1. Yuk ortish punktini joylashishi, shuningdek uni hosilqilish va ishlatish tartibi sektorlarning zaruriy soni va o’lchamlari, transport harakati sxemalari, odamlar o’tadigan yo’llar, nurli va tovushli signalizatsiyani nazarda tutadigan loyiha (konchilik ishi rejasi) bilan aniqlanadi.
2. Oraliq bo’g`in sifatida ekskavatordan (frontal yuklagichlardan) foydalaniladigan yuk ortish punktlariquyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) yarus balandligi cho’mich yuqori nuqtasidan oshmasligi lozim;
b) yuk to’kish maydonchasi, jihozni va odamlarni ishlashi mazkurqoidalarning 2.5.16.-2.5.22-bandi talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
.3. Yuk ortish punktidagi ish belgilar va plakatlar bilan boshqarilishi, hamda ish yuritish pasportiga muvofiq bajarilishi kerak.
Konsol uyumlagich bilan hosilqilingan omborlardan maydalangan kon massalarini yuklab jo’natishda, zaboyni balandligi kon massasining fraktsiya tarkibi, fizik-mexanik xossalari vaqazib chiqarish-yuklash jihozini texnik tavsiflarini hisobga olgan holda pasportga binoan aniqlanadi. Bunda zaboyda jinslar osilib turishigaqarshi choralar amalaga oshirilishi kerak.
4. Ekskavator bilanqazilgan yarus yonidagiqulash prizmasi yoki yarusqiyaligiga avtoag`dargichni to’kish taqiqlanadi. Bu holatda barqarorqiyalik hosilqilish bulydozer, ekskavator va frontal yuklagichlar bilan yarusning yuqori maydonidan bajarilishi kerak.
5. Bir yarusda ekskavator bilan bir vaktda bulydozer yoki avtoag`dargichlarning ishlashi taqiqlanadi. 6. Lokomotiv mashinisti temir yo’l tarkibiga yuk ortishda ekskavator mashinisti signaliga bo’ysunishi kerak.
7. Yuk ortish (tushirish) joyida temir yo’llarni tozalash paytida yuk ortish punktiga tarkibni uzatish to’xtatilishi kerak.
8. Yuk tushirish maydonchasi estakadasiga kontakt tarmog`ini o’rnatish taqiqlanadi. 9.qabulqilish bunkerlariga transport vositalarini to’kish bilan kon massasini tashishga tayyorlaydiganqurilmalar (maydalagich, groxot va shu kabilar) va me’yorlovchiqurilmalar (ta’minlagich, shiber va shu kabilar) «Foydaliqazilmalarni maydalash, saralash, boyitish hamda ruda va kontsentratlarni bo’laklashda ishlarning xavfsizligiqoidalari», «Ma’dan(ruda), noma’dan va sochma konlarni yerosti usuli bilan (erosti ob’ektalarida)qazib olishda xavfsizlikniyagonaqoidalari»q muvofiq bo’lishi vaquyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) bunkerlarning foydalanilmaydigan tomonlaridagi teshiklar, yuk tushirish maydonchasini odamlar pog`onadan yiqilishi mumkin bo’lgan joylar, to’siqlar yoki jinslar tepachalari bilan to’silishi kerak;
b) temir yo’l transporti bo’lsa yuk tushirish maydonchalari xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ogohlantiruvchi tovush signali bilan jihozlanishi va temir yo’l tarkibi kelishidan 1,5-2 daqiqa oldin ulanishi kerak;
v) avtomobily transporti bo’lsaqabulqilish bunkerlarini ishchi tomonidan avtoag`dargich bunkerga tushmasligi uchun tirgak, yuk tushirish maydonchasiga esa avtoag`dargich yuk to’kishga kirishi uchun ruxsat etadigan yoki taqiqlaydigan svetofor o’rnatilishi kerak.
10. Bunkerga boradigan joyni bulydozer bilan tozalash paytida yuk tushirish maydonchasiga avtoag`dargichlarni kirishi taqiqlanadi. 11. Ta’mirlash ishlari bajarilayotganda yuk ortish punktidagiqabulqilish bunkeriga avtoag`dargichlarni yuk tushirishlarini to’xtatish kerak, buni uchun kirish joyini bekitish, kuzatuvchiqo’yish va shu kabilarni bajarish lozim.
12. Maydalagichga tiqilibqolgan kon massasi bo’lagi maxsus mexanizm bilan olinishi, butoboy yoki portaltish usulida parchalanishi kerak. Ularniqo’l bilan olib tashlash taqiqlanadi. 13.qulagan kon massasi tagidaqolgan maydalagichni ochib olish va uni ishga tushirish korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan yo’riqnomalarga binoan bajarilishi kerak.