1.4-rasm. Transportningkompleks ishidagi ergonomic qismlarni o’zaro
ta’siri sxemasi.
sxemada quyidagi raqamlar bilan belgilangan: havo kemasi-aerodrom 7
(teskari aloqa-8) yoki aerodrom-havo kemasi 8 (7); havo kemasi - atrof-muhit
9(10) yoki atrof- muhit - havo kemasi 10 (9); aerodrom-atrof muhit 11(12) yoki
atrof-muhit-aerodrom 12(11).
1-2, 3-4 va 5-6 qismlar (qism ostilar; odam-havo kemasi, aerodrom, atrof-
muhit) havo kemasining bosh masalasi yo‗lovchilar va yuklarni tashish, xizmat
ko‗rsatish nuqtai nazaridan havo kemasi va aerodromni tayyorlashi kerak. Bu-
global masala. Xususiy masala esa, aerodromni tayyorlashga mas‘ul har bir
xodim xavfsiz uchish, ko‗rish, manevr qilish talablarini aniq bilishi va ularga
rioya qilishi kerak. Demak, aerodromlar va aviatsiya texnikasiga qo‗yiladigan
ekspluatasion talablar aerodromlarning ekspluatatsiyaga tayyorlik me‘yorlarini
ishlab chiqishda, aerodromlarni loyihalash nazariyasida, qurish va eksplu-
atatsiya qilishda asos bo‗ladi.
Aerodromlarni uchish bo‗yicha ekspluatatsiya qilish ham, o‗z navbatida
aerodrom inshootlarini loyihalash va qurish oldiga bir qator talablar qo‗yadi.
Ekspluatatsiyaga shu mustaqil talablar - aerodrom qoplamalarini toza saqlash
kabilar ham o‗z ta‗sirini o‗tkazadi. Bu masalalar 3-4 qism tomonidan, 12-11
qismni e‘tiborga olgan holda hal qilinadi.
7-8 qism (havo kemasi-aerodrom) havo kemasining aerodrom inshootlari
bilan o‗zaro ta‗sirini ko‗rsatadi, ya‗ni qoplamalar va asoslarning zo‗riqqan va
deformasiyalangan holati, deformasiyalar va yemirilishlar hosil bo‗lishi aero-
dromlarni ekspluatatsiya qilish nazariyasini hosil qiladi. Aynan shu qism (tizim
osti) qoplama va asoslarda turli deformasiyalar va yemirilishlar hosil bo‗lish
sabablarini o‗rganib, ekspluatatsiya qilishni to‗xtatish chegaralarini dalillar bi-
lan aniqlab turadi. Bu, o‗z navbatida, qoplamalarning ta‗mirlar aro xizmat
muddatini, me‘yorlarni, kapital mablag‗lar sarflashni optimallashtirib beradi. 3-
4 qismning eng muhim masalasi qoplamalar holatini hamma ko‗rsatkichlar
asosida sifat jihatdan baholash usullarini ishlab chiqishdir. Ko‗p aerodromlarn-
ing qator ko‗rsatkichlari bo‗yicha ekspluatatsion holati noma‗lum, buning usti-
ga ular oy sari, yil sari o‗zgarib turadi. Ehtimol, sifat ko‗rsatkichlarni asbob
yordamida aniqlash usullari va asboblarini yaratish va sistemali tahlildan foy-
dalanish zarurdir.
5-6, 9-10 va 11-12 qismlar tabiatni asrash va uning FA faoliyatiga ta‗sirini
o‗rganadi. Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish uchun ta-
biatni asrash bo‗yicha tadqiqotlar o‗tkazib, me‘yorlar ishlab chiqish zarur,
ayniqsa, aerodrom atrofidagi shovqin, u yerdan chiqayotgan oqava suvlarning
ifloslanishi, atmosferaning chiqindi gazlar bilan ifloslanishi chuqur o‗rganishga
muhtoj. Shu qismlarning teskari aloqalari: 6-5, 10-9 va 12-11 atrof- muhitning
odamga, havo kemasiga va aerodromga aks ta‗sirini ko‗rsatadi.
Atrof-muhitning odamga ta‗siri iqlimning o‗zgarishida bilinadi.
3-4 qism (odam-aerodrom) aerodromning ekspluatatsiya holatini sistemali
baholash masalasini hal qiladi. Bu baholashni yo‗lsozlar kabi, havo kemalarin-
ing xavfsiz va muntazam uchishni ta‗minlash darajasini aniqlaydigan koef-
fitsiyent yordamida bajarish kerak.
Aerodromlarning ekspluatatsion holatini va sifatini koeffitsiyentlar bilan
baholaydigan asosiy va hal qiluvchi ko‗rsatkichlar: qoplamaning mustah-
kamligi (ko‗tarish qobiliyati) Km, tep-tekislik Ktt; havo kemalarini RY bo‗ylab
rullashga ruxsat etilgan tezlik Krul; sirpanchiqlik Ksr; shikastlanganlik (darz,
yoriq, o‗yiq, cho‗kish va sh.k) Ksh; tamg‗alar borligi va ularning miqdori
Kt.b.; aerodromda ob-havo minimumini ta‗minlay oladigan maxsus uskuna-
larning mavjudligi KMIN; havo kemalarining tijoriy yuk ko‗tarishidan foyda-
lanish KYuK; zaxira ko‗rsatkichlar KZ.
Aerodrom qoplamalarining ekspluatatsiya holati va sifatini aks ettiruvchi
ko‗rsatkichlar tizimini quyidagi funksiya bilan ifodalash mumkin:
U
B.R
= f (K
M
, K
ТТ
, K
RUL
, K
SR
, K
Sh
, K
Т.b
, K
Т.b
, K
MIN
, K
YuK
, K
Z
) (1.1)
Shuni ta‗kidlash lozimki, yo‗llarning ekspluatatsiya sifatini, 60-yillarda
A.K. Birulya 3 ta koeffitsiyent bilan, V.K. Nekrasov (1970 y)-6 ta, V.M.
Sidenko va S.M. Mixovich (1976 y)-10 ta, V.F. Babkov (1976)-xavfsizlik
koeffitsiyenti KXV, avariyaviylik koeffitsiyenti KSV bilan baholashgan.
Keltirilgan koeffitsiyentning o‗ziga xos asosi bor. Qoplamaning mus-
tahkamligi uning ishlashini hisoblash yo‗li bilan aniqlanadigan asosiy
ko‗rsatkichdir. Qoplama cho‗zilishda, bukilishda, surilish va shu kabi xara-
katlarda ishtirok etadi. Qoplama mustahkamligini bog‗lovchi koeffitsiyent
amaldagi mustahkamligi (Pa) ning talab etilgan (loyihaviy) mustahkamlik (Pl)
ga nisbati bilan hisoblanadi, ya‗ni KM = Pa:Pl. Bundagi Pa maxsus usul va as-
boblar bilan aniqlanadi.
Qoplamaning tep-tekisligi-KТТ aerodrom qurilish ishlarining integral
(yig‗ma) ko‗rsatkichi bo‗lib, havo kemalarining qoplama ustida yurish sha-
roitini, qoplamaga tushayotgan yuklamaning dinamikasini, rulej yo‗llaridagi
harakat tezligini belgilaydi. Тep-tekislik uch metrli reyka yordamida, u bilan
qoplamaning istalgan nuqtasi orasida ko‗ringan tirqish orqali aniqlanadi.
Тirqishning ruxsat etilgan qiymati 3 mm. DS-100 majmuasidagi mashinalar bi-
lan yotqizilgan qoplamalarning tep-tekisligini o‗lchashda ma‗lum bo‗ldiki, 3
mm gacha bo‗lgan tirqish ko‗p uchraydi (97-99,8%), 4-5 mm dan katta tirqish
uchramaydi.
Demak,
bunday
qoplamaning
tep-tekislik
koeffitsiyenti
KТТ=0,97-0,99 ekan.
Aerodromda rullash tezligini havo kemasining komandiri tanlaydi. Bunda,
u ko‗rinishi sharoitiga va harakat jadaliga qaraydi, biroq hamma holatda ham
60 km/soat dan oshmasligi kerak, uchish jadalligi yuqori bo‗lgan aerodromlar-
da esa-50 km/soat. Havo kemalarini uchishdagi ekspluatatsiyasi haqidagi
qo‗llanma bu sozlikni 10% oshirishga ruxsat beradi, koeffitsiyenti
KRUL=1:1,1=0,91 bo‗ladi.
Qoplamaning sirpanchiqligi havo kemasini qo‗ndirishda, rullash va ma-
nevrlashda tormozlanishga katta ta‗sir etadi. Qoplama yuzasi ho‗l bo‗lsa, qor-
dan yaxshi tozalanmagan bo‗lsa, g‗ildiraklar yaxshi ishlamasdan, harakat xatar-
li bo‗lib qoladi. Qoplama bilan ishlash sifati ishlash koeffitsiyenti orqali tavsi-
flanadi. Agar u 0,5 bo‗lsa, tormozlanish sharoiti yaxshi hisoblanadi. Uchish
ruxsat etilgan qoplamalar yuzasining holatiga qarab ishlashi koeffitsiyenti 0,3
dan 0,8 gacha bo‗lishi mumkin (0,3 bo‗lgan sharoit qoniqarli hisoblanadi).
Shunda KSR=Ka:Kl=(0,3:0,8):0,5=0,6:1,6 bo‗ladi. Demak, KSR>1 bo‗lsa, xa-
vfsizlik sharoitlari ortadi, KSR<1 da —yomonlashadi.
Qoplamaning shikastlanganlik bo‗yicha holati (darz, yemirilish, uqal-
anish, o‗yiq, cho‗kish va h.k.) havo kemasining tezligiga ta‗sir etadi. Bu tezlik
kam bo‗ladi, rullash bo‗lagining o‗tkazish qobiliyati kamayadi. Har qaysi
SUQM uchun, uning holatidan qat‘i nazar, havo kemasining turiga qarab,
o‗ziga yarasha ko‗tarilish va qo‗nish tezligi doimiy (o‗zgarmas) bo‗ladi. De-
mak, qoplamada shikast bo‗lsa, xavfsizlik kamayadi.
Havo kemalarining uchish-qo‗nishdagi xavfsizligi uchun tamg‗a belgi-
larining ahamiyati katta. Masalan, o‗q chizig‗i belgisi pilot uchun SUQM enini
his etishda yordam beradi, kema chetga chiqib ketmaydi; qo‗nish zonasidagi
juft to‗rtburchakli belgilar esa qo‗nish joyini aniq baholashda yordam beradi.
Qoplama ishlayvergandan keyin belgilarning rangi ketib yoki g‗ildirak rezi-
nasidan chiqqan zarralar bilan berkilib, ko‗rinishi yomonlashadi. Yuqori mala-
kali ayrim sinovchi uchuvchilarning fikricha, SUQM yaxshi ko‗rinib tursa
ham, tamg‗a bo‗lmasa yoki uning belgilari yaxshi ko‗rinmasa, uchish xa-
vfsizligi 20-25% kamayadi. Demak, tegishli koeffitsiyent-KK.B=0,80-0,75
bo‗ladi. Bu koeffitsiyent qiymati maxsus uslub yordamida aniqlashtiriladi.
Ma‗lumki, havo kemalari uchishining muntazamligi va xavfsizligini
ta‗minlash maqsadida, ularning uchish tavsiflarini bortdagi va yerdagi uskuna-
larni, uchish-qo‗nish maydoni o‗lchamlarini, joy relyefi va uchish-qo‗nish
yo‗lidagi to‗siqlarni hisobga olgan holda, ob-havo minimumi belgilanadi. Bu
minimumlarga qat‘iy amal qilish zarur. Biroq, amalda shunday holat bo‗ladiki,
bu minimumlardan yomon tomonga chekinishga to‗g‗ri keladi. Bu og‗ish
amalda 10-15% gacha bo‗lib turadi. Shuni hisobga olganda ob-havo minimumi
bo‗yicha xavfsizlik koeffitsiyenti: KMIN = 0,90-0,85 bo‗ladi.
Uchish-qo‗nish maydonlarining, yon va oxirgi xavfsizlik yo‗laklari va
havodan kelish yo‗laklarining maxsus uslub bilan hisoblangan o‗lchamlari
havo kemasiga to‗la tijoriy yuklama berilganda, xavfsiz uchish va qo‗nish
uchun kerak. Bu o‗lchamlar hisoblab topilgan qiymatlarga to‗g‗ri kelmasa,
havo kemasi uchishga qo‗yilmaydi. Uchish juda zarur bo‗lsa, tijoriy yuklama
kamaytiriladi. Lekin, bunda yuklama koeffitsiyenti RYu pasayadi. Iqtisodiy
manfaatlardan kelib chiqib uni 0,65-0,70 dan kamaytirish maqsadga muvofiq
emas. Тijoriy yuklama kam bo‗lganda ham uchishga to‗g‗ri keladigan holatlar,
qishning ayrim kunlarida yo‗lovchilar umuman kam bo‗lganda uchraydi.
Shunda samolyotdagi joylar 75-75% band bo‗ladi, demak KYu=0,75-0,78
bo‗ladi.
Aerodromlarning ekspluatatsiya holatini tizimli baholashda qatnashadigan
boshqa ko‗rsatkichlar ham bo‗lishi mumkin. Ularning hammasi zaxira koef-
fitsiyent KZAX ichiga kirib ketadi.
Yuqorida keltirilgan koeffitsiyentlar aerodromlarning ekspluatatsiya ho-
latini jamlama tarzda baholaydi. Ular vaqt mobaynida doimiy emas, yil bo‗yi,
katta inshootlarning kapital ta‗mirlari va yuklanishlar orasida ham o‗zgaradi.
Shunday qilib, uchishlarning xavfsizligi va muntazamligini texnika
yordamida ta‗minlash aerodrom elementlarining holati va mustahkamligi
evaziga bo‗ladi. Bunda qoplama yuzasining hal qiluvchi sifat ko‗rsatkichi
ilashish koeffitsiyenti-M va mustahkamligini ko‗rastuvchi yuk ko‗tarish
qobiliyati P bo‗ladi. Bu ko‗rsatkichlar talab etiladigan miqdordan pasayganda,
shunga tegishli nosozlikni tezda bartaraf etish kerak. Unga sarflanadigan vaqt
havo kemalarining uchish-qo‗nish jadvalidagi vaqt oralig‗idan ortiq
bo‗lmasligi kerak. Bularning bari havo transportining iqtisodiy samaradorligiga
ta‗sir etadi. Iqtisodiy samaradorlik ko‗rsatkichi Q ga kiradi: aeroportning yillik
ekspluatatsiya harajatlari-S, aerodrom ishga tayyor emasligi sababli reyslarni
kechiktirish yoki bekor qilishdan ko‗riladigan tijoriy yo‗qotishlar-R. Agar
Q=(C+R)→min ta‗minlansa, aeroportning iqtisodiy samaradorligi optimal
bo‗ladi. Ekspluatasiya ishlarining bari o‗z vaqtida bajarilsa, R=O bo‗ladi va
Q=S→min ta‗minlanadi.
Aerodromni ekspluatatsiyada tutish va ta‗mirlash (AEТТ) tizimining
ishini aniqlaydigan ko‗rsatkichlar majmuida doimiy va o‗zgaruvchan kattal-
iklar bor. Doimiylari Xd avvaldan beriladi va ekspluatatsiya natijalari ularga
bog‗liq. Bularga aerodromning fizik tavsiflari (maydon, qoplama turi va b.)
iqlim sharoitlarining berilgan o‗rtacha qiymatlari (havo harorati, qorning ko‗p-
kamligi, muzlash) kiradi.
O‗zgaruvchan ko‗rsatkichlar XO‗Z ning qiymatini ma‗lum oraliqda tan-
lash, ya‗ni «boshqarish» mumkin. Masalan, qishki qarovlar va ta‗mirlarning
optimal usuli yoki texnologiyasini tanlash, mexanizatsiya vositalarining turli
tarkibi bilan ishlash va h.k.
AEТТ ning ishi tasodifiy holatlar yuzaga kelganda buzilishi mumkin.
Тasodifiy omillar havo kemalarining uchish, qo‗nish vaqtidagi og‗ishlar,
yog‗in-sochin miqdoriga, muzlash darajasi va shu kabilarga bog‗liq. Demak,
omillarning noaniqlik darajasini aniqlab, ishonchlilik nazariyasi yordamida
AEТТ ishini hisoblash zarur bo‗ladi.
Yuqorida aytilganlarga qarab, maqsad funksiyasini quyidagi ko‗rinishda
yozish mumkin:
C (µ, P, t, Q) → (Xd, Xo‗z, ŋ) (1.2)
AEТТ ning tarkibiy tuzilmasining, L.P. Volkova taklif qilganiga o‗xshash
ko‗rinishi 5-rasmda berilgan.
Aerodromlarni ekspluatatsiya qilish tuzilmasini va holatini baholash
ko‗rsatkichlari, tegishli matematik modelni yaratish imkonini beradi. Bu juda
murakkab masala. Hozirgi paytda, masala ustida turli mamlakatlarda tadqiqot
olib borilmoqda.
2.2-rasm
1> Do'stlaringiz bilan baham: |