tomonidan amalga oshiriladi. Unga ko‗rilayotgan
HHB rayoniga kiradigan
aeroportlarning harakat xizmatlari tezkorlik bilan bo‗ysunadi.
Aerodrom rayoni, bu — mazkur aerodrom atrofida belgilangan chegaralar
tepasidagi havo bo‗shlig‗i. Yaqin joylashgan aerodromlardagi uchishlarni mu-
vofiqlashtirish zarur bo‗lganda, ular aerouzellarga biriktiriladi. Aerodrom va
aerouzellar rayonida havo kemalarining kirishi va chiqishi uchun yo‗laklar,
ko‗tarilish va qo‗nish, pilotaj zonalari belgilanadi.
Har bir aerodrom uchun uchish-qo‗nish zonasi berilgan havo kemasining
uchish texnikasiga oid ma‗lumotlarga binoan aniqlanadi. Uning o‗lchamlari
havo kemasi ko‗tarilgandan va qo‗nishga kirishgandan keyin tayinlangan ma-
nevrni xavfsiz bajarishga yaroqli bo‗lishi kerak. HHB rayoni va aerodrom
rayoni ustidagi havo bo‗shlig‗i ham balandligi, ham yuzasi bo‗yicha yo‗nalish
(sektor) larga ajratiladi. Havo bo‗shlig‗idan foydalanadigan muassasalarning
o‗zaro munosabatlarini kelishtirish, ularga tegishli
aviatsiyaning uchishlarini
rejalash va muvofiqlashtirish ishlarini havo harakatini boshqarish yagona tizimi
(HHBYaТ) bajaradi. HHB ning ayrim rayonlarida havo kemalarining hara-
katini radiolokatsiyali nazorat qilish uchun yordamchi rayon dispetcherlik
punkti (YoRDP) tashkil qilinib, ularga o‗z chegaralarida mustaqil ravishda
boshqarish huquqi beriladi.
Havo bo‗shlig‗ining muayyan qismida HHB uchun mas‘uliyat
bitta
dispetcherlik punktiga yuklanadi. Qo‗shni rayonlar va zonalar (yonlama,
balandlik bo‗yicha) chegaralarini havo trassalari, MHY, havo yo‗laklari hara-
kat sxemalari kesib o‗tgan holatda HHB ni uzatish chegaralari belgilanadi. Bu
chegaralar, qoidaga ko‗ra, yirik aholi punktlari ustida, RLS ga sezilish chega-
ralaridagi ko‗zga tashlanadigan mo‗ljallari ustida belgilanadi.
Harakatlar xizmati dispetcherlik punktini namunaviy uskunalar ro‗yxatiga
va FA boshqarmasi obyektlarini texnologik loyihalash me‘yorlariga qarab joy-
lashtiriladi va jihozlanadi.
Harakatlar xizmatining bosh vazifalari: Rossiya havo trassalari, MHY va
aerodrom rayonlarida havo kemalarining harakatini rejalashtirish, tashkil etish
va ta‗minlash; havo kemalarining harakatini, shataklashdan boshlab, rul bilan
boshqarib, to‗xtash joyiga keltirguncha boshqarish; havo kemalari yerda va
osmonda to‗qnashib ketishining oldini olish tadbirlarini ko‗rish; havo kemalari
uchishida zaruriy oralig‗ini ta‗minlash; xatarli holatga tushgan yoki maxsus
uchayotgan havo kemasi ekiрajiga yordam berish; HHB ning quyi organlariga
va ekiрajga uchish rejimi va uni nazorat qilish haqida ma‗lumot berish.
Uchib chiqayotganda havo harakatini DPR, SDP, DPK (DPSP) dispetch-
erlari boshqaradi.
HHB ni uzatish chegaralari; DPR va SDP orasida-havo ke-
masi dastlabki startga o‗tish oni; SDP va DPK (DPSP) orasida-ko‗tarilgan havo
kemasi 200 m yoki belgilangan balandlikka chiqqan oni. Havo kemasini rul bi-
lan boshqarishda va chiqib ketishdan oldin DPR dispetcheri boshqaradi, ular
bo‗lmagan aeroportlarda-DPP, SDP yoki MHY, KDP boshqaradi.
Havo ke-
masini shataklab startga yoki dvigatelni ishga tushirish joyiga keltirish uchun
DPD dispetcheri ekiрajning so‗rovi bilan yoki ADP ning ijozati bo‗lganda rux-
sat beradi. Bunda ko‗tarilish, harakat yo‗nalishi va rul bilan boshqarish
yo‗lining xususiyatlari ko‗rsatiladi.
Havo kemasi harakatini, u SUQM ning dastlabki start chizig‗idan
chiqayotgan, ko‗tarilayotgan va 200 m gacha (yoki boshqa balandlik)
ko‗tarilayotgan paytda SDP ning dispetcheri boshqarib turadi. U ekiрaj so‗rovi
bilan yoki qo‗ndirish dispetcheri bilan kelishib, havo kemasini shataklab, aso-
siy start yo‗liga olib chiqishga ruxsat beradi va quyidagi ma‗lumotlardan xabar
beradi: ko‗tarilishning magnit-yo‗l burchagi (MYB); SUQM ning holati; sha-
mol yo‗nalishi va tezligi; ko‗tarilish yo‗lidagi xavfli
meteorologik hodisalar
haqida; bulutlar 200 m va undan pastda bo‗lsa, pastki chegarasining balandligi,
SUQM dagi ko‗rinish 2000 m va undan kam bo‗lsa (uchishdan oldin bevosita
o‗lchanadi); ko‗tarilgandan keyingi manevr tartibi.
Qo‗nishga kirayotgan havo kemalari orasida tezlik bilan qo‗nishga majbur
bo‗lgan, yonilg‗isi tugayotgan, tezkor sanitar topshiriqni bajarib qaytayotgan,
literli reysdan qaytayotgan, bir guruh ichida uchib kelayotgan va passajir
reyslaridan kelayotgan havo kemalariga imtiyoz beriladi.
Uchishlar rahbari va HHB dispetcherlari zaxiradagi (gruntli)
UQM ning
holatini va ishga yaroqliligini bilishlari shart, ulardan foydalanadigan holatda
havo kemalari ekiрajini xabardor qilishi kerak.
1.2-rasm
aerodromlar ekspluatatsiyasi kitobidan
Do'stlaringiz bilan baham: