Zamonaviy fan va talim-tarbiya: muammo, yechim, natija


NAVOIY IJODIDA ORIFONA BAYTLAR



Download 7,41 Mb.
bet124/187
Sana01.05.2022
Hajmi7,41 Mb.
#601093
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187
Bog'liq
Zamonaviy fan va talim tarbiya muammo, yechim, natija

NAVOIY IJODIDA ORIFONA BAYTLAR

Bazarova Guljahon Ismatullayevna


Navoiy shahridagi 16- maktabning Ona tili va adabiyoti fani o’qituvchisi.

Alisher Navoiyg‘azallarimavzusioshiqona, orifona, ijtimoiy, hajviy va tabiat tasviriga bag‘ishlangan kabi turlarga bo‘linib, orifona ruhda yozilgan asarlar Navoiy ijodida oshiqona g‘azallardan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Yana shunday baytlar bo‘ladiki, shoirning boshqa turdagi g‘azallari tarkibiga kiritilgan bo‘lib, orifona mazmun-mohiyat kasb etadi.


“G‘aroyib us-sig‘ar” devonidagi 227- g‘azal shaklan musalsal va mazmunan oshiqona turga kirib, to‘qqiz baytdan iboratdir. G‘azalda orif oshiqning Ilohiy ma’shuq visolidan uzoqda – hijron va hasratda kechgan damlari, visol umidi, o‘zini bu ulug‘vor martabaga tayyorlash va unga loyiq ko‘rish faxriyasi qalamga olingan. Undagi orifona ruh, ayniqsa, g‘azal yakuni bo‘lmish maqtada yaqqol ko‘ringan:


Navoiy o‘ldi, gar parvona kuydi, bulbul un chekti, Bular gar yaxshidurlar, ishq aro ul ham yomon ermas.


Parvona kuydi, bulbul sayradi, lekin Navoiy (ishq va hijrondan biryo‘la) o‘ldi, avvaligilar (bulbul va parvona) yaxshi edilar, lekin u ham yomon bo‘lmadi.


Maqta’da Navoiy majoziy obrazlaridan bo‘lgan parvona va bulbulga murojaat etadi. Ma’lumki, bulbulni – ishq yo‘lida fig‘on chekuvchi tasavvufning sershovqin sukur yo‘lini tutgan oshiqqa, parvonani esa bu maslakdagi sokin savh yo‘lini tutgan orifga qiyoslaydilar. Har ikkila obrazga murojaat etgan shoir ularni ulug‘laydi, lekin ular har qancha kuyib, navo chekkanlari bilan Navoiyga tenglasholmadilar, chunki Navoiy bu yo‘lga kirib, birato‘la o‘lib qo‘ya qoldi, deydi u. G‘azal so‘ngida Navo iy payg‘ambarimizning “o‘lmasdan burun o‘ling!” xadisi shariflariga ishora qilgan holda bu yo‘lda kamolotga yetganini faxr va ayni paytda kamtarinlik bilan e’tirof etmoqda.


Shu o‘rinda aytish kerakki, Navoiyning eng dunyoviy g‘azallarida ham ilohiy-orifona ma’no yashirilgan bo‘lib, hech bo‘lmasa, bir baytda bu pinhonalik oshikor etiladi. Devondagi 423-g‘azalning beshinchi baytida mana shunday oshkoralikni ko‘rishimiz mumkin.


186
Yasay dard o‘qlaridin bir oq uy jon gulshani ichra


Ki, ko‘nglumda toriqsa, anda kirgay mohi xirgohim.


Jon gulshani ichida dard o‘qlaridan oq uy yasayki, oy (kabi) chodirnishin go‘zalim ko‘nglimda yayrab turolmasa, o‘shanga kir(ib istirohat qil)ar.


Oq uy – oq kigizdan yasalgan hamda Chingiziylar udumi bo‘yicha hukmdorlar va hurmatli zotlar uchun atalgan maxsus qo‘nalg‘a hisoblanadi. Shoir ma’shuqasi uchun jon gulshani ichida dard o‘qlaridan shunday hashamatli va e’tiborli maskan tortiq etmoqchi! Toki chodirnishin (ya’ni boshqalardan o‘zini pinhon tutadigan) go‘zal oshiqning tor ko‘ngilda yayrolmasa, jonidagi o‘sha oq uyda farog‘at topsa.


Baytda so‘z bandani ko‘ngiliga jo bo‘ladigan ma’shuqa xayoli yoki ilohiy ma’shuq yodi haqida ketmoqda. Unga ko‘nglini tortiq etgan shoir endi jonini ham peshkash qilmoqchi va buni shunday obrazli tarzda go‘zal ifodalamoqda. Baytda jon gulshani, mohi xirgohim birikmalari asosida istiora san’atiga murojaat etilgan.


Navbatdagi 424-g‘azaldagi baytga murojaat etamiz. Ushbubayt ham oshiqona, ham orifona mohiyat kasb etib, zulma’naynlik hodisasini hosil qilmoqda:


May ichkali ul no‘shlab zohir qilur har dam tarab,
Bu nav’ ochilmoq ne ajab, andoq su ichkan gulshanim.

May ichib, u labi shirin mahbubam, har lahza hursandchilik qiladi, axir bu qadar suv ichgan gulshanimning unday (go‘zallishib) ochilmog‘ligi ajab emas-da!


Husni ta’lil san’atiga murojaat etgan shoir may ichayotgan shirinlab ma’shuqani ochilib borayotgan gulzorga, mayni esa gulshanni yashnatadigan suvga qiyoslaydi. Baytni orifona ma’noda izohlaydigan bo‘lsak, komil insonning qalbi ilohiy ma’rifat sharobidan xuddi suv ichgan gulshan kabi yashnab turadi va bu shu ma’rifatga tashna toliblar talabini yanada kuchaytiradi, obrazli qilib aytganda ularni qalbini alangalatadi.


Devondagi 11-g‘azal sof oshiqona hisoblanib, uning faqat bir –begona bayti orifona hisoblanadi.


Boda hajridin oqarmish ko‘zlarim, ey piri dayr, Aylagil may shishasidin sindurub aynak manga.

Boda sog‘inchidan ko‘zlarim oqardi, ey mayxona sohibi, menga may shishasini sindirib, undan ko‘zoynak yasab ber. Navbatdagi bayt orifona mazmunli begona bayt hisoblanadi. Ishq, hijron va visoldan so‘z yuritgan oshiq o‘z fikrini, endi irfoniy mavzuga qaratadi. Boda – may istelohini ilohiy ishq yoki ma’rifat, piri dayr – mayxona sohibi istelohini esa piri komil ma’nosida talqin etadigan bo‘lsak, baytning ma’nosi quyidagicha sharhlanadi. Ya’ni: ilohiyishq va ma’rifatdan biribir qalbim qonmayapti shuning uchun, ey komil ustoz, bu ma’rifat va ishq asosini qalbimga singdir. Natijada men shu tuyg‘ularga asoslanib olamga qarab, uning mushkulotlarini mushohida etay.


Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiy ijodida bunday o‘ziga xosliklar ko‘plab uchraydi. Oshiqona g‘azallarda orifona baytlarning kiritilishi ham shunday o‘ziga xosliklardan bo‘lib, ulug‘ shoirning bemisil donishmanona dahosidan darak beradi.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish