7-dars. O‘zbekiston aholisi



Download 10,81 Mb.
Sana05.04.2022
Hajmi10,81 Mb.
#529124
Bog'liq
TRANSPORT MUNISA MIRDAVLATOVA

TRANSPORT GEOGRAFIYASI


Mirdavlatova Munisa

Transport yo‘lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo‘ylab ham, jahon bo‘ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o‘ynaydi.

Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo‘lganini tarix darslaridan yaxshi bilasiz. Bunda o‘sha vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog‘lab turuvchi – Buyuk Ipak yo‘li aynan bizning mamlakat hududidan o‘tganligi alohida o‘rin tutadi.

O‘zbekiston quruqlik (temiryo‘l, avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transportiga ega.

Yuk va yo‘lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning ikki, uch va hatto, to‘rt turidan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo‘lsak,

temiryo‘l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda va, nihoyat, poyezd yoki samolyotda ko‘zlangan manzilga yetamiz.

O‘zbekistonda hozirgi zamon transportining (suv transportidan bo‘lak) barcha turlaridan keng ko‘lamda foydalanilmoqda

Barcha transport turlari xizmat ko‘rsatish jarayonining o‘zaro aloqadorligi asosida transport majmuasini tashkil etadi.

Har bir transport turiga mos yuk ortish-tushirish maydoni, harakat yo‘nalishi, vokzal, aerodrom, bekat hamda aloqa vositalari bo‘ladi.

Temiryo‘l, avtomobil yo‘li qurishga ko‘plab mablag‘ va vaqt kerak bo‘ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo‘nalishi (trassa)ni oz mablag‘ evaziga yo‘lga qo‘yiladi.

Transport turlari ishchi kuchini band qilishi bo‘yicha ham keskin farqlanadi. Yuk quvur, suv, temiryo‘l transportlarida tashilganida sarf-xarajati avtomobil yoki havo transportida tashilgan yuk sarf-xarajatidan ancha kam bo‘ladi.

Neft yoki yog‘och ortilgan ko‘plab vagonlarni bitta lokomotiv tortib borayotganini kuzatgandirsiz? O‘sha lokomotivni 2–3 kishigina boshqaradi.

Holbuki, 125 tonna yuk ko‘taradigan eng katta avtomobilni ham shuncha kishi boshqaradi.

Katta hajmli 100 minglab tonna yuklarni suv transporti (tanker)da tashilganda esa yo‘l xarajati yana ham arzon tushadi.

Suv transporti boshqa transportlardan sekin harakat-lansa-da, olis masofani to‘xtovsiz bosib o‘tadi.Shu sababli tezligi katta, ammo stansiyalarda to‘xtab-to‘xtab harakatlanadigan poyezd bilan raqobatlasha oladi.

Yukni temiryo‘l va suv transportida bevosita egasiga yetkazish imkoniyati ancha cheklangan. Avtomobilda esa istalgan joyga yetkazib bersa bo‘ladi.

Transportning ishi uning yuk tashish hajmiga qarab belgilanadi. Yuk tashish hajmi ma’lum vaqtda ma’lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda ifodalanadi (71-rasm).

Transport turlari qanday yuk tashishiga, harakat tezligiga, shuningdek, qancha yuk ko‘tara olishiga ko‘ra guruhlanadi.

Transport sanoat bilan qishloq xo‘jaligining ishlab chiqarish aloqalarini, turli hududlar o‘rtasidagi mahsulot almashinishini hamda tashqi savdoni ta’minlaydi.

Yangi hududlarni o‘zlashtirishda daf’atan transport yo‘llari o‘tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transportning mudofaa ahamiyati ham juda katta.

Transport iqtisodiyotning ana shunday zaruriy omili bo‘lish barobarida unga talay miqdorda elektr, yoqilg‘i, metall, yog‘och sarflanadi.


Eng tezkor harbiy samolyotlar reytingi

uchuvchisiz Boeing X-37 havo kemasi bo‘lib, AQSh hukumati uning xususiyatlarini qattiq sir tutib keladi. Ma’lum qilinishicha, u hatto tovush tezligidan ham 16 karra tezroq ucha oladi!
5000 ot kuchiga ega 16 silindrli motor 560 km/soatgacha tezlikda harakatlanish imkonini beradi. Yuzlikka esa 1,8 soniyada chiqish mumkin
Devel Sixteen Could Do 320 MPH
Xitoylik mutaxassislar 600 km/soat tezlikka erisha oladigan poyezd yaratishdi. Ta'kidlanishicha, magnit yostiqda harakatlanuvchi poyezd ayni vaqtda dunyodagi eng tezyurar yerusti transport vositasi hisoblanadi.
Okeaniya TI sinfidagi supertanker - bu neftni tashish uchun yaratilgan eng go'zal kemalardan biri. Dunyoda to'rtta shunday supertanker bor. "Okeaniya" ning umumiy tashish hajmi 440 ming tonnani tashkil etadi, agar iloji bo'lsa, u 16-18 tugunga qadar tezlikka erisha oladi. Kemaning uzunligi 380 metrni tashkil qiladi.


E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT
MIRDAVLATOVA MUNISA
Download 10,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish