56
Yurtboshimiz Sh. M.
Mirziyoev tahkidlaganidek, “Xalq ta’limi
sohasidagi ta’lim standartlari va o’qitish uslublarini ilg’or xorijiy tajribalar
asosida, o’quvchining individual qobiliyatini ro’yobga chiqarish nuqtai
nazaridan qayta ko’rib chiqish lozim. Farzandlarimizning qobiliyatini
ro’yobga chiqarishga bolalikdan ehtibor berib, ularning kamoloti uchun
barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizdan yana ko’plab
Beruniylar, ibn Sinolar, Ulug’beklar yetishib chiqadi.” Qobiliyatli, ijodkor
shaxs-davlat va ijtimoiy hayot uchun hamisha zarur b o’lgan. O’qituvchida
o’ziga xos tashkilotchilik xususiyatlarining mavjudligi o’quvchi shaxsida
ijodkorlikni,
tashabbuskorlik, mustaqillikni tarbiyalashga o’z ta’sirini k
o’rsatib boradi.
Bugungi kunda boshqaruv mazmuni ham keskin o‘zgardi. Uning
oldida har tomonlama rivojlangan, ijodiy imkoniyatlari to‘la ochib
berilgan jamiyat a’zosini tarbiyalabgina qolmasdan, shaxsni shakllantirish,
o‘z nuqtai-nazariga, shuningdek, shiddat bilan isloh qilinayotgan va
o‘zgarayotgan hozirgi davrda o‘z strategiyasi va taktikasiga ega bo‘lgan
shaxsni shakllantirishdek murakkab vazifa turibdi.
Boshqaruv
bilimdonlik,
omilkorlik,
ijodkorlik,
talabchanlik,
adolatlilik, ayni paytda insonparvarlik va izchillik
bilan olib borilishi
zarur. Bugungi boshqaruv uslubi noan’anaviy muammolarga eng maqbul
yechimlar topish, dadil harakatlar, tashabbuskorlik, ayrim paytda
qat’iyatlilikka asoslanishi zarur.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlariga binoan
maktab boshqaruvini demokratik tamoyillarga asoslangan holda mustaqil
boshqaruv imkoniyatlari yaratib berildi. Shu jumladan "Direktor
jamg‘armasi" tashkil etilib, fidoiy, kasb mahorati yuqori bo‘lgan pedagog
xodimlar ish haqlariga ko‘shimcha olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish-yaxshi
boshqaruvning eng ishonchli belgisidir.
Maqsadlarni belgilash.
Zimmadagi vazifa va rivojlanishning yo‘nalishlari to‘g‘risidagi
rahbariyatning bayonini uzgartirish natijasi bo‘lib
tashkilot ishining aniq
maqsad va vazifalari xisoblanadi.Ular tig‘iz, ammo erishsa bo‘ladigan
bo‘lishi lozim. Mitchell Leybovik shunday degan edi: “Agar siz, o‘rtacha
natijaga erishmoqchi bo‘lsangiz, unda o‘z oldingizga o‘rtacha maqsadlarni
qo‘ying» maqsadlarni belgilashda barcha rahbarlar ishtirok etishi lozim.
Maqsadga erishish strategiyasini ishlab chiqish.
Strategiyani ishlab
chiqishda asosiy boshqaruv muammosi, ya’ni tashkilot ahvolini hisobga
olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga qanday erishish
57
belgilanadi. Strategiya natijalarga erishish vositasi hisoblanadi. Bunday
harakat tarziga tashkilot, maqsad va vazifalarga
erishish uchun rahbarlar
amal qilishi shart.
Tashkilot strategiyasi
asosiy boshqaruv vazifasi hal etishga
yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq harakatlar va ishga yondashuvlar хajmuidan
iboratdir.Tashkilot strategiyasini tez-tez
"zargarona sozlash" yoki
boshqarish
odatdagi hol hisoblanadi. Strategiyaga ko‘ra bilish va
vazifaning shakllanishi, maqsadning aniqlanishi
va strategiyani qabul
qilish, bu rivojlanish yo‘nalishini ishlab chiqish jarayonining asosiy
vazifasi. Bular barchasi birgalikda strategik rejani tashkil etadi.
Strategiyani joriy etish va amalga oshirish.
Strategiyani joriy etish
asosiy ma’muriy vazifadir, u o‘z ichiga quyidagi asosiy jihatlarni oladi:
-strategik soha muvaffaqiyati uchun muhim bo‘lgai resurslarni
yo‘naltiruvchi moliyaviy rejani ishlab chiqish;
-tashkilotda strategiyaii muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun imkoniyat
tug‘diruvchi ishchanli vaziyatni yuzaga keltirish;
-tashkilotning har bir a’zosiga kunma-kun o‘z vazifasini samarali
bajarishiga imkon beradigan qo‘llab-quvvatlash ichki
tizimini barpo qilish;
-muntazam takomillashtirish amaliyoti va rejasini (ma-laka oshirish yoki
qayta tayyorlashii) tatbiq etish;
-strategiyani oldinga siljitishni boshqarish va uni amalga oshirishni
muntazam yaxshilash uchun zarur bo‘lgan ichki yetakchilik tizimini joriy
etish.
Boshlang‘ich soqasidagi istiqbolli loyihalarni, to‘plangan yangilik va
ilg‘or tajribalarni boshlang‘ich jarayoniga singdirishdir. Shunday qilib,
ta’limni ilmiy boshqarishning birinchi qadamlari 1911 yildan 1930
yilgacha bo‘lgan davr mobaynida boshqarishning mumtoz nazariyasi
ko‘proq F.Teylor va A.Fayol nazariyasida bo‘lgan.
Boshqarishning «mumtoz» nazariyasi ta’limni boshqarish masalalarini
ishlab chiqishga ta’siri o‘ttizinchi yillar bilan cheklanib qolmasdan undan
keyingi yillarda ham davom etdi.Ta’limni ilmiy boshqarish nazariyasining
ikkinchi
bosqichi
G‘arbda
«insoniy
munosabatlar»
nazariyasi
g‘oyalarining tarqalishi bilan bog‘liq. Bu davr 1950-yillargacha
davom
etib, o‘zining ta’limni boshqarish nazariyasi va amaliyotida inson omiliga
nisbatan qaratilgan e’tiborning bir qadar ortganligi bilan tavsiflanadi.
Ilmiy boshqarishning «mumtoz nazariyasi» qarashlaridan «insoniy
munosabatlar» nazariyasiga tomon bo‘lgan burilishni ko‘pincha
demokratik boshqarishga bo‘lgan burilish deb ta’riflashadi.Ta’limni
boshqarishdagi bu burilish asosan J.Kupman kabi sotsiologlar asarlari
58
ta’sirida amalga oshdi. 1943 yili J.Kupman "Democracy in School
Management" (232) deb nomlangan kitobini chop ettirdi. U va uning
hammualliflari asarning boshlanishidayoq maktab ma’muriyati ta’lim
samaradorligini
yanada
oshirish
maqsadida
sanoatdan
ustun
markazlashuvning, standartlashtirish, bo‘ysunish, tekshirib turish, tartib va
nazorat qilish singari tashkiliy uslublarini o‘zlashtirib olishgan degan
fikrni ta’kidlashgan.
Maqsadli boshqaruv tizimi muayyan maqsadga qaratilgan bo'lib
ta'lim tizimidagi bir qancha kamchiliklarni, xatolarni va muammolarni
bartaraf etishga qaratilgan tizimdir. To'g'ri
maqsadni tanlash va
shakllantirish, uni amalga oshirish jarayonini boshqarish, shu jumladan
erishilgan natijalar, oshirish darajasini baholash san'ati chinakam malakali
rahbarni ajratib turadi. Zamonaviy ta'lim tizimini samardorligini oshirishda
“tashkilotchi rahbar" loyihasini ishlab chiqish kabi samarali usul berilishi
maqsadga muvofiqdir. Yurtboshimizning bosh maqsadi ham ana shunaday
xalq pedagogikasiga tayangan holda maqsadli ta'lim tizimini jahon
standartlariga mos ravishda takomillashtirishdir. Zamonaviy rahbar
faoliyatida didaktik, pedagogik, psixologik, metodologik jihatdan yanada
rivojlantirish bugungi kunning talablaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: