Aerodromlarni yoz mavsumida ekspluatatsiya holatida saqlash
Bahor oxirlab, yoz boshlanganda havo isib, yer qiziy boshlaydi, grunt
qurib, yuk ko'tarish qobiliyati oshadi.
Sun'iy qoplamali aerodromlarni yoz mavsumida tutish quyidagi ishlardan
iborat: qoplama yuzasini va unga tutash gruntli uchish maydonini har kuni
ko'zdan kechirish; qoplamalarni tozalash; qoplamadagi tamg'a belgilarning
rangi o'chib ketganini va ko'chma hamda doimiy belgilar konstruksiyasi buzil-
ganlarini yangilash; suv qochirish va drenaj qurilmalarining o'tkazish qobili-
yatini ta'minlash; qoplamadagi darzlarni tozalab, suvash; qoplama kon-
struksiyalaridagi nosozliklarni tuzatish (ta'mirlash); uchish maydoni tep-
tekisligini, o'tlar balandligini, qalinligini va sifatini yaxshilash.
Kundalik tekshirishlar maxsus jurnalda qayd qilinadi va shunga qarab
aerodrom uchish-qo'nishiarga qanchalik tayyor ekanligiga baho beriladi.
Qoplamani tozalash uchun cho'tka, pnevmatik va vakuumli mashinalar
ishlatiladi. Cho'tkah mashina ishlatilgandan keyin, po‘lat cho'tka qillaridan
to‘kilgan kukunni tozalab olish kerak. Keyingi ikki tur mashinada tozalash eng
samarali usul. Qoplamani yuvish - uning holatiga qarab, suv sarfi 11/m
2
.
Yozda qoplama materialiga ishlatilgan organik bog'lovchi modda yum-
shab ortiqchasi qoplama yuzasiga chiqib ketadi, qoplamani sirpanchiq qo'yadi,
natijada havo kemalariga xavfli vaziyat tug'dirishi mumkin.
Shunday hollarda maydalangan tosh sepib, g'altak bilan zichlab tashlash
kerak.
Mexanizatsiya vositalarini ishga shay holda tutish ham aerocfirornnj ek-
spluatatsiya qilishga kiradi.Yoz mavsumida aerodrom elementlari joriy va
kapital ta'mir qilinadi.
§1.10 Uchishni boshqarish va bajarishning asosiy qoidalari
Havo kemalari mamlakatning tasdiqlangan havo trassalarida, mahalliy
havo yo‗llarida (MHY) va trassadan tashqaridagi yo‗nalishlarda uchadi. Тras-
sadan tashqarida faqat muayyan holatda, ayrim yo‗nalish bo‗yicha va aviatsi-
yani xalq xo‗jaligida qo‗llaydigan mintaqalarda bajarilishi mumkin.
Rossiyada, havo trassalarini ishga tushirishda trassaning esheloni (uchish
balandligi) va kengligi ko‗rsatilishi kerak. Odatda, trassa kengligi 10 km, oli-
nadi, radiotexnika vositalari yetarli ta‗minlay olmaydigan joylarda 20 km qilib
belgilanadi.
Mahalliy havo yo‗llari pastki havo bo‗shlig‗ida belgilangan va ikki toifaga
ajratiladi. Birinchisi ajratilgan eshelonda kengligi 8 km, ikkinchisi joy relyefi
va undagi sun'iy to‗siqlarni hisobga olgan holda, kengligi 2 km dan kam
bo‗lmagan yo‗l.
Fuqaro havo kemalarining uchishi o‗z vazifasiga, boshqarish sharoitlari,
tumani, balandligi, fizik-geografik sharoitlari va sutka vaqtiga qarab tasnifla-
nadi.
Vazifasiga ko‗ra quyidagi uchishlar bo‗ladi: tashuvchi - yo‗lovchilar,
yuklar va pochta tashuvlari uchun; aviatsiyani xalq xo‗jaligida qo‗llash: o‗quv
mashsulotlari; trenirovka - mashqlar va uchuvchilar malakasini tekshirish
uchun; sinov (sinov- nazorat)- havo kemalari va ularga o‗rnatilgan uskunalarni
sinash uchun; tadqiqot - ilmiy tekshirishlar uchun; uslubiy - havo kemalarini
boshqarishning oqilona usullarini topish, navigatsiya va qo‗nishda ishlati-
ladigan radio va nur texnika vositalari ishini nazorat qilish va sozlash uchun;
nazorat - havo kemasidagi sistemalar va agregatlar ishini tekshirish uchun
aylanib kelish; haydash - havo kemalarini ta‗mirga (yoki ta‗mirdan) yangi ish
joyiga, saqlanish joyiga haydab borish; ko‗rgazmali - aviatsiya texnikasining
ko‗rgazmasi, shuningdek, ommaviy - siyosiy tadbirlar uchun; qidirish va
qutqaruv - falokatga uchragan ekiрaj va yo‗lovchilarni, uchish apparatlarini,
dengiz va daryo kemalarini qidirib topish uchun.
Havo kemalarini boshqarish sharoiti bo‗yicha quyidagi uchishlar bo‗ladi:
ko‗rinib turgan (vizual) — bunda havo kemasining joyi va fazodagi o‗rni
yerdagi inshootlarga, tabiiy gorizontga qarab aniqlanadi va mo‗ljallash «Vizual
uchishlar qoidasi» (VUQ) ga bo‗ysunadi; asboblarga qarab — bunda havo ke-
masining joyi va fazodagi o‗rni to‗liq yoki qisman boshqaruv-navigatsiya as-
boblariga qarab aniqlanadi va «Asboblarga qarab uchish qoidalari» (AQUQ) ga
bo‗ysunadi.
Vazifani bajarish tumaniga qarab ham turli uchishlar bor: aerodrom
(aerouzel) li — aerodrom (aerouzel) atrofida; trassali-Rossiyaning havo tras-
salari va MHY bo‗ylab; marshrutli — havo trassalari va MHY dan tashqarida,
aerodrom (aerouzel) tumanidan tashqarida; maxsus — maxsus mintaqalarda va
xalq xo‗jaligida.
Balandligi bo‗yicha quyidagi uchishlar bor: juda kichik balandlik - 200
metrgacha va kichik balandlik - 200 metrdan 1000 metrgacha (joy relyefi va
suv yuzasidan yuqori); o‗rta balandlik - 1000 m dan 4000 m gacha; katta
balandlik - 4000 m dan 12000 m gacha (dengiz sathidan boshlab); stratosferada
- 12000 m dan yuqori.
Fizik-geografik sharoitlariga qarab uchishlar quyidagi turlarga ajratiladi:
tekisliklar va past-baland joylar ustida; toshli joylarda; sahrolar ustida; suv us-
tida; shimoliy va janubiy yarimsharning qutb tumanlari ustida. Shuni nazarda
tutish kerakki, relyefning nisbiy balandliklari 25 km radiusda 200 metrgacha
bo‗lgan joylar «tekislik» deb; relyefning nisbiy balandliklari 25 km radiusda
200-500 m bo‗lgan joylar «past-baland»; 25 km radiusdagi nisbiy balandlik
500 m va undan yuqori bo‗lgan, shuningdek dengiz sathidan 2000 m va undan
yuqori joylar «tog‗li» deb ataladi.
Sutkaning vaqtiga qarab, quyidagi uchishlar bo‗ladi: kunduzgi - quyosh
chiqqandan botgunga qadar; tungi - quyosh botgandan chiqqunga qadar;
aralash - uchish davomida «kunduzgi» va «tungi» biridan ikkinchisiga o‗tib
ketiladi. Fuqaro aviatsiyasida ishlatiladigan havo kemalariga turli xil va
rusumdagi samolyotlar va vertolyotlar kiradi. Ko‗tarilishdagi eng og‗ir massas-
iga (tonna) ko‗ra havo kemalari quyidagicha tasniflanadi:
Havo kemasining
klassi
I II III IV
samolyotlar >75 30-75 10-25 <10
vertolyotlar >10 5-10 2-5 < 2
Uchish uzoqligiga qarab samolyotlar quyidagi turlarga ajratiladi: uzoq
magistral - 6000 km. dan ortiq, o‗rtacha magistral - 2500-6000 km, yaqin mag-
istral- 1000-2500 km, MHY samolyotlari - 1000 km gacha.
Havo kemalariga raqamli belgi qo‗yiladi. Beshta raqamdan birinchi
ikkitasi havo kemasining turini, keyingi uchtasi - qayd etilgan raqamni bildira-
di. Masalan, Il-62 samolyotlarining raqami 86000 dan boshlanib, 86999 bilan
tugaydi; Il-86 samolyotlari 75 bilan, Тu-154—85 bilan, Il-76—76 bilan, Yak-
42—42 bilan, Mi 6 vertolyoti 25 bilan boshlanadi.
Havo kemasini ekiрaj boshqaradi. Uning tarkibi havo kemasining turi va
vazifasiga, uchish maqsadi va sharoitlariga qarab belgilanadi, komandir va
boshqa uchuvchilar, xizmat ko‗rsatuvchilardan iborat bo‗ladi. Ekiрajning
uchuvchilar tarkibiga maxsus tayyorgarlikdan o‗tgan va havo kemalarini va un-
ing uskunalarini uchish davomida ekspluatatsiya qilish haqida guvohnomasi
bo‗lgan shaxslar kiritiladi: pilotlar, shturmanlar, bortinjenerlar, bortradistlar,
kuzatuvchi-uchuvchilar, aerofotos‘yomka va shu kabi maxsus ishlarni ba-
jaruvchi bortoperatorlar kiritiladi. Xizmat ko‗rsatuvchi xodimlar sirasiga bort
kuzatuvchilar va yuk samolyotlarining bort kuzatuvchilari kiradi.
Uchuvchilar tarkibi va boshqa mutaxassislarga, ular ko‗rgan tayyorgarligi
va ish tajribasiga qarab «klass» beriladi, guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Pilotlar
uchun to‗rt klass, boshqalar uchun uch klass mavjud. Ekiрaj a‗zolarining soslisi
fuqaro aviatsiyasi talablariga javob berishi kerak. Ularning uchishga layoqatli-
ligi fuqaro aviatsiyasining uchish-tibbiy ekspert komissiyasi (UТEK) tomoni-
dan aniqlanadi.
Havo harakatlarini boshqarish uchun har bir aeroportda «harakat xizmati»
tashkil etilib, uning zimmasiga uchishni boshqarish va havo kemalarining xa-
vfsiz harakatini ta‗minlash vazifalari yuklatiladi.
Fuqaro aviatsiyasining aerodromlari asosiy uchish-qo‗nish maydoni
(UQM) ning uzunligi va qoplamalarning ko‗tarish qobiliyatiga qarab, A, B, V,
G, D, E klasslariga bo‗linadi. Aerodrom elementlari va aerodrom atrofi hududi
o‗lchamlari klasslarga tegishli ravishda maxsus talablarga ko‗ra aniqlanadi.
Qoplamalariga qarab, aerodromlar quyidagi turlarga ajratiladi: sun'iy
uchish-qo‗nish maydonli (SUQM), gruntli uchish-qo‗nish maydonli (GUQM),
gidroaerodromlar, muz aerodromlar; foydalanish turiga qarab doimiy,
muvaqqat, kunduzgi va sutka davomida ishlaydigan; vazifasiga ko‗ra - trassali,
zavodga oid, o‗quv-mashq, xalq xo‗jaligida qo‗llash; trassalarda uchish uchun
foydalanish va joylashuviga ko‗ra - bazali, oraliq, asosiy va zahira; dengiz
sathidan balandligi va relyefga qarab - tog‗lik va tekislik.
Тasniflangan aerodromlarda, qoidaga binoan, SUQM bilan birga GUQM
ni ham tayyorlab qo‗yish kerak. U ham, SUQM ta‗mirlanayotgan, qordan,
muzdan tozalanayotgan yoki band bo‗lsa, havo kemalarini qabul qilish va
uchirib yuborishga doim tayyor bo‗lishi kerak.
Har bir aerodrom va qo‗nish maydoni uchun uchishlarni amalga oshirish
bo‗yicha qo‗llanma ishlab chiqilib, unda muayyan sharoitlarni va harakatdagi
cheklovlarni e‘tiborga olgan holda uchishlarni bajarish tartibi beriladi.
Fuqaro aviatsiyasi vazifasiga ko‗ra «xalqaro» va «mahalliy» turlarga
bo‗linadi. Havo kemalarining harakati jadalligi va tashish hajmiga qarab, aero-
portlar 1-,2-,3-,4-,5-klasslarga ajratiladi. Beshinchi klassdan past aeroportlar
tasniflanmagan hisoblanadi.
Uchish xavfsizligi va muntazamliligini ta‗minlash maqsadida uchish sha-
roitlariga qo‗yiladigan eng kam talablar belgilanadi: VUQ ga binoan komandir
uchun ko‗tarilish, uchish, qo‗nish bo‗yicha; aerodrom uchun; havo kemasi
uchun.
Komandir minimumi: ko‗tarishda - SUQM da ko‗rinishning eng kichik,
ruxsat etilgan qiymatlari; qo‗nish uchun - qaror qabul qilish balandligi va
ko‗rinish; VUQ bo‗yicha uchishda - bulutning pastki chegarasining mazkur
turdagi havo kemasida uchish ruxsat etilgan balandligi. Qaror qabul qilish
balandligi (QB - qaror balandligi)- aniqlangan nisbiy balandlik bo‗lib, bunda
ikkinchi doira yasash uchun manevr boshlanadi. Shu balandlikka erishguncha,
komandir mo‗ljaldagi narsalarni yaxshi ko‗rolmagan bo‗lsa yoki havo kemasi-
ning berilgan yo‗nalishiga nisbatan holati xavfsiz uchishni ta‗minlay olmasa,
QB kuchga kiradi. QB ning qiymati UQM ostonasidan boshlanadi. Bulutlarn-
ing pastki chegarasi balandligi quruqlik (suv) yuzasidan boshlab, tikkasiga
o‗lchanadi.
Aerodrom minimumi - qaror qabul qilish balandligining yoki bulutlar
pastki chegarasi balandligining va UQM ko‗rinishining ruxsat etilgan eng
kichik qiymatlari. Shu qiymatlarda mazkur aerodromda, mazkur havo kemasi
turi uchishi yoki qo‗nishi ruxsat etiladi. Aerodrom minimumi ko‗tarilish va
qo‗nishning har bir yo‗nalishi va havo kemasining har bir turi uchun,
yo‗nalishdagi uskunalar tarkibi va tavsifi, UQM ning o‗lchamlari va tavsifi,
to‗siqlardan o‗tishdagi minimal balandlik uchun belgilanadi.
Aerodromning texnika vositalari bilan jihozlanganligiga qarab, murakkab
meteorologik sharoitlarda havo kemalari qo‗nishga avtomatik tarzda kirishi
uchun uchta kategoriyali minimum belgilangan:
Minimum kategoriyasi
I II III
Qaror qabul qilish balandligi, m
60 60-30 30
SUQM da ko‗rinish uzoqligi, m
800 800-400 400
Rossiya fuqaro aviatsiyasida qabul qilingan minimumlar kategoriyasi
IKAO kategoriyalariga mos keladi. Biroq IKAO kategoriyalarida IIIa, IIIv, IIIs
guruhlari ham mavjud bo‗lib, ularda bulutning pastki chegarasi balandligi
sanoq boshi qilib olingan, SUQM dagi ko‗rinish uzoqligi tegishli ravishda 200,
50 va 0 m.
Uchish-qo‗nish maydoni ko‗rinishining uzoqligi ko‗tarilish yoki qo‗nish
yo‗nalishidagi eng katta masofa bo‗lib, uning oralig‗ida SUQM ning o‗q
chizig‗ida turgan havo kemasining piloti SUQM ning belgisini va uning o‗q
chizig‗ini ko‗ra oladi.
10> Do'stlaringiz bilan baham: |