Kerakli material, asbob va reaktivlar: chinni xavoncha, uchi rezinali tayoqcha, lineyka, ko‘zlari 1 mm li elakcha, texnik tarozi.
3-MAVZU. TUPROQLAR REKULTIVATSIYASIDA FITOREMEDIATSIYA HUSUSIYATLI O‘SIMLIKLARNI TANLASH VA DASTLABKI FIZIOLOGIK HUSUSIYATLARINI ANIQLASH
Ishning maqsadi. Texnogen buzilgan va kimyoviy ifloslangan tuproqlarni rekultivatsiya qilish uchun fitoremediatsiya hususiyatli o‘simliklarni tanlash va ularning fiziologik hususiyatlarini aniqlash.
Ishning nazariy asoslanishi va mohiyati.
Tarkibi buzilgan tuproqlarni rekultivatsiya qilishda biologik usul boshqa usullarga nisbatan qulay va samarali hisoblanadi. Biologik tozalash usuli tuproq mikroorganizmlari va o‘simliklar yordamida bioremediatsiya jarayonini olib borishga asoslanadi. Fitoremediatsiya usul asosida rekultivatsiya bosqichini ishlab chiqishda tuproq tipi va iqlim sharoiti hamda ifloslanish tavsifini hisobga olgan holda o‘simliklarni tanlash yuqori natija beradi.
Fitoremediatsiya jarayoni - barcha metobolik jarayonlarni, ya’ni organik va noorganik ifloslovchilarning yutilishi, to‘planishi hamda parchalanishini qamrab oladi. Bunda o‘simliklar ildizi atrofida yashaydigan simbiotik mikroorganizmlar hisobiga ifloslovchi zaharli moddalarning faol va harakatchan qismini o‘zlashtirilishi tushuniladi.
Dunyo tajribasida ayni vaqtda fitoremediatsiyaning 5 ta: rizofiltratsiya, fitoekstraksiya, fitotransformatsiya, fitostimulyasiya, fitostabilizatsiya asosiy usullari mavjud.
Ishning borishi. Laboratoriya sharoitida 200 grammdan neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproq olinadi va tuvaklarga solinadi, bunda albatta nazorat bo‘lishi lozim. Bunda degradatsiyaga uchragan tuproqlarda yaxshi unadigan va o‘sa oladigan, fitoremediatsiya xususiyatli o‘simliklar tanlanishi lozim. Buning uchun neft va neft mahsulotlarining turli konsentratsiyalarida unib chiqishi, dastlabki moslashuvi hamda rivojlanishi o‘rganish kerak.
Tajriba uchun tavsiya etilgan o‘simliklar:
1.Beda
2.Kunjut
3.Suli
4.Mosh
5.Arpa
6.Qand jo‘xorisi
Laboratoriya sharoitida ifloslanish variantlarini shakllantirish uchun nisbatlar:
Tuproq, g
|
Ifloslovchi modda, g yoki ml
|
900
|
100
|
800
|
200
|
700
|
300
|
600
|
400
|
500
|
500
|
400
|
600
|
300
|
700
|
200
|
800
|
100
|
900
|
O‘simlikning o‘lchash muddatlari, sm
O‘simlik urug‘laridan 10 tadan olinadi va buni 100% deb hisoblanadi va foiz chiqarish yo‘li bilan hisob kitob qilinadi.
O‘simlik urug‘larini unib chiqish darajasi, %
Variantlar
|
beda
|
bug'doy
|
arpa
|
soya
|
qand jo’xorisi
|
Nazorat
|
|
|
|
|
|
Rekultivatsiyadan avval
|
|
|
|
|
|
Rekultivatsiyadan keyin
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |