MA’RUZA №8
ANSYS VA SOLIDWORKS DASTURLARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR.
Ma’ruza rejasi:
Karkasli modellash tizimlari.
Yuzaviy modellash tizimlari.
Qattiq jismli modellash tizimlari.
Qattiq jismli modellashda modellash funksiyalari.
Ob'ektga orienirlangan modellash.
Parametrik modellash.
Tayanch so`zlar va ifodalar:
Geometrik modellash, karkasli modellash, yuzaviy modellash, qattiq jismli modellash, modellash funksiyalari, primitivlar, Bulev operasiyalari, ob'ektga orienirlangan modellash, parametrik modellash
Geometrik modellash loyihalash jarayonida fizik modellardan foydalanish zaruriyati bilan bog‘liq muammolarni yengib utish uchun yaratilgan. Bunday tizimlar fizik modellarni yaratish va o‘zgartirish uchun zarur muhitga o‘xshash muhitni yaratadi. Boshqacha qilib aytganda geometrik modellash tizimida ishlab chiquvchi model shakliga uning qismlarini qo‘shish va olib tashlash bilan o‘zgartiradi, ya'ni yosh bola plastilindan figuralar shakllantirgani kabi vizual model shaklini detallashtiradi. Vizual model xuddi fizik modeldek ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin, lekin u material emas. Biroq uch o‘lchamli vizual model o‘zining barcha matematik ifodalari bilan birgalika kompyuterda saqlanadi. Natijada fizik modellardagi asosiy kamchilik-ishlab chiqarish uchun o‘lchashlarni bajarishga zaruriyat qolmaydi. Geometrik modellash tizimlari karkasli, yuzaviy, qattiq jismli va kam obrazli turlarga bo‘linadi.
Karkasli modellash tizimlari
Karkasli modellash tizimlarida (wireframe modeling systems) shakl uni xarakterlovchi chiziqlar va yakuniy nuqtalar to‘plami ko‘rinishida ifodalanadi. Chiziq va nuqtalar uch o‘lchamli ob'ektni ekranda ifodalash uchun foydalaniladi, shakllarni o‘zgartirish esa kesma va nuqtalarning holati va o‘lchamini o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda vizual model shaklning karkas ko‘rinishidagi chizmasidan iborat bo‘ladi, uning mos matematik ifodasi esa egri chiziq nuqta koordinatalari tenglamalari to‘plamidan va egri chiziq va nuqtalarning bog‘liqligi haqidagi ma'lumotlardan iborat bo‘ladi. Bog‘liqlik haqidagi ma'lumotlar nuqtaning konkret egri chiziqqa tegishliligini, hamda egri chiziqlarning bir-biri bilan kesishishini ifodalaydi. Karkasli modellash tizimlari geometrik modellash endi paydo bo‘lgan vaqtlarda keng tarqalgan edi. Ularning keng tarqalishiga sabab, karkasli modellashda shakl yaratish oddiy harakatlar ketma-ketligi orqali bajarilar edi, shunday qilib foydalanuvchi shaklni yetarlicha oson mustaqil yaratishi mumkin edi. Biroq, faqat chiziqlardan tashkil topgan vizual model qat'iy mantiqqa ega emas edi. Bundan tashqari mos matematik ifodadlar modellanadigan ob'ektning ichki va tashqi yuzlari haqidagi ma'lumotlarni o‘zida aks ettirmaydi. Bunday ma'lumotlarsiz ob'ekt massasini hisoblash, ob'ektga ishlov berishda asbobning harakat traektoriyasini aniqlash, yoki ob'ekt uch o‘lchamli bo‘lsa ham tugallangan elementli analiz to’rsini yaratish imkonini bermas edi. Bunday operasiyalar loyihalash jarayonining ajralmas qismi bo‘lganligi uchun karkasli modellash tizimlari asta-sekin yuzaviy va qattiq jismli modellash tizimlari tomonidan siqib chiqarildi.
8.1-rasm Neodnoznachnoe karkas modellari
Do'stlaringiz bilan baham: |