Ключевые
слова
:
образование,
общество,
методы
исследования, социальная значимость, целостный взгляд, методы
обучения,
ученик,
мировоззрение,
межпредметная
связь,
инновационная технология, дидактическая система, педагогическое
сопровождение, инновационная школа.
Tarbiyaviy jarayon uzluksiz, ketma-ketlik va izchillik tamoyiliga
asoslangan holda amalga oshadi va o’zining samarasini beradi. Eng
qadimgi davrlardan to bugungi kungacha “Inson tarbiyasi” dolzarb masala
sifatida yer yuzining barcha xalqlarida birdek qaralishini taqozo etmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning: “O’zbekistonda mustaqil
va kuchli davlat qurishdan asosiy maqsad inson, uning huquqi va
erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan va hurmat qilinadigan adolatli
jamiyat barpo etishdir. Ayni vaqtda musulmon olami va jahon
hamjamiyatidagi munosib o’rnimizni yanada mustahkamlashdir. Bu
avvalo, ta’lim va ma’rifat tizimini takomillashtirish, mamlakatimiz
kelajagi bo’lgan yoshlarni zamonaviy bilim olishga yo’naltirish, barkamol
shaxsni tarbiyalash bilan bir qatorda ekanini yaxshi anglaymiz.”[1], - deya
ta’kidlaganlari bejiz emas.
Xususan, Martin Jay pedagogik jarayonlarda tarbiya uzluksiz
ravishda davom etishi va uning davriyligi haqida quyidagicha fikr
bildiradi: “Pedagogik jarayonda tarbiyaning davriylik tuzilishi - bu
tarbiya texnologiyalarning asosiy xususiyatlariga muvofiq bo’lgan, uning
tarkibiy qismlari yig’indisi, deb aytishimiz mumkin. O’zbek tilining izohli
lug’atida “Tarbiya” haqida quyidagicha fikrlar beriladi: “Tarbiya” arabcha
so’zdan olingan bo’lib, “rivojlantirish”, “parvarish qilish”, “o’rgatish”,
“ilm berish” ma’nolarini anglatadi. Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy,
ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy
98
pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan
xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora-
tadbirlar yigindisi.
Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy
qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud
boʻla olmaydi. Chunki, odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan
qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi[2].
Bundan tashqari ta’lim, axloq-odob va shu kabilarni o’rgatib,
singdirib, insonni voyaga yetkazish, ulg’aytirish, o’stirish deya ham
izohlanadi. Shunday qilib, pedagogikada “tarbiya” kategoriyasining bir
vaqtda, bir necha tushunchalari ham mavjud. Tarbiyani o’rganayotgan
avlodga tarbiyani eng muhim tajribalarini yetkazish bo’yicha maxsus
tashkil etilgan jarayon sifatida tushunish eng keng tarqalgan
tushunchalardan hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, har qanday tarbiya
jarayonining asosi, haqiqatda, o’qitish hisoblanadi, degan xulosaga kelish
to’g’ri bo’ladi. Axloqiy tarbiyasi nosoz odamning ijtimoiy sifatlari nuray
boshlaydi. Axloqiy tarbiyasi yaxshi odam ehtiyojini qondirishning to’g’ri
yo’llarini izlaydi hamda odamlar bilan muloqotda bo’lib, yaxshi ijtimoiy
sifatlari takomillashib boradi.
Tarbiya bu uzluksiz davom etguvchi asrlardan asrlarga ulanib
borguvchi jarayondir. Bunda har zamonda ortish va bo’rtish holati ko’zga
tashlanadi. Tarbiya tizimini ko’rib chiqishning falsafiy jihati tarbiyaning
mazmun-mohiyati,
maqsadlarini
asoslashni,uni
aniqlashtirish
va
tarbiyaning kerakli mazmuni bilan aloqasini asoslab berishni nazarda
tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kun qarashlari ostida tarbiya
tizimida turlicha qarama-qarshi yondashishlar mavjud.
Tarbiya bola shaxsiga ijtimoiy belgilangan va maqsadga muvofiq
ta’sir ko’rsatishga asoslanadi. Bunda tarbiya ma’lum shaklda va ma’lum
metodlar orqali amalga oshiriladi. Tarbiyadan boshqa yondashish
insonparvarlik tarbiyaviy tizimini yaratish bilan bog’liq. Bu yondashish,
birinchi navbatda, yuqorida ko’rib chiqqan individuallashtirish jarayoni
bilan yuzaga keladi. Uni bola ijtimoiylashtirish masalalarini boricha
yaxshi o’zlashtirib olishi maqsadi bilan bog’liq holda bo’lishi kerak. Yana
bir bor eslasak, individuallashtirish - bizning fikrlashimizga ko’ra bolada
mavjud o’zining individual tajribasida egallagan yagona, alohidaligini
ta’minlab turish va rivojlantirish bo’yicha kattalarning hamda bolaning o’z
faoliyatlaridir.
Tarbiya
inson
shaxsini
shakllantirish,
uning
ijtimoiy-
siyosiy,madaniy va ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga
99
qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini
anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida
olib boriladigan jarayonlar bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari
ommaviy axborot vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan
mafkurani ham o’z ichiga oladi. Zero, tarbiya ta’limga nisbatan kengroq
bo’lgan tushunchadir. Albatta, ta’lim-tarbiya ong mahsuli, lekin ayni
vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya’ni xalq
ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan muhim omildir.
Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zgartirmasdan
turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Ma’lumki, yosh avlodga
tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyatga ega. O’quvchilarga
tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ammo tarbiyaning o’z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va
vositalari mavjud. O’qish va tarbiya jarayonining uzviyligi ta’lim
muassasalari oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik vazifalaridan biri
hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlar
bevosita o’quv jarayoni bilan bog’liqdir.
Tarbiyaviy ishlar sog’lom hayot, sog’lom turmush tarzi, sog’lom
e’tiqod, barkamollik kabilarning asosiga aylanadi. Barkamol avlodni
tarbiyalash mazmunida milliy qadriyatlarga sadoqat, jamiyatdagi tinchlik,
xotirjamlikni saqlashga ongli munosabatda bo’lish, tinch va farovon hayot
yaratish, ijtimoiy ma’naviyatini yuksaltirishga intilish kabi omillar
tarbiyaviy ishlarda asosiy o’rin egallaydi.
Yoshlarning siyosiy ongini shakllantirish, ularda atrof-muhitga,
jamiyatga ongli munosabatda bo’lish, jonajon Vatanini cheksiz sadoqat
bilan sevish, xalqimizning milliy qadriyatlarini e’zozlash hissini tarkib
toptirish – vatanparvarlik tarbiyasining mag’zi bo’lmog’I lozim. Inson
shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon sifatida
shakllanib boradi. Uning tarbiyasiga ota-onasi, maktab, mahalla,
do’stlari,jamoat tashkilotlari,atrof-muhit, ommaviy axborot vositalari,
san’at, adabiyot,tabiat va hokazolar bevosita ta’sir ko’rsatadi. Yuqoridagi
barcha hayotiy tajribalarni vujudga keltirishda o’zaro hamkorlikning ta’sir
doirasi orqali shaxsni tarbiyalash va tarbiyaning birligini ta’minlagan
holda,uning shaxs sifatida shakllanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan
muhitdan himoya qilish juda muhim.
Tarbiyaning bosh maqsadi – yosh avlodni ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda xalqning boy milliy, ma’naviy- tarixiy an’analariga, urf-
odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy,
100
pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqish va ularni amalga joriy
etishdir[3].
Tarbiyaning asosiy vazifasi - shaxsning aqliy, axloqiy, erkin
fikrlovchi va jismoniy rivojlanishi hamda uning qobiliyatini har
tomonlama ochish uchun keng imkoniyatlar yaratishdan iborat.
Tarbiyaning asl negizida quyidagi fikrlar yotadi:
-
yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash, hayot mazmunini tushunib
olishga ko’maklashish, o’z-o’zini idora va nazorat qila bilishini
shakllantirish, o’z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashuv, ularda reja va
amal birligi hissini uyg’otish;
-
har bir o’smirning bilimdonligini va ijodiy imkoniyatlarini aniqlab,
ularni rivojlantirish; inson faoliyatini turli sohalarga yo’naltirish, bolalar
ijodkorligi, iqtidorini yuzaga chiqarish va yanada qo’llab-quvvatlash
uchun shart-sharoit hozirlash;
-
insonparvarlik
odobi
me’yorlarini
shakllantirish
(bir-birini
tushunish), muomala odobi kabi tarbiya vositalari keng qo’llanishi lozim.
Tarbiyalanuvchilarga ta’sir etish natijalariga ko’ra, usullarni ikki
guruhga bo’lish mumkin:
-
axloqiy me’yorlar, motivlarni hosil qilishiga, tasavvur, tushunchalar,
g’oyalarni shakllantirishga ta’sir etuvchi;
-
xulq- atvorning u yoki bu turini aniqlaydigan odatlarni hosil qilishga
ta’sir etuvchi[4].
Hozirgi vaqtda o’zida tarbiya usullardagi yagona maqsad, mazmun
va tartiblilikni aks ettiruvchi ko’proq obyektiv va qulay usullar
qo’llaniladi. Demak, tarbiya hamisha ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanish darajasi hamda muayyan ijtimoiy-tarixiy formatsiyaga xos
bo’lgan ijtimoiy munosabatlar tipiga muvofiq bo’ladi. Davlat tarbiya
orqali o’z siyosatini amalga oshiradi, ya’ni o’z mafkurasi, axloqi va
siyosatiga javob beradigan shaxsni shakllantirib, o’ziga kerakli kadrlarni
tayyorlaydi. Tarbiyani jamiyat talablari taqozo qiladi hamda mehnat
qurollari va vositalari rivojlnib, takomillashib borgan sari mehnat
faoliyatining, mehnat mahsulotini taqsimlashning yangi turlari va
shakllari paydo bo’lgan sari mehnatda qatnashuvchilar o’rtasidagi
munosabatlar o’zgargan sari tarbiya ham o’zgarib boradi[5].
Yosh avlod tarbiyasi umumxalq ishidir. Respublikamizda bevosita
tarbiya ishi bilan shug’ullanishga da’vat etilgan muassasalardan tashqari
tarbiya muassasalari, hunar-texnika bilim yurtlari, o’rta maxsus va oliy
o’quv yurtlaridan tashqari, turli kasb egalari ham bu muhim ishda
101
qatnashadilar. Shunday ekan, inson tarbiyasi, uning qonuniyatlari
haqidagi fan – pedagogikani o’rganish unga aloqador bo’lgan kishilarning
muhim vazifasidir. Tarbiya va ta’limni bir-biridan alohida ajratib
bo’lmaydi, bu ikki jarayon o’zaro uyg’un, uzluksiz asosda tashkil
etilgandagina odobli,axloqiy fazilatlarga ega, yuksak ma’naviyatli, shu
bilan birga bilimdon, zukko, ruhan va jismonan sog’lom, keng
dunyoqarash va tafakkurga ega, zamonaviy kasb-hunar egasi b’lgan
vatanparvar yoshlarni yetishtirib beradi. “Tarbiya” fanini o’qitishda sharq
mutafakkir allomalari jahon fanining rivojiga bebaho hissa qo’shganliklari
bilan bir qatorda - o’z faoliyatlarida insonni ulug’lash, xalqparvarlik,
adolat,
oliyjanoblik,
do’stlik,
rostgo’ylik,
mehnatsevarlik,
kamtarlik,saxiylik,mardlik, muruvvatlilik, odob, axloq, ilm-ma’rifat haqida
ilgari surgan g’oyalarini singdirish katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir:
“Tarbiya” darslarida buyuk mutafakkirlarimiz merosini o’rganish beqiyos
ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Zero, yoshlar qalbiga nur, ongiga ziyo bo’lib kirib, ona Vatanimiz
O’zbekistonning fayz-baraka yurti sifatida gullab-yashnashiga munosib
hissa qo’shayotgan yoshlar buyuk ajdodlarimiz yaratgan boy merosni
yanada puxtaroq o’rgansalar maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |