Modellash funksiyalari. Ko‘pgina qattiq jismli modellash tizimlarida bajariladigan modellash funksiyalarini beshta guruhga bo‘linishi mumkin.
Birinchi guruhga primitivlarni yaratish deb ataladigan (primitive creation functions) dasturda mavjud bo‘lgan zagatovka hajmi asosida oddiy shakllarni yaratish uchun foydalaniladigan funksiyalar kiradi. Shu guruhga hajmlarni quyish va olib tashlash funksiyasi - bulev operatorlari (Boolean operatins) ham kiradi. Birinchi guruhdagi modellash funksiyalari loyihalovchiga xuddi yosh bola taxminiy fizik modelini plastilin (qo‘shish yoki olib tashlash bilan) yaratgani kabi detalning yakuniy shakliga yaqin bo‘lgan shaklini tez yaratish imkonini beradi.
Ikkinchi guruh funksiyalariga yuzalarni harakatlantirish yo‘li bilan hajmiy jismlarni yaratish funksiyalari kiradi. “Zametaniya” (Siveeping) funksiyasi tekislikda berilgan sohani translyasiya qilish yoki aylantirish bilan hajmiy jismlarni yaratish imkonini beradi. Tekis egri chiziqdan aylanuvchi jismni qurish dumalatish (kachaniem) yoki aylanali (vrashatelnoe zametanie) (Svinging). Foydalanuvchi yopiq tekislik sohasini berib, geometrik chegaralarini ko‘rsatishi yoki o‘lchamlar haqidagi ma'lumotlarni kiritish mumkin, ya'ni shaklni qo‘lda chizishi shart emas. Bu yerda geometrik chegaralar deganda chizma elementlari orasidagi munosabatlar tushuniladi (kesmalarning perpendikulyarligi, kesmalarning aylana yoyiga urinishi aylana yoyining kesma bilan urinishi va h.k.). Bunday holatlarda tizim chegaralar talabiga jovob beradigan aniq shaklni mustaqil yaratadi. Geometrik chegaralarni yoki o‘lchamlarni o‘zgartirish boshqa tekis sohani yoki hajmiy jismni beradi. Bunday yondashuv parametrik modellash deb ataladi, chunki parametrlarni o‘zgartirish har xil ob'ektlarni olish imkonini beradi. Parametrlar geometrik chegaralarga kiradigan doimiylar hamda o‘lchamlar bo‘lishi mumkin. Skinning (Skinning) funksiyasi berilgan ko‘ndalang kesimni chizish bilan hajmiy jismlar yaratish imkonini beradi. Ikkinchi guruhdagi funksiyalar loyihalovchiga yakuniy natijaga juda yaqin bo‘lgan shakllarni modellashni boshlash imkonini beradi, chunki ko‘ndalang kesimlarning o‘zigina yakuniy hajmiy jismni aniq ifodalash uchun yetarli.
Uchinchi guruh modellash funksiyalariga asosan mavjud shaklni o‘zgartirishga mo‘ljallangan funksiyalar kiradi. Bunday funksiyalarning turdosh misollariga aylanalik yoki silliq birikish (rolling, blending) va ko‘tarish (lifting) funksiyalarini ko‘rsatish mumkin.
To‘rtinchi guruhdagi modellash funksiyalariga hajmiy jismning tarkibiy qismlari: ya'ni qirralari, qavurg‘alari va uchlarini bevosita manipulyasiyalash imkonini beradigan funksiyalar kiradi. Bunday funksiyalar (yuzaviy modellash sisitemalar funksiyalariga o‘xshash) bilan ishlash chegaralarini modellash (boundary modeling) deb ataladi.
Beshinchi guruh funksiyalariga loyihalovchi erkin shakllar yordamida qattiq jismni modellashda foydalaniladigan funksiyalari kiradi. Masalan, loyihalovchi tizimga “shunday joyda, shunday o‘lchamli teshik qilish” yoki “shunday joyda shunday o‘lchamli faski qilish” kabi komandalar berish mumkin. Bunday funksiyalar bilan ishlash ob'ektga orientirlangan modellash (feature-based modeling) deb ataladi. Keyingi vaqtda beshinchi guruh funksiyalariga alohida e'tibor berilmoqda, chunki ular yordamida qurilgan model yaratish jarayoni haqidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi. Busiz esa detal uchun texnologik jarayon rejasini shakllantirish mumkin emas. E'tibor bering boshqa vositalar yordamida yaratilgan model uchlar, qavurg‘lar va qirralar haqidagi elementar geometrik ma'lumotlarni aks ettiradi.