Замонавий узлуксиз таълимни рақамлаштириш: педагогика соҳасида



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/313
Sana11.10.2022
Hajmi5,24 Mb.
#852407
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   313
Bog'liq
нашриётга туплам конференция Mundarijali

 
 
SHAXS KAMOLOTIDA OILANING O‘RNI VA OILAVIY 
KITOBXONLIK MADANIYATI MUHIM OMILLARI.
 
Negmatova A. M. - Andijon davlat universiteti, Umumiy pedagogika 
kafedrasi dotsenti, p.f.n; 
Toshtemirova X. G‘. - Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti 
magistranti. 
 
Annotatsiya.
 
Ushbu tezisda shaxs kamolotida oilaning o‘rni va 
oilaviy kitobxonlik madaniyati muhim omillari
 
haqida ilmiy va daliliy 
ma’lumotlar keltiriladi. 


74 
Kalit so‘zlar
: shaxs, oila, ta`lim, tarbiya, kitob, kitobxon, asar, she`r.
 
Аннотация. 
В тезисе представлена научная и фактологическая 
информация о роли семьи в развитии личности и важных факторах 
культуры семейного чтения. 
Ключевые слова:
человек, семейный, образование, воспитание, 
книга, читатель, работа, стихотворение . 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta`kidlaganidek, “Bugungi kunda 
yurtimizda tobora keng tarqalib borayotgan. “O`z bolangni o`zing asra” 
degan da`vat faqat quruq shior bo`lib qolmasdan, har bir ota-ona, har bir 
fuqaroning qalbiga chuqur kirib borishi amaliy harakatga aylanishi zarur. 
Buning uchun bu masalani, ya`ni ota-onalarning farzandlar tarbiyasi uchun 
mas`uliyatini va burchini huquqiy asosda mustahkamlab qo`yish vaqti 
keldi, deb o`ylayman”. Haqiqatan ham har bir ota-ona o`z farzandining 
tarbiyasi uchun javobgar hisoblanadi. Farzandlarimizning tarbiyalashning 
muhim shartlari oilalarning mustahkam, ma`naviy sog`lom asosda 
qurilganligi, ayniqsa, ota-onaning o`zi tarbiyalangan bo`lishidir. Ota-
onalar farzandining bugungi muallimi hisoblanadi. Chunki farzandga til 
o`rganish, kitob o`qishga qiziqtirishi aynan oiladan boshlanadi. Hozirgi 
kunda farzandlarimizning har qanday insoniylikdan yiroqlashtiradigan 
illatlardan asrash uchun ularni ilm olishga, kitob o`qishga qiziqtira bilish 
lozim. Farzandni tarbiyasida har bir ota-ona o`z mas`uliyatini har bir 
daqiqa his qilib yashashi lozim. 
Kitobsevar oilada kitobxonlik bo‘yicha ota barchaga munosib o‘rnak. 
Kuni bilan davlatning muhim tashkilotida ishlab, oila tashvishlari bilan 
yelib-yugurayotgan bo‘lishiga qaramasdan, har kech kitob mutolaasi bilan 
shug‘ullanayotgan, biri qo‘yib, ikkinchisini olib o‘qiyotgan, ham she’riy, 
ham nasriy asarlarga birdek qiziqish bildiradigan, o‘qigan asarlari 
mazmun-mohiyati, adibning ijodiy salohiyati borasidagi fikrlarini oilasi 
bag‘rida muhokama qilayotgan otaning o‘ziga xos bu fazilati beixtiyor, 
tabiiy ravishda farzandlarga ham ko‘chib o‘tadi, ularning hech birini 
umuman befarq qoldirmaydi. Bundan ko‘rinadiki, yosh avlodning 
kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va yuksaltirishda oila eng muhim 
va mustahkam tayanch bo‘lib qolaveradi.
Bugun 
jamiyatimizda 
kitobxonlikni 
rivojlantirish, 
mutolaa 
madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgi davrdan bir necha 
barobar ko‘p miqdorda samarali ishlar amalga oshirilmoqda, tashviqot-
targ‘ibotlar olib borilmoqda. Shunday bo‘lsa ham, oilaviy muhitda 
kitobxonlik madaniyati takomili qoniqarli darajada emas. Yuqorida ko‘rib 


75 
o‘tganimiz kabi kitobsevar oilalar bilan bir qatorda, ularning aksi bo‘lgan 
oilaviy muhitni ham uchratishimiz achinarli. Ko‘pgina oilalar, ota-onalar 
na o‘zlari kitob o‘qishga qiziqishadi, na farzandlarini bu borada 
to‘g‘ri yo‘naltirishadi. Oilaviy kitobxonlikda kitob tanlovi madaniyatiga 
hamma ham yetarlicha ahamiyat qaratilavermaydi. Badiiy asar tanlashda 
farzandining yosh va fiziologik xususiyatlari, ruhiy-ma’naviy dunyosi, 
qiziqish va intilishlar ko‘lamini nazarda tutmas ekan, har qanday 
kitobsevar ota-ona bu borada ijobiy yutuqlarga erisha olmaydi. Yaqin-
atrofdagi tanish oilalarimiz hayotiga sinchkov nazar tashlasak, qaysi oilada 
kitobxonlik madaniyati qay darajada shakllanganligiga amin bo‘lamiz. 
Kimdir dunyoviy hodisalar ummonida suzib yurishni xush ko‘rsa, 
kimlardir badiiy adabiyot osmonida sayr etishga ishtiyoqmand. Kimdir bir 
oyda bir kitob o‘qishga vaqt ajratsa, yana kimlardir bir haftada bir kitob 
mutolaa qilishni xush ko‘radi. Xullas, kitob bilan hamma o‘z olamida, o‘z 
xohish va imkoniyatlari chegarasida turli holatda yuzlashadi. Shunday 
oilalar borki, ular xonadonida kitob o‘qish kundalik mashg‘ulot, jiddiy 
faoliyat sifatida qadr topgan, farzand o‘stirayotgan bunday xonadonlar 
sohib va sohibalari ham o‘zlari, ham farzandlarining kitobxon bo‘lishi 
uchun intilishadi. O‘zi tug‘ilib-o‘sgan oilaviy muhitida o‘z vaqtida kitobga 
muhabbat, adabiyotga e’tibor bilan ulg‘aygan, kitobxonlikni oilaviy 
muhim qadriyatga aylantirgan bunday insonlar bugun farzandlarining ham 
kitob atalmish buyuk va bebaho xazinadan bahramand bo‘lib, ma’naviy 
barkamollikka erishishini istaydi. Buning uchun ham ota, ham ona o‘z vaqt 
va imkoniyatiga qarab, sermazmun, badiiy-estetik ahamiyati yuqori turli 
adabiy janrdagi, jahon va o‘zbek adabiyoti durdonalarini, diniy-ma’rifiy 
sarchashmalarni tanlab xarid qilishadi. Bu asarlarni farzandlarining yosh 
va qiziqishlari, aqliy salohiyati, o‘zlashtirish qobiliyatini e’tiborga olgan 
holda taqsimlab berishadi. Eng muhimi, kitob taqdim qilinganda, hajmini 
ham e’tiborga olgan holda, mutolaa uchun muayyan vaqtlar ajratishadi.
Oila boshlig‘i ya’ni ota, bu borada yanada talabchan bo‘lishi kerak. U 
har kuni o‘qilishi lozim bo‘lgan sahifa miqdorini belgilab berishi, she’riy 
asarlarga alohida qiziqish bildirib, har bir farzandiga she’rlar yodlab 
borishni tayinlab turishi, deyarli har kech ishdan qaytgach, ovqatlangandan 
so‘ng, farzandlarini birin-ketin chaqirib, bir pedagog kabi topshirilgan 
vazifa ijrosini qabul qilib olishi kerak bo‘ladi. Farzandlar ham o‘zlari yod 
olgan she’rlarni aytib berishadi, o‘qiyotgan asarlaridan belgilangan 
sahifalar va uning mazmunini gapirishadi, qahramonlar faoliyati, xarakter-
xususiyatiga munosabat bildirishadi. Kitobni yakunlaganlar esa asardan 
olgan taassurotlarini ham o‘rtoqlashadi. Bu jarayonda farzandlarning 


76 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichi, topshiriqqa mas’uliyat bilan yondashish darajasi, 
kitobxonlik madaniyati ham oydinlashib, o‘ziga xos yondashuvlarga turki 
bo‘ladi. Yana bir muhim jihati, farzandlar o‘ziga tegishli asarni o‘qib 
bo‘lgach, kitoblar almashtiriladi, biri-ikkinchisining kitobini ham o‘qib-
o‘zlashtirib boraveradi. Onaning uy yumushlari ko‘p bo‘lgani boisi, 
ko‘pincha dam olish kunlari ota farzandlarini atrofiga to‘plab, tarbiyaviy 
ahamiyati yuqori asarlarni mutolaa qilib, mazmunini tushuntirib berishi 
lozim. Natijada, farzandlarning umumiy tarbiyasida ham ijobiy mohiyat 
aks etadi. 
Kitob oʻqishni sevadiganlar uchun yomon kayfiyat va umidsizlik sira 
qoʻrqinchli emas. Oʻta tushkunlik holati va axborot bosimidan taʼsirlanish 
esa televizor yoki kompyuter yonida vaqt oʻtkazadiganlarning doimiy 
hamrohi. Bunday ermakni biror qiziqarli kitob mutolaasi bilan 
almashtiring, natijani esa tez orada sezasiz. Mutolaa uyqusizlikni bartaraf 
etadi. Pasaytirilgan yorugʻlik ostida qilingan mutolaa organizmni 
boʻshashtirib, uyquga tayyorlaydi.
Ijtimoiy institut sanalgan oiladagi ma`naviy muhitga oilaning katta 
avlodlarining kitobga, uni mutolaa qilishga bo`lgan muhabbati azal va 
abad qadriyatlarimizdandir. Bu an`anaviy tarzda yosh avlodga etkazilishi – 
millat va elatning ma`naviy kamoloti yo`lida hizmat qiladi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish