O‘qiganni umumlashtirish. O‘qigan matnni ustida ishlashdan eng oxirgi bosqichi umumlashtirish, bunda biz o‘quvchilarni bilimini umumlashtirib, g‘oyaviy-tematik yo‘naltirib, g‘oyaviy-estetik, tushunchalarini yanada chuqurroq o‘zlashtirishlar masalasi qo‘yishimiz kerak. Ilmiy ommabop adabiyotning mazmunini o‘zlashtirishda tajribalarga suyangan holda aniq sistemaga olib kelinadi. Bular aniq tushunchalarni boyitib, o‘quvchilarda tabiatga, mehnatga muxabbat, jangovar jasoratlar bilan faxrlanish, ona-Vatanga muxabbat uyg‘otadi. Badiiy adabiyotlarni o‘qish orqali o‘quvchilar ulardagi qaxramonlarning obrazini muhokama qilib, tabiat rasmlarni chuqur o‘rganishi orqali uning ma’nosini tushuna biladilar.
Obrazlar ustida ishlash matnning turli etaplari ustida ishlash orqali bajariladi. Asar bilan tanishish jarayoni ularga kaxramonlar haqida dastlabki tushunchani beradi. Bu esa noaniq va mavhum tushunchadir. Bu o‘qilganni matnni tahlil qilish orqali aniqlanadi. Yakunida kaxramonlarga tavsif beriladi.
Kaxramonlarga tavsif berish.. Kaxramonlarga tavsif berish o‘quvchilarda sekin rivojlanadi. O‘qish darslarida ulardan tashqi ko‘rinishlariga baho berish orqali, ular ichki dunyosi va xarakterlarini aniqlaydi, hamda leksik lug‘atlarini boyitib boradilar. Birinchi sinfdan boshlab kaxramonlarning asarda tutgan o‘rni aniq o‘rgana boshlaydilar. Qaxramonlarni asarda tutgan o‘rni degan savollar chuqur mulohaza
183
qilishga undaydi, (u qanday edi?) degan savolga javob topishga xarakat qiladilar. O‘quvchilar qaxramonlarning obrazlariga qarab ularga baho beradilar. O‘qish va nutqni o‘stirish orqali ular o‘zlariga yaqin bo‘lgan insonlarga baho berishni o‘rganadilar. VI sinf o‘qish darslarida yanada qaxramonlarga murakkabroq qilib xarakteristka beradilar. Qaxramonlarga xarakteristka berishda ularni tutgan o‘rni tahlil qilinadi: Qachon va qaerda sodir bo‘ldi? Nima qildi? Nima uchun? Nega? Savollariga javob izlanadi. Yakuniy darsda asar kaxramoniga umumiy baho beriladi:
Asar qaxramonini aniqlang (Askar, o‘quvchi, o‘g‘il bola, ishchi);
Qaxramonning tashqi ko‘rinishini ko‘rsatib bering;
Uning jasorati haqida yozing (Nima qildi?);
Qaxramonga munosabatingizni ifoda qilib bering.
Asar qaxramonining tashqi ko‘rinishi yozilmasada, uning ayrim psixologik tomonlari haqida tushuncha paydo bo‘ladi. Umumlashtirishning asosiy metodi – uning ijodiy elementlari orqali bo‘ladigan evristik suxbatdir. O‘qituvchi yoki kichik o‘qituvchi orqali beriladigan savollari (Kim haqida? Nima haqida? Bahor haqida nima bildingiz?) matn qaxramon matnning mazmuni, voqealar bo‘yicha aniq javob berishni talab qiladi. Savollarga o‘quvchilar matnga murojaat qilish orqali, ayrim epizodlarni o‘qib so‘zlab berish, ko‘rgazmali qurollardan foydalanib qaxramonlarning ayrim xulqi va xarakterlari orqali javob tayyorlaydilar. Yakuniy darsda ayrim asarlarning asosiy g‘oyasi aniqlanadi. O‘quvchilar o‘qigan lirik she’rlarida insonlarning yashagan hayoti emas, balki tabiat, umumiy-siyosiy va sotsial tuyg‘ular orqali uyg‘ongan xis-hayajonlari ifoda etiladi. Yakuniy darsda matnning asosiy mazmuni aniqlanadi.
Ilmiy-ommabop matnlarni o‘qish va yakunlash umumiy savollarga javob berish va co‘zlab berish orqali yakunlanadi. Yakuniy darslarni lug‘atiy-stilistik mashqlar kiritib, ular o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash, lug‘at boyligini oshirish (gaplar tuzish, matndan ayrim jumlalarni topish, gaplarni to‘ldirish) kabi vazifalar kiritiladi. Yakuniy etapda mavzuga oid maqol topishmoqlarni topish va mazmunini aytib berish topshiriladi. Shuning uchun uyga berilgan yozma mashqlar ham o‘qilgan matnlarni mustahkamlashda yaxshi natija beradi.
Quyida ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish darslarida shu maqsadga yo‘naltirilgan bir necha usullarni keltirib o‘tamiz.
Esse
Do'stlaringiz bilan baham: |