§1.14 Uchishlarni bajarish
Uchishni bajarishda-havo kemasini shataklashdan boshlab, balandlikka
(eshelonga) chiqquncha va pasaya boshlagandan tortib, to tushirish joyiga kel-
gunga qadar kabinada, o‗z o‗rinlarida o‗tirgan ekiрaj a‗zolari, xizmat
ko‗rsatuvchi xodimlar, yo‗lovchilar o‗z o‗rinlariga kamar (tasma) bilan
bog‗lanib olishlari kerak. Havo kemasining aerodromdagi harakatini dis-
petcher, HHB dispetcheri bo‗lmaydigan aerodrom va maydonlarda-havo ke-
masining komandiri boshqarib turadi; bu harakat havo kemasining o‗z yurishi
ostida rul vositasida yoki maxsus shataklovchi mashina yordamida bajarilishi
mumkin. Shataklashga, ishga tushirish tayyorgarligi, ishga tushirish, dvigatelni
qizdirish uchish ekspluatatsiyasi qo‗llanmasi (UEQ) ning talablariga muvofiq
bajariladi. Ishga tushirish, turgan joydan rul vositasida boshqarish, shuningdek
turish joyiga olib kirish injener-aviatsiya xizmati (IAS) mas‘ul xodimining sig-
nallari asosida bajariladi.
Havo kemasini rul vositasida komandir yoki ikkinchi pilot, tegishli tamg‗a
belgilari chizig‗i bo‗yicha boshqaradi. Rulni burish tezligini komandir, RD yu-
zasining holatiga, to‗siqlar va ko‗rinish sharoitlariga qarab tanlaydi. Hamma
holatda bu tezlik RLE da belgilangan qiymatdan oshib ketmasligi kerak. Тunda
yoki tamg‗a belgilari ko‗rinmaydigan kunduz kunlari, shuningdek ekiрajning
talabiga ko‗ra 1-va 2-klass havo kemalarini rul bilan boshqarish radiostansiya
va avtosignal qurilmalari bilan jihozlangan maxsus mashina kuzatuvida bajari-
ladi. Havo kemalarini rul bilan boshqarishda qarama-qarshi kelib qolishsa,
komandirlar tezlikni eng kam miqdorga tushirib, o‗ng tomonga o‗tib,
ro‗paradan kelayotganni chap tomondan o‗tkazib yuborishlari kerak. Kesishib
o‗tadigan kurslarga yaqinlashganda boshqa havo kemasini o‗ng tomondan
ko‗rib qolgan komandir to‗xtab turishi va narigi havo kemasini o‗tkazib yubor-
ishi kerak. Rul bilan boshqarishda (shataklashda) SUQM ni dispetcherning
ruxsatisiz kesib o‗tishi va boshqa havo kemasini kesib o‗tishi man qilinadi.
Perronga yaqinlashish, turish aerodrom navbatchisining signallari asosida,
kerak bo‗lganda qo‗qqisdan to‗xtatish imkonini beradigan tezliklarda bajari-
ladi. Havo kemasining yerdagi harakatlarini boshqarib turadigan signallarni
signalchi komandirga yoki komandir-signalchiga yorqin rangdagi qo‗lqop ki-
ygan qo‗li, bayroqcha, tayoqcha yoki elektr chiroqcha yordamida uzatadi.
Havo kemasining komandiri osmonga ko‗tarilishga tayyorlik haqida doklad qi-
lingandan keyin dispetcher ko‗tarilishga ruxsat beradi. Ko‗tarilish SUQM ning
boshidan shamolga qarshi yo‗nalishda amalga oshiriladi. SUQM ning uzunligi
2500 m va undan ortiq bo‗lgan aeroportlarda ko‗tarilishni SUQM ning boshi-
dan emas, oladigan joydan boshlash mumkin, lekin bunda muayyan havo ke-
masi UEQ da ko‗rsatilgan uzunlik bo‗lishi shart.
Shamol yo‗nalishi bo‗ylab ko‗tarilish ham mumkin, bunda muayyan aero-
drom uchun ishlab chiqilgan qo‗llanmaga rioya qilish lozim; shamolning kema
harakati bilan parallel tezligi belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
Kunduzi va tunda osmonga ko‗tarilgandan keyin «balandlik olish» to‗g‗ri
chiziq bo‗yicha quyidagi balandlikkacha bo‗ladi: 50 m dan kam emas — havo
kemasi xalq xo‗jaligida ishlayotganda; 100 m dan kam emas-doira bo‗ylab
uchayotganda tezligi 300 km/soat gacha bo‗lgan havo kemalari uchun; 200 m
dan kam emas-doira bo‗ylab uchish tezligi 300 km/soat va undan ortiq bo‗lgan
havo kemalari uchun. Burilishlar ham shu balandliklarda va UEQ da
ko‗rsatilgan tezliklarda bajariladi. 200 m ga yoki berilgan balandlikka
ko‗tarilgandan keyin komandir dispetcherlik punktiga ko‗tarilish bajarilgani
haqida doklad qiladi.
Yo‗nalishda uchish berilgan eshelonda, trassa va havo yo‗lagining beril-
gan kengligida amalga oshiriladi. Uchish sharoitlari qanday bo‗lishidan qat‘i
nazar ekiрaj havo kemasi qayerda uchib ketayotganini bilishi kerak. Xavfsiz
balandlikdan pastda uchish va berilgan yo‗nalishni o‗z bilganicha to‗g‗rilash
taqiqlanadi.
Agar havo kemasi bortidagi yonilg‗i miqdori va trassadagi zaxira aero-
dromdagi muayyan meteorologik va navigatsiya holati qaror qabul qilish
balandligi (QB) gacha uchish imkonini bermasa, komandir quyidagicha hara-
katlar qilishi mumkin: oraliq aerodromga qo‗nish (yonilg‗i olish yoki asosiy
aerodromda meteorologik sharoit yaxshilanishini kutish uchun); uchib chi-
qilgan aerodromga qaytish; zaxira aerodromni tanlash.
Meteorologik sharoitlardan qat‘i nazar, qo‗nish aerodromiga tegishli ray-
on dispetcherlik punktiga yaqinlashganda komandir dispetcherga o‗zi tanlagan
zaxira aerodromni aytadi, manzil aerodromda murakkab meteorologik sharoit
bo‗lsa, o‗zining minimumi va yonilg‗i qoldig‗ini ham bildiradi.
Aerodromga yaqinlashish va qo‗nish havo kemasi uchishini yakunlovchi
eng murakkab bosqichlar hisoblanadi. Qo‗nish tizimi uskunalari (QТU) bor
bo‗lsa-yu, lekin qo‗nish radiolokatorining nazoratisiz havo kemasi eshelondan
pasayib, qo‗nishga kirishi, faqat sharoit xavfsiz bo‗lganida va bulutlarning
pastki chegarasi QB da ko‗rsatilganidan kam bo‗lmaganda mumkin. Zudlik bi-
lan qo‗ndirishga muhtoj bo‗lgan havo kemasi qo‗nishga navbatsiz kiritiladi. Bir
turdagi havo kemalari bir vaqtning o‗zida qo‗nishga kirsa, oldinda, chapda va
pastda uchib ketayotgani birinchi bo‗lib qo‗nish huquqiga ega. Yengil havo
kemasi og‗ir kemalarni oldinga o‗tkazib yuborishi kerak.
Ekiрaj MURS dan uchib o‗tgunicha, qo‗nishga tayyorligini dispetcherga
aytib, markerli yaqin radiostansiya (MYaRS) dan uchib o‗tgunicha (1000 m)
qo‗nishga ruxsat olishi kerak. Havo kemasi MURS dan boshlab qo‗nguniga
qadar dispetcher bortga uzatayotgan buyruqlar va xabarlarni ekiрaj shun-
dog‗icha, tasdig‗ini kutmay, qabul qilaveradi.
Havo kemasini, odatda, shamolga qarshi yo‗nalishda qo‗ndiriladi, biroq
ko‗tarilishda bo‗lgani kabi, havo yo‗nalishida ham mumkin. Maxsus uchish-
larning maxsus cheklovlari bo‗ladi.
Bunday uchishlarga sinov, tadqiqot va nazorat uchishlar kiradi. Hammasi
aniq dastur asosida, shunga tayyorlangan ekiрaj tomonidan bajariladi. Dasturga
qarab, ekiрajga ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlari ham qo‗shilishi
mumkin. Havo kemasini ta‗mirga olib borish yoki ta‗mirdan olib kelish hamda
bazasini o‗zgartirish kunduzi ham, tunda ham bajarilishi mumkin. Тexnik hola-
ti talablarga javob bermaydigan 1-va 2-klass kemalari faqat kunduzi haydab
boriladi.
O‗ziga xos sharoitlarda (muzlagan zonalar, momaqaldiroq, kuchli silkin-
ish, chang bo‗roni, tog‗li va kam o‗rganilgan joy, sahro va suv havzasi,
Shimoliy va Janubiy yarimsharning qutb doirasi) uchishning o‗ziga xos qoida-
lari bor. Muzlaydigan zonalarga kirgan havo kemasi muzlashga qarshi
uskunasini avvaldan ishga tushiradi.
Chang bo‗ronga duch kelgan havo kemasi uni aylanib o‗tishi yoki ustidan
o‗tib ketishi kerak. Chang bo‗ron, buning ustiga kuchli silkinish bo‗lsa,
qo‗nishga kirish mumkin emas.
Тog‗li joylarda uchish uchun quyidagilarga sinchkovlik bilan tayyorlanish
kerak: joy relyefini o‗rganib, uchish xaritasiga uning profilini chizish; kislorod
zaxirasini va kislorod uskunalarining ishga yaroqliligini ta‗minlash; meteor-
ologik sharoitlarni, ayniqsa, havoning ko‗tariladigan va pasayadigan oqimlarini
bulutlar, momaqaldiroq, tog‗ daralari va sayxonliklarini o‗rganish va sh.k.
Тog‗li joylarda eshelon tanlash bo‗yicha va faqat berilgan chegaragacha xa-
vfsiz eshelonlarni tanlash mumkin bo‗lgandagina ruxsat etiladi. Boshqa hola-
tlarda balandlik olish belgilangan sxema bo‗yicha bajariladi.
Kam o‗rganilgan joylar va sahrolar ustidan uchishdan oldin ularga tayyor-
lanish kerak: karta bo‗yicha mo‗ljal olish (karvon yo‗llari, daryo o‗zani, ko‗l,
quduq va h.k.), shu yo‗nalishda uchgan ekiрajlardan so‗rash, oziq-ovqat, suv
samlash, avariyaviy radiostansiya va signal vositalarini olish.
Suv havzalari ustidan uchishda quyidagilarga ruxsat beriladi: ikki va un-
dan ortiq dvigatelli havo kemalari va suvga qo‗na oladigan hamma kemalar;
bitta dvigatelli quruqlik ustidan uchishga mo‗ljallangan havo kemalari
(qirg‗oqdan uzoqqa ketmasa va bortida ekiрaj va yo‗lovchilar uchun qutqaruv
jiletlari bo‗lishi kerak). Gazturbina dvigatelli havo kemalari 30 minutdan ortiq
uchmaganda, porshenli dvigatellar bilan-qirg‗oqqacha 10 minutlik masofada
uchganda, bortida qutqaruv jiletlardan tashqari avariyaviy radiostansiya, guruh-
guruh bo‗lib suzish vositalari (sol, qayiq) ham zarur (bular bortdagi odamlar
soniga qarab olinadi).
Qutb doirasi rayonlarida (60-paralleldan yuqori) uchish kunduzi VUQ
bo‗yicha, AQUQ bo‗yicha esa ham kunduzi, ham tunda bajariladi. Arktika va
Antarktida hududlarida ishlashga mo‗ljallangan havo kemalari maxsus rangga
bo‗yaladi va maxsus uskunalar bilan jihozlanadi. Bu jihozlar avtonom baza
sharoitida ishlash imkoniyati yaratishi kerak. Qutb doirasining ichki rayonlari-
ga uchayotgan havo kemalari oziq-ovqat va suvning boshqa payt qo‗l tek-
kizmaydigan zaxirasi, bortdagi hamma odam uchun qutqaruv va zaruriy
ro‗zg‗or buyumlari, chang‗ilar va qurollar bo‗lishi kerak.
Тovushdan tez uchadigan transport samolyotlar (ТТS) ining uchishini
tashkil etishda va harakatini boshqarishda uning o‗ziga xos xususiyatlari
hisobga olinadi: uchish tezliklarining keng miqyosi; ko‗tarilish va pasayishda
katta vertikal tezliklar; uchish parametrlarining tashqi harakatga bog‗liqligi;
«shift bo‗ylab» kreyserli uchish zaruriyati; stratosferada uchish sharoitlari.
Bunday samolyotlar havo trassalarida uchishi uchun 12000 m va undan yuqor-
idagi havo bo‗shlig‗ining bor qismi ajratiladi.
ТТS lar uchishi uchun, odatda, to‗g‗ri chiziqqa keltirilgan havo trassalari
ajratiladi; ularning yo‗nalishi ortodromiya (yer yuzasidagi A-B nuqtalar
orasidagi eng qisqa masofa yoki katta doira yoyining bir qismi) ga yaqin; krey-
serli rejimda uchishi «shift bo‗ylab» ro‗paradan yoki parallel trassalarda hara-
kat bo‗lmagandagina bajariladi, aks holda vertikal eshelonlashga rioya qilgan
holda pog‗onali profil bilan uchiladi.
ТТS larning tovushdan kam tezlikda va aerodrom atrofida uchishi tegishli
marshrutlar, yo‗laklar va sxemalar bo‗ylab, eshelonlarda bajariladi. Bu sa-
molyotlardagi yonilg‗ining aeronavigatsiyali zaxirasi manzil aerodromdan
zaxira aerodromgacha, yana qo‗nish uchun qayta kirish uchun yetishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |