Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

aerodromlar ekspluatatsiyasi kitobidan


1.5-rasm. Aerodromlarni ekspluatarsiya holatida tutish va ta’mirlash 
tizimining tuzilma sxemasi. 
§1.19 Aerodromlarni ekspluatatsiya 
 qilishga talablar
Ekspluatasiya qilish deganda, texnik nuqtai nazardan qaraganda, aero-
drom va uning inshootlaridan havo kemalarining xavfsiz uchishi, qo‗nishi va 
manevr qilishi uchun foydalanish tushuniladi. Foydalanishda uchish ishlarini 
tashkil etishga va aerodrom ko‗rsatkichlariga tegishli muayyan qoidalar va tal-
ablar aerodrom va atrof elementlarining o‗lchamlari, baland to‗siqlar, mus-
tahkamlik, qiyaliklar, qoplamalar holati va boshqalar bajarilishi zarur. Ilmiy 
asoslangan talab va qoidalar fuqaro aviatsiyasining ekspluatatsiya xizmati va 
uchish ishlari bo‗yicha qo‗llanmasida, turli me‘yoriy hujjatlarda keltirilgan. 
Uchishlarning xavfsizlik sharoitlari va o‗tkazish qobiliyatini ta‗minlash 
bo‗yicha talablar. Uchish yo‗laklarining o‗lchamlariga tegishli talablar dviga-
tellardan bittasi ishlamay qolganda xavfsiz ko‗tarilish yomonlashganda 
qo‗ndirish zaruriyatini hisobga oladi. Qoplamali uchish-qo‗nish yo‗lagining 
umumiy uzunligi va xavfsizlik chekka yo‗lagi (XChY) hamma uchish 
yo‗laklari bo‗yicha (UY), dvigatellaridan bittasi ishlamay qolganda ham 
ko‗tarilishni ta‗minlashi kerak. Bunday uzunlikni foydalaniladigan uzunlik 
deyiladi va agar hammasida sun'iy qoplama bor bo‗lsa, XChY bo‗lmasligi 
mumkin yoki SUQM ning oxirida kaltagina qoldirilib, undan havo kemalarini 
burish uchun foydalaniladi. Bunday uchastkaning uzunligi chet ellarda 60 m 
olinadi. 
Relyefning mahalliy sharoitlariga, yer uchastkasining shakli va 
o‗lchamlariga qarab SUQM da qisqaroq sun'iy qoplama qurish ruxsat etiladi. 
Bu-xavfsizlik chekka bo‗lagini ko‗tarilish va qo‗nishning hamma yo‗nalishi 
bo‗yicha uzaytirish xisobiga bo‗ladi. Biroq SUQM ning ruxsat etilgan eng kam 
uzunligi shunday bo‗lishi kerakki, bitta dvigateli ishlamay qolganda ko‗tarilish 
tezligigacha ishlov olish yoki ko‗rinish yomon bo‗lganda SUQM ning ho‗l yu-
zasiga qo‗ndirish imkoni bo‗lsin. Shunda uchish yo‗lagining umumiy uzunligi 
(SUQM= ChY) eng katta qiymatga ega bo‗ladi. Agar XChY qisqa bo‗lsa, oxir-
ida jarliklar bor bo‗lsa, tormoz maydonchasini qurish lozim. 
Uy va SUQM ning zaruriy uzunligi maxsus uslub bilan hisoblanadi. Bun-
da UY ning eng katta bo‗lishini talab qilgan havo kemasiga mo‗ljal olinadi. 
Ekspluatasiya jarayonida SUQM uzunligining yetarliligini tekshirish zarur, 
chunki havo kemasi modifikatsiya qilinib, uchish-qo‗nish tavsiflari ham 


o‗zgarib ketgan bo‗lishi mumkin yoki havo kemasining yangi turi kelishi 
mumkin.
Aerodrom atrofi hududining o‗lchamlari, tabiiy va sun'iy to‗siqlarning 
ruxsat etilgan balandligi havo kemasining bitta dvigateli ishlamay qolganda 
davomli ko‗tarilishi, qo‗nishga kirganda va yagona glissada bo‗yicha 
qo‗nganda, ikkinchi doiraga ketganda xavfsiz uchishni ta‗minlashi kerak. 
Elementlarning o‗lchamlari (alohida qismlarning eni va bo‗yi) aero-
dromning klassiga qarab, mavjud me‘yorlardan olinadi. 
Aerodrom atrofi hududlarida binolar va inshootlarni qurish mumkin. 
Ularning balandligi texnologik loyihalash me‘yorlari ruxsat etadigan chega-
ralarda bo‗lishi va radionavigatsiya uskunalariga halal bermasligi kerak: uchish 
yo‗lagining yon chegarasidan tashqi tomonda turar-joy, sanoat va muhandis-
texnik vazifalariga mo‗ljallangan hamma turdagi binolar va inshootlar; 
havodan kelish yo‗lagi hududida-odamlar yashamaydigan va omma 
to‗planmaydigan, qo‗nish va navigatsiya vositalari ishiga, ko‗rinishiga halal 
bermaydigan cheklangan binolar va inshootlar.
Yon tomondagi xavfsizlik yo‗laklari, qoidaga ko‗ra to‗siqlardan holi 
bo‗lishi lozim. Faqat, qo‗nish chegaralarini va oraliq belgilarni, istisno tarzida 
antennalar va glissad radiomayak (GRM) binosini, qo‗nish radiolokatorlarini 
(QRL) va UKV-radiopelengatorlarini joylashtirish mumkin, biroq texnik 
binolar to‗siqlarni cheklovchi tekislikdan chetga chiqmasligi kerak. Antennalar 
yengil buyum bo‗lgani sababli baland to‗siq hisoblanmaydi. 
Muayyan aerodromga uchish xavfsizligi bo‗yicha qo‗yilgan talablar, un-
ing o‗tkazish qobiliyatiga ta‗sir o‗tkazadi. O‗tkazish qobiliyati vaqt birligida 
(soat, sutka, yil) ichida bajarilgan transport ishi-havo kemalarining ko‗tarilishi 
va qo‗nish soni bilan o‗lchanadi. Uni oshirish uchun rulej yo‗llari (RY) quri-
ladiki, qo‗ngan havo kemasi SUQM ni bo‗shatib, o‗shandan yursin (tezligi 100 
km/soat gacha borishi mumkin). Aerodromning o‗tkazish qobiliyati loyiha 
bosqichidayoq belgilanadi. Biroq uni ekspluatatsiya qilish jarayonida havo ke-
malarining yangi turlari paydo bo‗ladi, pilotaj texnikasi takomillashadi, havo 
qatnovlarining avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy qilinadi, 
qo‗shimcha rulej yo‗llari va SUQM quriladi. Natijada, aerodromning haqiqiy 
o‗tkazish qobiliyati o‗zgaradi. 
Eng katta o‗tkazish qobiliyati ikkita ketma-ket harakatlanayotgan havo 
kemasining amallari orasidagi eng kam vaqt oralig‗iga bog‗liq: ko‗tarilish-
ko‗tarilish, qo‗nish-qo‗nish, ko‗tarilish-qo‗nish, qo‗nish-ko‗tarilish. Bu 
oraliqlar har bir aerodromda o‗zgacha bo‗ladi.
Aerodromlar, odatda, aralash rejimda ekspluatatsiya qilinadi, ya‗ni 
ko‗tarilishga qo‗nish aralashgan bo‗ladi, lekin qo‗nishga imtiyoz beriladi. Aer-
odromda ikkita SUQM bo‗lsa, bittasi ko‗tarilish, ikkinchisi qo‗nish uchun foy-
dalaniladi. Eng katta o‗tkazish qobiliyatini aniqlashda uchish ishlarining ham-
ma rejalaridan, ya‗ni navbatma-navbat ko‗tarilish va qo‗nish, ularning o‗rin 
almashinishidan kelib chiqiladi. Uchish rejimlaridan eng kam o‗tkazish qobili-


yatiga mo‗ljal olish kerak, shunda shu qobiliyatga rejalashtirilgan transport ishi 
bajarilishi kafolatlanadi.
Ko‗tarilish-qo‗nish amallari orasidagi eng kam intervallar, VUQ yoki 
AQUQ bo‗yicha bo‗lsin, hamma havo kemalari, barcha yo‗nalishlar uchun, 
uchish-qo‗nishning har qanday ketma-ketligi uchun tayinlanishi mumkin. Bun-
da turli vaqt oraliqlari yuzaga kelib, amalda ulardan foydalanish mumkin 
bo‗lmay qoladi. Ko‗pincha, havo kemalarining turi va klassi bo‗yicha vaqt 
oraliqlari bir-biridan katta farq qilmaydi, shuning uchun yagona vaqt oralig‗ini 
belgilash imkoni bor. Bundan tashqari uchish-qo‗nish amallaridagi og‗ishlar 
ham hisobga olinadi. Ular Gauss normal qonuniga bo‗ysunadi va rejadagidan 
30 % chetga chiqadi, ya‗ni 1,3 koeffitsiyent ishlatiladi.
Aerodrom qoplamalari kapital, yengil va o‗rtacha bo‗ladi. Kapital qopla-
malarga bikr va asfalqtobeton qoplamalar; yengil turiga — bog‗lovchi organi 
materiallar aralashtirilgan, tanlab olingan chaqiq toshli qoplamalar; 
o‗rtachasiga — grunt va chaqiq toshli, grunt va mayda toshli, shuningdek, 
chaqiq tosh, mayda tosh, grunt va mahalliy materiallardan, organik va mineral 
bog‗lovchi materiallar aralashtirilib yotqizilgan qoplamalar kiradi. 
Hamma qoplamalar yuklamaga qarshilik qilish xususiyatiga qarab, 
quyidagi turlarga ajratiladi: bikr—sementbeton, armobeton, monolit va yig‗ma 
temirbeton; bikr bo‗lmagan—asfalqtbeton va boshqa hamma turdagi, 
jumladan, o‗rtacha qoplamalar. 
Bikr qoplamalar uchun GOSТ 8424-72 ning talablariga javob beradian 
og‗ir beton ishlatiladi. Betonning loyihaviy markasi mustahkamligi: bir qatlam-
li va ikki qatlamlining yuqori qatlamida-siqilish M4000, bukilishda cho‗zilish 
RI 50; oldindan zo‗riqtirilgan yig‗ma temirbeton, chiviqli armatura aralashtiril-
ganda, yuqoridagi raqamlar tegishli ravishda M3000 va Ri45; ikki qatlamli 
qoplamaning quyi qatlami va oldindan zo‗riqtirilgan qoplamaning chok osti 
plitalari uchun-M250 va Ri350. 
Asfaltbeton qoplamalarga GOSТ 9128-84 ning talablariga javob beradi-
gan va SNIP 2.05.08-85 da ko‗rsatilgan mustahkamlik ko‗rsatkichlarini 
qoniqtiradigan asfalqtbeton aralashmalar ishlatiladi. 
Bikr qoplamalarning sun‘iy asoslari (zamini) termoizolyatsiya qoplamalar 
uchun mayda donali (qum) beton, keramzitobeton va shlakobeton (metallurgi-
ya shlaki bilan to‗ldirilgan), chaqiq tosh, mayda tosh, qum-shag‗al, grunt va 
mayda tosh, bog‗lovchi materiallar aralashtirilgan yoki aralashtirilmagan 
gruntlar va mahalliy materiallar ishlatiladi. Bikr va bikr bo‗lmagan qoplama-
larning sun'iy asoslariga ishlatiladigan materiallar siqilish mustahkamligi va 
elastiklik moduli bo‗yicha SNiP 2.05.08-85 da ko‗rsatilgan talablarga javob 
berishi kerak. 
Aerodrom qoplamalarining konstruksiyasi to‗g‗ri hisoblab chiqilsa, GOSТ 
talablarida javob beradigan materiallardan qurib, SNiP 11-46-79 talablariga 
ishlanib, qabul qilinsa, havo kemalari uchishini ishonchli kafolatlash mumkin. 
Biroq, amalda hisobga olinmagan havo kemalari uchishiga to‗g‗ri keladi. 
Shunda qoplamalarning mustahkamligini tekshirib ko‗rish zaruriyati tug‗iladi. 
Agar u yetarli bo‗lmasa, havo kemasining ko‗tarilayotgandagi massasi yuklar 


yoki yo‗lovchilar hisobiga kamaytiriladi. Shunday ham bo‗lishi mumkinki
SUQM ning uzunligi kam bo‗lgani tufayli ko‗tarilish massasini kamaytirish lo-
zim, ammo qoplamaning mustahkamligi buni talab qilmaydi. Bunday paytlarda 
aerodromdan to‗liq foydalanish uchun SUQM ni uzaytirish maqsadga muvofiq. 
Qoplamalarning tep-tekisligi havo kemalarini xavfsiz ekspluatatsiya qi-
lishda katta ahamiyatga ega. Qoplamalar mutlaq tekis va qiyaliksiz bo‗lgani — 
eng yaxshi variant. Biroq amalda bunga erishib bo‗lmaydi, qiyaliklar esa su-
vning oqib ketishi uchun zarur. Demak, qanaqa tep-tekisligu qanaqa qiyalik 
bo‗lishi kerak, degan savol yuzaga chiqadi. Havo kemalari ma‗lum darajada 
ko‗ndalang va bo‗ylama qiyaliklariga ega bo‗lgan SUQM dan ko‗tarilib, unga 
qo‗na olar ekan, qoplamani mutlaq tekis qilishga urinish kerak emas. SNIP 
2.05.08-85 hujjatida turli klassdagi aerodromlar uchun qiyaliklar me‘yorlari 
berilgan. Тep-tekislik masalasi esa murakkabroq va hozircha amaliy talablarga 
muvofiq hal qilinadi. Notekisliklar, tabiiyki, ko‗tarilish va qo‗nishga yomon 
ta‗sir qiladi, tormozlanishni qiyinlashtiradi, havo kemasini sakratadi, qiyshay-
tiradi, ko‗lmaklar hosil qilib, katta tezlikda kelayotgan havo kemasi 
g‗ildiraklariga yomon ta‗sir etadi. Aerodromlar bo‗yicha xalqaro standartlar va 
tavsiyanomalarda (xalqaro fuqaro aviatsiyasi bo‗yicha konvensiya-IKAO ning 
14-ilovasi) aytilishicha, notekislikning ruxsat etilgan aniq qiymatini aytish 
qiyin, chunki bu havo kemasiniing turi, harakat tezligi, shig‗ovi va bosib o‗tgan 
masofasiga bog‗liq. Тadqiqotlarning ko‗rsatishicha, 45 m uzunlikda 2,5-3,1 sm 
notekislik bo‗lishi qoniqarli holat. Asosiy talab sifatida, 3 metrlik chizig‗ida 
istalgan yo‗nalishda (qiyalik qilingan va ariqchalar ustidan boshqa joylarda) 
ko‗rinadigan tirqish beriladi. U 3 mm dan oshmasligi kerak. 
Qoplamalar yuzasining holati havo kemalarining ishonchli tormoz-
lanishini ta‗minlashi kerak. Bunda tormozlanishning samarali vositalari va 
havo kemasini boshqarish usullaridan, qoplama yuzasini yetarli darajada sadir-
budir qilib, g‗ildirak bilan yaxshi ilashishini ta‗minlashdan foydalaniladi. 
Qoplama yuzasi yetarli darajada toza bo‗lishi, unda mikro notekisliklar 
(o‗yiqlar, do‗ngliklar) bo‗lmasligi, plitalarning qirralari bir-biriga nisbatan tur-
tib chiqmagan bo‗lishi kerak. Qish mavsumlarida qordan va yupqa muz 
qatlamlaridan tozalash lozim. Aerodromlarni ekspluatatsiya qilishda tabiat 
muhofazasiga quyidagi masalalar kiradi: termokarst hodisalar, termoeroziya, 
termoabraziya, ko‗pchish, tuz fluksiyalari va boshqa kriogen jarayonlar sodir 
bo‗lishiga qarshi muhofaza ishlarini bajarish; odamlarni radiochastotalar, ra-
diotexnik obyektlar va shovqin ta‗siridan himoya qilish; suv havzalarini oqava 
suvlaridan saqlash; o‗rmonlarni, daraxtlarni, ekinzorlarni chiqindi gazlar va 
changdan saqlash, aerodromda qushlar galasi paydo bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaslik. 

Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish