Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi



Download 3,53 Mb.
bet53/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

Matnni so‘zlab berish. Bu uslub bolalardagi matnni o‘zlashtirishi va mustahkamlashini tekshirishdagi eng yaxshi tekshirish uslubi, hamda nutqni o‘zlashtirishi bo‘yicha yana bitta ish turidir. O‘qish darslarida eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar dastur talabiga asosan so‘zlab berishni turli formalaridan o‘zlashtiradilar: to‘liq, qisqa, ijodiy. To‘liq va qisqa so‘zlashuv hajmi bo‘yicha farqlanadi. Ikkalasi ham matnga yaqin o‘z so‘zlari asosida bo‘lishi mumkin. Ijodiy so‘zlab berish ancha murakkab variant bo‘lib, matni qayta ishlash, gapirib beruvchini shaxsini o‘zgartirish, ish xarakatini vaqtini o‘zgartirish, matnni to‘ldirish, matni to‘liq emas, balki tanlab qismlarini gapirib berishni ko‘zda tutadi. Amaliyotda o‘quvchilarni ko‘proq matnga yaqin qilib so‘zlab berishadi. Bu esa eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarni ko‘proq yodlab olishga undaydi, bunday hollarda o‘quvchilar fikr yuritmaydilar. So‘zlab berish bu usulda juda zerikarli bo‘ladi. So‘zlab berishning har bir usuliga o‘quvchilarni o‘rgatish kerak. So‘zlab berishning birinchi usuli – matnga yaqin rasmlar, aplikatsiyalar, asosidadir. Buning uchun aniq syujet asosida matnlar tanlab olinadi. O‘qitish birinchi sinfdan boshlanadi va so‘zlab berish uchun matndan tayyor namunalar olinadi. Ular vazifani “Ko‘rsat va gapirib ber” ko‘rsatmasi asosida bajaradilar.

Nutq asosida so‘zlashda o‘quvchilar o‘zlariga tanish bo‘lgan leksik materiallardan foydalanib qolmasdan, balki yangi so‘zlarni ishlatishi orqali o‘qiganni so‘zlab berishi va nutqiy lug‘atini boyitib borishi kerak. Yangi so‘zlar doskaga


182
yozilib, so‘zlab berishda qo‘llaniladi. So‘zlash jarayonini yanada faollashtirish uchun o‘quvchilarga kitobdan foydalanishga ruxsat beriladi va iborani boshqacha qilib so‘zlab topshirishga beriladi. Masalan, “Qish boshlandi. Qor qalin yog‘di”. Bu iborani o‘quvchilar “Qish keldi, juda ko‘p qor yog‘di” deb o‘zgartirishlari mumkin. Uchinchi sinfda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘qiganini qisqa qilib gapirib berishlari kerak. Qisqa qilib gapirishda o‘quvchilar matnga lug‘atli rasm planini tuzishi, matnni qismlarga bo‘lib gapirib berishi osonlashtiriladi. Har bir bo‘lak ikkita-uchta gap bilan to‘ldiriladi va natijada qisqa qilib gapirib beradi. Bo‘laklarni to‘ldirish hikoya qilish o‘qituvchining savollaridan foydalaniladi. Qisqa qilib so‘zlab berishdan to‘liq so‘zlashga o‘tiladi. Buning uchun kollektiv bo‘lib qismlar tuziladi va yozib boriladi. So‘ngra o‘quvchilarga bo‘laklardagi asosiy ma’noni anglab so‘zlab berish topshiriladi. O‘qituvchi yordami asosida har bir qismini qisqa qilib gapirib beriladi va yozib boriladi. Qisqa qilib so‘zlab berish eng asosiy ma’noni so‘zlash ekanligi o‘quvchilarga yetkaziladi.


Ijodiy so‘zlab berishda so‘zlashuvchini, shaxsni harakat vaqtini o‘zgartirish eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda ancha qiyinchiliklar tug‘diradi, chunki ulardan nafaqat tasavvur, balki grammatik va stilistik jihatdan gapirish to‘g‘ri suhbat talab qilinadi. Bunday so‘zlashuv ancha tayyorgarlikni talab qiladi: ifodalangan voqealarni tahlil qilish, ishtirokchilar haqida aniq tushunchaga ega bo‘lish ko‘zda tutiladi. O‘quvchilarga so‘zlashuvni tahliliy namunalarini berish kerak. Ijodiy gaprib berishni yana bir varianti to‘ldiruvchi so‘zlarni ishlatish usulidir. Bu usul IV sinfda qo‘llaniladi, yanada kengroq qilib esa o‘rta sinflarda qo‘llaniladi. So‘zlab berishni ayniqsa ijodiy so‘zlab berishning turlari matnni bir necha bor diqqat bilan o‘qish va ma’nosini tushunib borishga bog‘liqdir. O‘quvchilarda so‘zlab berishni faollashtirish, bilimni oshirish rejani o‘zgartirib bayon etish (ya’ni rejani xohlagan nuqtasidan boshlab so‘zlash) ham ijobiy natija beradi.





Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish