O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Z.A.JABBAROV, B.T.JABBOROV,
N.SULTONOVA
TUPROQLAR
REKULTIVATSIYASI
fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari
uchun uslubiy qo‘llanma
Uslubiy qo‘llanmada “Tuproqlar rekultivatsiyasi” fani bo‘yicha bajariladigan laboratoriya mashg‘ulotlarning mavzulari, mazmuni, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar, laboratoriya sharoitida bajarish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
Uslubiy qo‘llanma 5A141001-Tuproqshunoslik magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrlarga mo‘ljallangan.
Taqrizchilar: q.x.f.d., prof. X.H.Tursunov
b.f.d., prof. Toshqo‘ziev M.M.
O‘zbekiston Milliy universiteti Uslubiy kengashining 2018 yil 23 dekabrdagi
3-sonli majlisi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.
KIRISH
Zamonaviy ta’lim jarayoni bu magistrlarga faqat bilim berish, ularda fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan bilimlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘lmay, balki ularga laboratoriya sharoitida bilimlarni mustaxkamlash, yangi metodlarni o‘rganish, mavjud muammolarning ilmiy echimini topishga qaratilgan ishlarni o‘rganishni bajarish ham ko‘zda tutilgan. Laboratoriya mashg‘ulotlari professional tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Laboratoriya mashg‘uloti magistrdan mutaxassislik fanlari bo‘yicha olingan nazariy bilimlarni amaliy tarzda mustahkamlashni, chuqurlashtirib, umumlashtirishni mavjud metodlar asosida ishlashni talab qiladi. Bunda magistr avvalo bajariladigan laboratoriya ishining nazariy va amaliy tomonini qisqacha izohlab beradi va yozma ravishda xulosalar qilinadi. Ushbu xulosalar o‘qituvchi tomonidan og‘zaki muloqot shaklida tekshiriladi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari 5A141001-Tuproqshunoslik mutaxasisligining o‘quv rejasidagi “Tuproqlar rekultivatsiyasi” fanini o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv soatining ajralmas qismi bo‘lib, u zamonaviy laboratoriya jixozlari bilan ta’minlanadi. Laboratoriya mashg‘uloti jarayonida magistr “Tuproqlar rekultivatsiyasi” fanining dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan xolda laboratoriya ishlarini bajaradi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari maxsus laboratoriya qurilmalari bilan jihozlangan laboratoriyada o‘tiladi. Bunda zarur reaktivlar, tajribalarning takroriyligiga, metodlarning to‘g‘ri tanlanishiga katta e’tibor berish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |