I .3-§. Maxsus maktabda о‘qish darslarida ishni asosiy yо‘nalishlari
O‘qish darslarida uchta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatish mumkin. Bu o‘qish texnikasi, mazmun ustida ishlash, lug‘at ishlari.
O‘qish texnikasini o‘rganish. O‘qish darslarida, o‘qitish ko‘nikmalarini shakllantirishda, matnlar ustida turli xil ish jarayonlari olib borishda o‘qish texnikasidan foydalaniladi. O‘qishni o‘rgatishning har qanday metodi sifatli bo‘lishni talab etadi. To‘g‘ri o‘qish va uni rivojlantirish uchun ko‘proq turli xil mashqlar va ovozini chiqarib o‘qishni qo‘llash katta ahamiyatga ega. Bu narsalar o‘quvchilarni
179
talaffuz nutqini (tovush, nafas, orfoepik normalar) so‘zlarini tovush strukturalari egallash uchun talab etiladi. To‘g‘ri o‘qish – bu xarf va tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qilib, bo‘g‘inlarni tushurib qoldirmasdan, bo‘g‘inlarni so‘zlarda o‘rnini almashtirmay, tushurib qoldirmay, nafas olish qoidasini buzmay, so‘zlardagi urg‘u, pauza, orfoepik normalarga javob bergan holda o‘qishdir. Eng avvalo nafasni to‘g‘ri olish, bo‘g‘in va so‘zlarni bir nafasda o‘qishga katta axamiyat talab etadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni to‘g‘ri o‘qishida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar turlichadir. Bu tovushlarni noto‘g‘ri qo‘yilishi, so‘zlarning artikulyatsiyani noto‘g‘riligi, yozilishida o‘xshash xarflarni farqlay olmaslik, orfoepik qoidalarga rioya qilmaslikdir. Eng asosiy sabab eshitish analizatorining yo‘qligidir. To‘g‘ri o‘qish uchun matnning turli etaplarida turli xil mashqlarni amalga oshirish talab etiladi. Tovushni o‘qituvchi nazorati ostida baland ovozda o‘qish, xatolarini o‘z vaqtida ko‘rsatish va to‘g‘rilash samarasi kattadir. Buning uchun quyidagi talablarni bajarish zarur:
(Matnni o‘qishdan oldin) Yangi xarf va so‘zlarning, so‘z birikmalarini analiz qilish va ma’nosini tushuna bilish. So‘z va so‘z birikmalari orfoepik belgi va urg‘ulari qo‘yilgan holda doska yoki kartochkalarga yoziladi. Ular avval o‘qituvchi bilan so‘ngra mustaqil o‘qitiladi (ya – sa – moq, yasa – moq, yasamoq, da – nak, danak). So‘zlarni qo‘shimchalari bilan qo‘shib o‘qishga ham axamiyat berish kerak.
O‘qituvchining namunasi asosida matnni ovozni chiqarib o‘qish.
O‘qituvchi boshchiligida yangi so‘z va so‘z birikmalarini bir necha marotaba mashq qilib ovozni chiqarib o‘qish. Bunda (bug‘inlarga bo‘lib o‘qish, tanlab va rollar asosida o‘qish) yaxshi natija beradi. Nafaqat o‘qish darslarida balki, biron boshqa darslarda matnlarni o‘qishda ovozini chiqarib o‘qish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchilarni o‘qish sifatini kollektiv bo‘lib muhokama qilish. O‘quvchilar eshitish va ko‘rish orqali o‘rtog‘ining o‘qiganini qabul qiladilar va o‘z fikrlarni bildiradilar va baholaydilar.
O‘qishda xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘rilash. Nafas, tovush, tovush talaffuzi noto‘g‘riligi, o‘z vaqtida so‘z va matnlarni o‘qish jarayonida to‘g‘rilab borish. So‘ngra o‘quvchi o‘qilgan materialni o‘qituvchi yordami to‘g‘rilab boradi. Talaffuzdagi xatolar ustida darsdan so‘ng ham ishlash kerak.
Doskaga yozilgan katta bo‘lmagan matnlarni avval ma’nosini tushunib ovoz chiqarib o‘qish, so‘ngra o‘qituvchi talabi va nazorati ostida ovoz chiqarib o‘qiladi. O‘qituvchining topshirig‘i asosida o‘qish, o‘quvchilarning moyilligi asosida o‘qish.
Rasm, maket, applikatsiya asosida ayrim so‘zlarni va matnlarni bo‘laklarini ovozni chiqarib o‘qish.
Tez o‘qishni yaxshi yo‘lga qo‘yish – to‘g‘ri o‘qishga olib keladi. Tez o‘qish – bu temp asosida o‘qish, bir minutda talaffuz etilgan so‘zlarning soni bilan harakterlanadi. Tez o‘qishni to‘g‘ri va tushunib o‘qilgan holda ajratilib baholab bo‘lmaydi. O‘quvchilarda mexanik holda o‘qish jarayoni bo‘lmasligi uchun ularni o‘qiganlarni mazmunini tushunganliklarini tekshirib turish kerak. Temp avval sekin
180
o‘qishdan boshlanadi. U asta o‘quvchilarni ovozini chiqarib o‘qish va mazmunini tushuna bilish orqali ham bajariladi. O‘qish jarayonini sifatli bo‘lishi uchun quyidaglarga amal qilinishi kerak:
Dars davrida ovozni chiqarib o‘qishga ko‘proq vaqt sarf qilinadi, so‘ngra sekinlik bilan ichida o‘qishga o‘rgatiladi. Ma’lum vaqt davomida o‘qitishga o‘rgatish. Bu bir so‘zni o‘qish, matn bo‘lagini savol va javob asosida o‘qish, matndagi qiyin joylarini takrorlab o‘qish, o‘qituvchining tempni o‘zgartirib bergan (sekin, mayin, tez) holda xor bo‘lib o‘qish.
Matnda uchraydigan so‘z va so‘z birikmalarini talaffuzi ustida ishlash. Tez o‘qish – o‘quvchilar matn mazmunini tushunishi va o‘qish tempiga ham ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |