III 21-30-mavzular
1. Yunonlar uchun nihoyatda qadrli bo’lgan nina bargli o’rmonlar Yunonistonning qaysi qismida o’sar edi?
1) Peleponnesda; 2) Yunonistonning janubida; 3)Knosda; 4) Yunonistonning shimolida
A) 1,4 B) 1,2 C) 2,3 D) 3,4
2. Yorug’likni ko’zgu orqali jamlab, rimliklar kemasini yoqib yuborgan faylasufni jonajon shahri qaysi javobda berilgan?
A) Frakiya B) Sirakuza C) Sitsiliya D) Korsika
3. Quyidagi javoblarning qaysi biri doriylarga mos kelmaydi?
A) Janubiy Yunonistonga bostirib kirgan B) Miken davlatini tugatishadi
C) Qadimgi yunonlarning jangovar qabilalari D) Sparta davlatiga asos solishadi
4. Quyidagi tarixiy sanalarda sodir bo’lgan voqealarni toping
a) mill. avv. 776-yil; b) 1896-yil; c) 394-yil
1) zilzila oqibatida Olimpida o’yinlari o’tkazish butkul to’xtab qoldi;
2) ilk bor Olimpiada o’yinlari boshlandi;
3) Olimpiada o’yinlari qayta tiklandi;
A) a-1, b-2, c-3 B) a-2, b-3, c-1 C) a-2, b-1, c-3 D) a-3, b-2, c-1
5. Palestralarda(a), oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlarida(b) qaysi fanlar o’qitilgan?
1) tarix; 2) adabiyot; 3) geografiya; 4) sher yozish; 5) geometriya; 6) musiqa; 7) astranomiya;
A) a-1,2,4, b-3,5,6,7 B) a-2,4,6, b-1,3,5,7
B) a-2,4,7, b-1,3,5,6 D) a-1,3,5, b-2,4,6,7
6. Qadimgi Yunonistonga oid bo’lgan terminlarni izohini toping
1) periyeklar; 2) palestra; 3) goplit; 4) ilotlar; 5) falanga; 6) polis;
a) og’ir qurollangan askarlar; b) to’la-to’kis huquqlarga ega bo’lmagan, shaxsan ozod kishilar; c) askarlarni to’rtburchak shaklda zich joylashishi; d) xususiy gimnastika maktabi; e) yunoncha shahar; f) qulga aylantirilgan mahalliy aholi;
A) 1-f, 2-d, 3-c, 4-b, 5-a, 6-e B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-f, 5-c, 6-e
C) 1-f, 2-d, 3-a, 4-b, 5-c, 6-e D) 1-b, 2-d, 3-c, 4-f, 5-a, 6-e
7. Qadimgi Yunonistonda ko’pdan-ko’p yunon koloniyalari tashkil topgan(a), Finikiya alifbosi asosida yangi yozuv vujudga kelgan asrlarni toping?
A) a-mill. avv. VIII-VI asrlar, b- mill. avv. VIII asr
B) a-mill. avv. VIII-V asrlar, b- mill. avv. VIII asr
C) a-mill. avv. VII-VI asrlar, b- mill. avv. VIII asr
D) a-mill. avv. VIII-VI asrlar, b- mill. avv. X asr
8. Uch yuz spartalik jasorati yunon-fors urushlaridagi qaysi jangda sodir bo’lgan?
A) Salamin B) Plateya C) Marafon D) Fermopil
9. Yunon koloniyalarida qaysi sohalar rivojlanagan?
1) savdo-sotiq; 2) dehqochilik; 3) hunarmandchilik; 4) chorvachilik;
A) 1,4 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,3
10. Qaysi Afina hukmdori davrida Xalq majlisida nasl-nasabidan qat’iy nazar afinaliklar uchun davlat mansablarini egallash imkoniyati vujudga keldi?
A) Perikl B) Drakont C) Solon D) Diomed
11. Afinada hokimlar va sudyalarni lavozimiga qaysi organ saylar edi?
A) Beshyuzlar kengashi B) Xalq majlisi
C) Konsullar D) Oqsoqollar kengashi
12. Afinada Xalq majlisini faoliyatini tiklagan (a), xalq boshqaruvini bekor qilgan(b), demokratiyani ravnaq toptirgan(c) hukmdorlarni toping
Do'stlaringiz bilan baham: |