaam ortib bordi , hatto respublika umumiy aholisining o’sish sur’atidan ikki marta yuqori bo’ldi. 1991 – 2012 yillarda O’zbekistonda shahar aholisining o’sish sur’ati sezilarli kamaydi. Buning asosiy sababi shaharlarda tug’ilishning pasayib ketganligi hamda “ 2009 yil 13 martdagi Vazirlar Mahkamasining 68 soni Qaroriga binoan 966 ta qishloqlarga shaharcha maqomining berilganligi “ dir . Bu nafaqat , mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida , balki aholining demografik rivojlanishda ham muhim o’rin tutadi .
O’zbekistonning demografik taraqqiyotida qishloq aholisining muntazam ravishda o’sib borishi xususiyati xos bo’lib kelgan . Qishloq aholisi sonining o’sishi hozirgi vaqtda ham davom etmoqda . Jumladan , respublika qishloq aholisi salmog’I 1989 – yilda jami aholining 59,3 foizini tashkil etgan bo’lsa , 2005 – yilda 63,7 foiz, 2015 – yilda 49,8 foizga teng bo’ldi . Qishloq joylar aholisida farzandlar ko’p tug’Ilishi , o’lim ko’rsatkichlari past , barqaror nikoh munosabatari va ajralishning kamligi aholi tabiiy ko’payishini yuqori sur’atda bo’lishiga olib kelgan.
O’zbekistonning barcha viloyatlarida ham 1991 – 2005 yillarda aholining o’sish sur’ati bir muncha kamayganligi kuzatiladi . Eng aholisi zich joyjashgan hudud , bu Andijon viloyatidir , keyingi o’rinlarda Farg’ona, Namangan , Samarqand , Toshkent viloyatlari turadi . Aholisi siyrak joylashgan hududlarga Qaraqalpog’iston Respublikasi , Navoiy , Buxoro , Sirdaryo viloyatlari kiradi .
Aholining demografik rivojlanishida uning milliy, yosh – jinsiy tarkibi alohida o’rin egallaydi. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat etishadi . Jumladan , respublikaning tub joy aholisiga o’zbeklar, qozoqlar, tojiklar, qirg’izlar va qoraqalpoqlar kiradi . O’zbeklar barcha viloyatlarda , obikor yerlarda yaashashadi . Qozoqlar asosan Qozog’iston bilan bo’lgan chegara tumanlarda , xususan , Qoraqalpog’iston Respublikasida , Buxoro , Navoiy , Toshkent , Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida istiqomat qiladi . Tojiklar esa , Namangan , Buxoro , Samarqand , Surxondaryo viloyatlarida , qoraqalpoqlar azaldan Amudaryo va Orol dengizi atrofidagi hududlarda yashab kelishadi .
Mustaqillik yillari barcha mintaqalar aholisi milliy tarkibida o’zbeklar ulushi muntazam ortib bordi . O’zbeklar respublikaning ilgardan mavjud shaharlar va sug’orma dehqonchilik qilonadigan yerlarda yashab kelsada , hududlar bo’ylab notekis joylashganligi kuzatiladi . Oxirgi aholi ro’yxati ma’lumotlari , jami o’zbek millatiga mansub kishilarning 35 foizi uchta Andijon , Samarqand , va Farg’ona viloyatda yashagan holda , qolgan viloyatlarning har birida ular ulushi 10 foizga yetmaganligini ko’rsatadi .
O’zbeklardan keyin salmog’I va salohiyatiga ko’ra ikkinchi o’rinni mahalliy millatlardan tojiklar egallaydi . Hududiy tarkibiga ko’ra , tojiklarning 66,3 foyizi qishloq ,qolgan qismi shahar joylarda yashaydi va mintaqalar bo’yicha turlicha taqsimlanadi . 2017 – yilda mamlakatdagi tojik millatiga mansub kishilarning eng katta salmog’I , ya’ni 18,5 foizi Farg’ona viloyaatiga , 10,0 foizi Toshkent va 8,5 foizi Qashqadaryo viloyatiga to’g’ri keldi . Aksincha , Qoroqalpog’ston Respublikasi , Navoiy viloyati aholisi milliy tarkibida ularning ulushi juda kichik bo’lib , har birida atigi , 1,0 foizga ham etmaydi . Ushbu raqamlarni oxirgi aholi ro’yxati ma’lumotlari bilan solishtiradigan bo’lsak , Samarqand , Buxoro viloyatidan boshqa barcha viloyatlar aholisi milliy tarkibida tojiklarning hissasi 1-1,5 barobarga ortganligini ko’rish mumkin .
Respublikada yashovchi ruslar xuddi tojiklar singari aholi milliy tarkibida alohida o’rin tutadi . Biroq , mamlakat aholisi milliy tarkibida ularning ulushi tobora qisqarib bormoqda . Oxirgi aholi ro’yxati davrida respublika jami aholisining 8,3 foizini , 2017 yilda 3,3 foizini tashkil etgan millatga mansub kishilar O’zbekistonning barcha mintaqaalarida bir xil joylashmagan , ular ko’proq shahar joylarda va viloyat markazlarida tarqalgan .
O’zbekiston Respublikasi aholisi milliy tarkibida mahalliy millatlardan qozoqlar soni va salmog’I jihatdan alohida o’rin tutadi . Tahlil etilayotgan yillarda , bu millat vakillari ulushi 1,2 martaga qisqardi . Binobarin , 1989- yilda respublikadagi qozoqlarning 72,4 foizi ikkita mintaqaga – Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent viloyatiga to’g’ri kelgan bo’lsa , 2017 –yilda bu ko’rsatkich 77,4 foizni tashkil etgan . Har ikkala mintaqadagi qozoqlar umumiy miqdori tatqiqot davrida 1,1 ; 1,3 martaga oshgan . Soni jihatdan beshinchi o’rinda turuvchi qoraqalpoq millatining 94,1 foizi nomi bilan bog’liq respublikada , 3,4 foizi Navoiy viloyatida , qolgan qismi esa boshqa viloyatlarda istiqomat qiladi .
O’zbekiston aholisi shakillanishi va joylanishida uning yosh –jinsiy tarkibi alohida ahamiyatga ega . Aholining yosh tarkibida hamisha yoshlar , mehnat yoshidagi aholi ko’p sonli ekanligi bilan xarakterlanadi .
Aholining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollar miqdori o’zaro mutanosib , ya’ni teng (50-50) . Bu tenglik ma’lum bir yosh guruhlarigacha saqlanib qolinadi , so’ngra 50 – 55 yoshlardan boshlab jinsiy tarkibda ayollarning ustunligi kuzatiladi . Aholining jinsiy tarkibida ko’p yillarda ayollarning erkaklarga nisbaatan ulishi ortiq bo’lganligi kuzatildi , ammo oxirgi yillarda bu nomutanosiblik tenglashib bormoqda .
3 . Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng , mamlakatimiz hududiy tuzilmasining o’zini tashkil qiluvchi shaharlar tizmini takomillashtirish , ularning mavjud tabiiy , ishlab chiqarish , va ilmiy – texnikaviy salohiyatidan to’g’ri hamda samarali foydalanish dolzarb masalalaridan biriga aylandi . Binobarin , milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi shaharlar to’ri va tizmi bilan chambarchas bog’langan . Shu bois ,yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida respublika urbanistik tarkibidagi o’zgarishlari va shu bilan birga , jahon urbanizatsiyasining mamlakatga xos jihatlari hamda ta’sirini tqdqqiq etish katta ahamiyatga ega .
Ta’kidlash joizki , respublika hukumati tomonidan urbanistik tizimni takomilashtirish bo’yicha islohatlar amalga oshirilmoqda . Xususan , O’zR Prezdentining 2005-yil 14- iyulda ” O’zbekiston Respublikasi aholi punlitlari ma’muriy –hududiy tuzulishini yanada takomilashtirish chora- tadbirlari to’g’risida ‘’ gi qarori qabul qilindi . Shuningdek , 2009 – yilda “ Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili “Davlat dasturining qabul qilinishi bilan qishloq joylarni ishlab chiqarish va infratuzilmaviy salohiyati yuhsaltirish , asosiy vazifalardan biri qilib belgilandi .
Respublika mintaqalari urbanistik tarkibi , o’zining genetik xususiyati , funksional tiplari va katta – kichikligiga ko’ra farqlanadi . Jumladan , mustaqillik arafasida mamlakatda jami 123 ta shahar va 104 ta shaharchalar mavjud edi ( urbanizatsiya drajasi 40,8 foiz ) . 1992 – yilga kelib respublika geourbanistikasida o’ziga xos vaziyat yuz berdi . Mazkur yida turli mintaqalarda 17 ta shaharchalar vujudga keldi . Ular , Jizzaxda – Zarbdor va Zafarobod , Samarqandda – Mirbozor , Sidaryoda- Do’stlik , Toshkentda – Yangi Chinoz , Qashqadaryoda – Nuriston , Qoraqalpog’ston Respublikasida- Akshaloq va Qozonketkan . Shu yili sust urbanizatsiyalashgan Surxondaryoda shaharlar to’ri birdaniga 5 ta ( Angor , Do’stlik , Sariq , Hurriyat va Ejlbayon ) ga kengaydi va bu mintaqada zamonaviy transport vaboshqa infratuzilmalarning rivojlanishi bilan izohlanadi . Aksincha , Xorazm viloyatidagi Gurlan ,Xonqa , Shovot ,va Xazorasp kabi shaharlar , shaharchalar qatoriga tushib qoldi . 1994 – yilga kelib Samarqand viloyatidagi Payariq , 1995 – yilda esa Buxoro viloyatidagi Shofirkon tuman markazlari sifatida shahar maqomiga ega bo’ldi .
O’zbekistonda jami shaharlardan viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar soni 25 ta , tumanlarga bo’ysunuvchi shaharlar 93 ta bo’lib , yagona poytaxt shahar respublikaga bo’ysunodi . Eng ko’pshaharlarga ega bo’lgan viloyat Toshkent viloyati ( 16 ta shahar ) , eng kam shaharlar Xorazm viloyatida – 3 ta . 2009 – yilda bo’lgan tarkibiy o’zgarishlardan so’ng jami shaharchalar soni 1079 taga teng bo’ldi . Eng ko’p shaharchagalarga ega bo’lgan viloyatlar : Farg’ona 197 ta , Qashqadaryo 123 ta va Namangan 120 ta . Sirdaryo va Qaraqalpog’ston Respublikasida shaharchalar soni eng kam .
Hozirda respublikadagi eng urbanizatsiyalashgan mitaqa Namangan viloyati hisoblanadi . Shuningdek , Farg’ona ( 57,0 % ) va Andijon (52,4 % ) viloyatlarida ham shahar aholisining salmog’I respublika o’rtacha ko’rsatkichidan ancha baland .
Urbanizatsiya darajasi mamlakat ko’rsatkichidan past mintaqalarga – Xorazm , Surxandaryo , Samarqand va Buxoro viloyatlari mansub . shu nuqtai nazardan yondashganda ayrim mintaqalarning yangi urbanistik salohiyati ( Qoraqalpog’iston Respublikasi , Navoiy ) real vaziyatni o’zida aks etirmaydi .
Shaharlar aholi soniga qarab katta shaharlar ( aholisi 100 mingdan ortiq ) , yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq ) , juda yirik shaharlar ( aholisi 500 mingdan ortiq ) va “ millioner shaharlar “ ga ajratiladi . O’zbekistonda aholi punkuti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko’p bo’lishi , yashayotgan aholining 2/3 qismi ishchi vaxizmatchilar hamda ularning oilalaridan iborat bo’lishi kerak .
Aholi soni ortishi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich Samarqand , Namangan viloyatlari va Toshtent shahrida qayd etilgan bo’lib , o’sish 2,1% ga teng . Mamlakat aholisining viloyatlar kesmi bo’yicha soni quydagicha :
Andijon - 3088, 6
Buxoro - 1906,6
Jizzax - 1365,5
Qashqadaryo – 3240,3
Navoiy – 986,4
Namangan – 2776,5
Samarqand – 3833,1
Surxondaryo – 2594,6
Sirdaryo – 836,9
Toshkent - 2917,2
Farg’ona – 3711,2
Xorazm -1846,4
Toshkent sh . – 2538,4
Dastlbki ma’lumotlarga ko’ra , 2019 yil 1- iyul holatiga ko’ra , Respublika doimiy aholi sonining 30,5 % I mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar , 59,3 % I mehnatga jayoqatliyoshdagilar va 10,2%i mehnatga jayoqatli yoshdan kattalar hissasiga to’g’ri kelmoqda .
4 . Qishloq aholisi – mamlakat jami aholisining viloyat va tumanlardagi qishloq – ovullarda yashaydigan qismi . Qishloq aholisining aksari qismi , asosan , dehqonchilik ,charvachilik yoki qishloq xo’jaligining boshqa turlari bilan mashg’ul bo’ladi . Mamlakat iqrisodiy rivojlangan sari sanoatda ishlovchilar salmog’I ortib , butun aholi tarkibida Qishloq aholisi salmog’I kamayib boradi .
IXX asr boshlarida qishloqlarda jahon aholisining 95 – 97 % , XX asr boshlsrida qarib 85% yashagan bo’lsa , 1970 – yilda 65 5% dan kamrog’I istiqomat qildi . Ayniqsa , rivojlangan mamlakatlarda Qishloq aholisi salmog’I ancha past . Masalan: Buyuk Britaniyada 11 % , Germaniyada 12 % , AQSHda 21 % ga yaqin . Ba’zi mamlakalarda shaharlarning ekologik sharoyiti og’rlashib borishi va tiransportning rivojlanishi natijasida aholi shaharjardan qishloqlarga ko’chib o’tishi jarayoni kuzatiladi .
So’nggi yillarda O’zbekistonda shahar aholisining o’sish sur’ati pasayib ketdi . Qishloq aholisining shahar aholisiga nisbatan jadalroq ko’payishi natijasida O’zbekistonda shahar aholisining ulushi pasayib bormoqda . Respublikada Qishloq aholisining o’sishiga aholi tabiiy ko’payishi ko’rsatkichlari ( asosan , tug’ilish ) ning ko’payishi ham sabab bo’lmokda . Masalan : 1991 –yilda mamlakat aholisining 59,5% ni qishloq , 40,5 % ni shahar aholisi tashkil etgan bo’lsa , 2004 - yilda bu ko’rsatkich mos ravishda 63,% va 36,5 % dan iborat bo’ldi , ya ‘ni Qishloq aholisi salmog’I 4,0 % ga oshgan . Hozirda O’zbekistonning qishloq joylarida tug’ilishning umumiy koeffitsiyenti ( har 1000 kishiga nisbatan tug’ilganlar soni ) 22,4 ni , tug’lishning mahsus koeffisiyenti ( har 1 ta 15 -49 yoshdagi ayolga nisbatan bolalar soni ) 2,75 ni tashkil qiladi . O’zbekistonda yangi iqtisodiy islohatlatlarning joriy etilishi , bozor munosabatlarining shakillanishi va boshqa Qishloq aholisining dimografik vaziyatiga ma’lum darajada ta’sir etadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |