Ifodali o‘qish. – Grammatik va logik pauzalarga, logik urg‘uga, tempiga, ritmini o‘zgarishiga etibor o‘qishdir. Bunda albatta aniq, ravon va tabiiy o‘qishni, malakasini shakllantirish talab qilinadi. Boshlang‘ich sinflarda ifodali o‘qish talablari bir muncha soddadir. Bular darak, undov va so‘roq gaplarni o‘qishdir. Ular nuqta, vergul asosida so‘zlarning logik ma’nosida to‘xtalib o‘qishlari mumkin. Ulardan aniq talaffuzni, tovushlarni, boshida o‘qitishda o‘zgarishini, orfoepik normalarni saqlashni talab qilish mumkin. To‘g‘ri o‘qish – ifodali o‘qishning asosiy shartidir. Ifodali o‘qishga nafasni to‘g‘ri olish, qaerda va qachon pauza qilish, qaysi so‘zni ajratib o‘qish mashqlarini ko‘proq bajarish orqali erishish mumkin. Bularni hammasi o‘qituvchi boshchiligida olib boriladi. Talaffuz ustida ishlashda matnni mazmunini muhokama qilish, sahifalashtirish va o‘quvchilar rollarni o‘zlari bajarishlari ham natija beradi. Talaffuzni to‘g‘ri amalga oshirishda surdopedagog matn mazmunini, vaqealarni, ishtirokchilarni xarakterini muhokama qilish orqali ifodali o‘qish shartlariga erisha oladi. Ifodali o‘qishning quyidagi shartlari mavjud:
O‘qishni turli vazifalar orqali bajarish (Ovozini past, baland qilib, tez, sekin o‘qish);
Maxsus yodlash uchun berilgan (she’r, masal, topishmoq, maqollar) matnlarni ovozini chiqarib, mazmunini tushuntirib o‘qish;
O‘qituvchiga taqlid qilib, matn va so‘zlarning ma’nosini tushuna
bilish;
Ovozini chiqarib, orfoepik belgi va urg‘ular qo‘yilgan kichik asarlarni yoddan bir necha marotaba takrorlab o‘qish.
Ifodali o‘qish o‘quvchilarning jamoa va mustaqil o‘zi bajargan vazifalari, matn mazmuni tushungan holda, keng qamrovli amaliy o‘qish mashg‘ulotlari orqali bajariladi. O‘quvchilarni o‘qish texnikasini egallash so‘z ma’nosini, o‘qilganni tushunishga bog‘liq. O‘quvchi qanchalik o‘qigan matnini mazmunni tushunsa, matnni yoddan mag‘zini chaqmay o‘qimasa shunchalik o‘zlashtirish yaxshi natija beradi. Tushunib o‘qishda o‘quvchilar matnning voqeaviy – syujetini, ishtirokchilarning obrazlarini, matnini tili va mazmunini chuqur o‘zlashtira olishlari kerak. O‘qilgan matnning mazmunini tushunish va uni qabul qilish matn to‘la o‘zlashtirishda ahamiyatga ega.
Matn mazmuni ustida ishlash. Bu o‘qish darslaridagi ikkinchi asosiy boshqaruvchi yo‘nalishdir. O‘qilganni mazmunini to‘liq o‘zlashtirishda didaktikadan
181
ma’lum bo‘lishicha uchta o‘zaro bog‘iq bo‘lgan bilimni shartli yo‘nalishidan iborat. Bular qabul qilish, tushunish, yodlash, o‘qiganni umumlashtirish va tizimlashtirish. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘zlashtirish bosqichida vazifalari uch etapdan iborat. Eng avvalo badiiy adabiyot o‘qish, so‘ngra o‘qilganni analiz va sintez qilish jarayonidir. Har bir etap o‘z vazifalarini bajaradi. Asarga qiziqish uyg‘otish, mazmunini to‘liq o‘zlashtirish, mazmuni faktlar asosida o‘zlashtirish birinchi etapdir. Ikkinchi etap – maqsadning aniqligi va o‘qilgan matnning mazmunini konkretligi va chuqurligidir. Bu etapning yutug‘i voqealarning ketma-ketligi erishish, til mazmuni ifodasi, voqealarning uzviy bog‘liqligi, syujetning rivojlanishi, ularning xulqi-atvori, o‘quvchilarning yozilganga munosabatlari orqali erishiladi. Uchinchi etapda – o‘qiganini umumlashtirish, g‘oyaviy yo‘nalishini umumlashtirish, (badiiy asarlarda), bilim sistemasi (ilmiy – ommabop matnlarda) ikkilamchi sintez umumlashtirish orqali bajariladi. Uchinchi etapni asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: asar mazmunni asosiy maqsadini aniqlash, ishtirokchilarga baho va harakteristika berish, asarning tarbiyaviy ahamiyatini aniqlash, olingan bilimni o‘zlashtirilgani bilan solishtirish o‘qiganni mazmunini tushuna olish. O‘qilgan materiallarni tushunishda matn ustida ishlash, ko‘rsatilgan etapdagi tushunchalarni ma’nosini tushuntirishda maxsus tayyorgarlik, yakuniy mashg‘ulotlarni o‘tkazish o‘qilgan asarlarning umumlashtirish mashqlari amalga oshiriladi. O‘qilgan matnlarni qiyinligi va katta – kichikligiga qarab maxsus mashqlar belgilanadi. Darsning har bir bosqichi matnni o‘zlashtirishda aniq ish turlari, bolalarning o‘qituvchi bilan muloqoti, o‘qitishning turli xil metodlari, o‘quvchi mustaqil ish faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Matn ustida ishlashda, matn bilan tanishish, matn tahlili, umumlashtirish darslari muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |