Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev


§1.16. Aviatsiyani xalq xo„jaligida qo„llash



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
§1.16. Aviatsiyani xalq xo„jaligida qo„llash 
 bo„yicha uchishlar
Aviatsiya xalq xo‗jaligida bajaradigan ishlar: qishloq va o‗rmon 
xo‗jaligida kimyoviy ishlarni bajarish; sog‗liqni saqlash, o‗rmon xo‗jaligi va 
boshqa ehtiyojlarga xizmat qilish (transport-aloqa uchishlari, baliq va boshqa 
jonivorlar to‗plangan joyni aniqlash, qurilish ishlari, fotosyomka va b.). Xalq 
xo‗jaligi bilan bog‗liq har bir aviatsiya korxonasida uchishlarni tashkil etish
boshqarish va ta‗minlash bo‗yicha yo‗riqnomalar ishlab chiqiladi. Aerodrom-
larga va qo‗nish maydonlariga uchib o‗tish aeroport dispetcherlik punkti 
(ADP) ga belgilangan shaklda topshiriladigan buyurtmalar asosida bajariladi. 
Xalq xo‗jaligi (XX) da ko‗zlangan ishlar uchun zaruriy miqdorda aero-
dromlar, qo‗nish maydonlari tayyorlab qo‗yilishi kerak. Ularni o‗sha erdagi 
xo‗jalik tashkilotlari shartnoma asosida va avia mutaxassislar nazorati ostida 
jihozlaydilar. Har bir aerodrom (qo‗nish maydoni) uchun uchish muddatlari va 
yo‗riqnomalari ishlab chiqiladi. Aviasiyani XX da qo‗llash uchun barcha ishlar 


muddati uchun topshiriq yoziladi. Unda uchish hududi, uchish aerodromlari, 
ob-havo minimumi, uchish maqsadlari ko‗rsatiladi.
Aviatsiya-kimiyo ishlar (AKI) ni bajarish muddati uchun FA korxona-
larida dispetcherlik punkti, ekiрajlarga rahbarlik qilish uchun tayanch bazalar 
tashkil etiladi. Bazaviy aeroportdan birinchi marta uchib chiqadigan havo ke-
masi to‗liq massa va qishloq xo‗jalik asboblari bilan nazorat uchishni bajaradi. 
Bu uchish VUQ asosida kechadi. AKI dagi ob-havo minimumida bulutlarning 
pastki chegarasi 150 m, ko‗rinish 3 km qilib belgilangan. 
Dala (o‗rmon) ga borishdan oldin havo kemasi komandiri yerdan va 
havodan turib, to‗siqlar va ko‗zga tashlanadigan mo‗ljallarni aniqlab oladi. 
Bevosita ishlov berishdan oldin signallar, to‗siqlar va mo‗ljallarning joylashu-
vini aniqlab olish uchun 50 m dan kam bo‗lmagan balandlikda to‗g‗ri burchakli 
marshrut bo‗yicha uchib o‗tiladi. Ishlov berishda uchish quyidagi balandliklar-
da kechadi: tekislik va bog‗lar ustidan uchayotganda ulardan kema bilan 5 m 
balandda; o‗rmon daraxtlari ustidan uchayotganda ulardan kami bilan 10 m 
balandda. Uchishlar quyosh chiqishidan 30 minut oldin boshlanishi mumkin, 
tugatish — kun botishidan oldinroq. Ishlov beriladigan uchastkalarga borish va 
qaytish uchishlari eng qisqa xavfsiz marshrutlarda, joy yoki elektr tarmoqlari 
tayanchlari ustidan kamida 50 m. balandlikda bajariladi. Havo aloqa va elektr 
uzatish tarmoqlari o‗tgan uchastka ustidan uchish quyidagi hollarda ruxsat eti-
ladi: simlar bo‗ylab, shamol esayotgan tomonda, uning tezligi 5 m/s bo‗lganda, 
simlardan kamida 50 m uzoqda va shamol tezligi 5-8 m/s bo‗lganda-kamida 
100 m uzoqda; shamolga teskari tomonda, uning tezligi 8 m/s oshmaganda, 
kamida 50 m narida. Тog‗ yonbasirlarida havo kemalarining kirish marshrutlari 
gorizontallar bo‗yicha, burilishlari esa joyning pasaygan tomoniga qarab ba-
jariladi. 
Havo syomkalari (aerofotosyomka, qidiruv-syomka, aerogeografizik, aer-
ogeologik, aerosyomka, aerovizual) ni bajarish bo‗yicha uchishlar muassasalar 
bilan kelishilgan va tasdiqlangan marshrutlarda, joy xaritasi asosida bajariladi. 
Bir vaqtning o‗zida bir uchastka ustida ikkita havo kemasi uchishiga ruxsat eti-
ladi, faqat, bunda parallel marshrutlar orasidagi masofa 20 km dan kam 
bo‗lmasligi kerak.
Havo syomkalarini boshlashdan oldin VUQ bo‗yicha uchish uchun xa-
vfsiz bo‗lgan balandlikda tanishuv uchishi bajariladi. 
Obyektlarni o‗rganib chiqish va joy holatini kuzatish maqsadidagi aerovi-
zual uchishlar kunduzi VUQ bo‗yicha, to‗siqlar ustidan 50 m balandlikda ba-
jariladi. Baliqchilik sanoatiga xizmat ko‗rsatuvchi uchishlar kamida 100 m 
balandlikda, xat-xabarlarni tashishda dengiz (muzlik) sathi, kema machtasi yo-
ki boshqa suzuvchi vositalar sathidan kami bilan 25 m balandlikda bajariladi.
Muzlikni razvedka qilish ikki va undan ortiq motorli havo kemalarida, 
haqiqiy uchish balandligi kamida 100 m da bajariladi. Тezkor muz razvedkasi-
ni o‗tkazish uchun dengiz kemalaridan vertolyot uchirishga ruxsat beriladi. 
Bunda vertolyot ikki tomonlama radio aloqa va radiolokator yordamida nazorat 
qilish imkonini beradigan uzoqlikkacha uchishi mumkin. Sog‗liqni saqlash 
muassasalariga xizmat ko‗rsatadigan uchishlarning tezkorligi bilan tibbiy 


yordam ko‗rsatadigan turi, tibbiy xodimlarini reja asosida tashish, tibbiy 
yuklarni tashish turlari bo‗ladi. Bunday uchishlar sog‗liqni saqlash tash-
kilotlarining buyurtmalari asosida bo‗ladi. 
O‗rmon xo‗jaligini yonsindan saqlash, o‗rmonni o‗rganish va hisobga 
olish, tashish-aloqa ishlarida xizmat qiladigan uchishlar VUQ bo‗yicha, 
yonilg‗ini eng ko‗p miqdorda olgan holda bajariladi. 
Qurilish-montaj ishlariga xizmat qiladigan uchishlar maxsus ishlab chi-
qilgan yo‗riqnomalar asosida bajariladi. Ishni boshlashdan oldin nazorat uchi-
shi bajarilib, qurilish-montaj maydoniga qulay yaqinlashish yo‗llari, sharoitlari 
o‗rganiladi. Ekiрaj quruvchilar-montajchilar brigadasi bilan radioaloqa va vi-
zual signalizasiya o‗rnatadi. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish