Z. A. Jabbarov, B. T. Jabborov


Kerakli material, asbob va reaktivlar



Download 105,75 Kb.
bet9/11
Sana31.05.2022
Hajmi105,75 Kb.
#621641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Uslubiyqollanma

Kerakli material, asbob va reaktivlar. O‘simlik urug‘lari, termometr, sosudlar, tarozi, suv, santimetr o‘lchagich, qaychi.


4-MAVZU. TUPROQLAR REKULTIVATSIYASIDA MIKROORGANIZM SHTAMMLARINI QO‘LLASH


Ishning maqsadi. Tuproqlarni rekultivatsiya qilishda tozalash uchun mikroorganizm shtammlarini qo‘llash va tuproq unumdorligini tiklash.
Ishning nazariy asoslanishi va mohiyati.
Tuproq mikroorganizmlarining miqdori va faolligi tez o‘zgaruvchan hisoblanadi hamda ular bilan bog‘liq jarayonlarning tezligi ham o‘zgarib turadi. Jarayonlarning tezligi tuproqdagi oziqa elementlar miqdori, harorat, rN-muhit, aeratsiya, namlik, organik moddalar va uning tarkibiga bog‘liq. Tuproq xossa-xususiyatlari, unda boradigan biokimyoviy jarayonlar va unumdorligining yuqori bo‘lishida tuproq mikroorganizmlarining o‘rni katta. Tadqiqotlardan ma’lumki, muayyan tuproq tipida mavjud mikroorganizmlar faolligi va miqdori boshqa tuproq tipidagi mikroorganizmlardan farq qiladi.
Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan tuproqlarning rekultivatsiya qilishda, ularga individual yondashishda mikroorganizmlarning fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash hamda neftь fraksiyalari bo‘yicha parchalash xususiyatini o‘rganish muhim. O‘rganilgan cho‘l mintaqasi tuproqlarida tabiatan mikroorganizmlar miqdori va fiziologik guruh xilma-xilligi yuqori emas, shuningdek, ifloslanish natijasida ularning miqdori yanada kamayadi. Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslanish ta’sirida har bir tuproq tipiga tegishli fon variantida geterotrof, nitrifikator bakteriyalar va aktinomitsetlar miqdori, qatlamlar bo‘yicha esa 0-5 sm qatlamiga nisbatan 5-20 sm qatlami bo‘yicha o‘rganiladi (1-jadval).
1-jadval
Neft va neft mahsulotlari bilan ifloslangan cho‘l mintaqasi tuproqlarida mikroorganizmlar miqdorini aniqlash jadvali



Tuproqlar



Chuqurlik (sm)

Mikroorganizmlar miqdori (huj/g)

Bakteriyalar



Aktino –
mitsetlar

Getero-troflar

Neft parchalovchilar

Denetri–
fikatorlar

Nitri–
fikatorlar

Fon

0–5
















5–20
















Sur qo’ng’ir

0–5
















5–20
















Fon

0–5
















5–20
















Sug’oriladigan o’tloqi-alluvial

0–5
















5–20
















Fon

0–5
















5–20
















Sug’oriladigan taqirli-o’tloqi

0–5
















5–20
















Fon

0–5
















5–20
















Sug’oriladigan
sur-qo’ng’ir

0–5
















5–20
















Fon

0–5
















5–20
















Taqirli tuproqlar

0–5
















5–20
















Fon



0–5
















5–20
















Qumli cho’l



0–5
















5–20


















Tajribalarda quyidagi mikroorganizm shtammlari qo‘llaniladi:
MFD-100 Pseudomonas stutzeri yuqori neft parchalash faolligiga ega, o‘lchami 1,5-2×0,7-0,8 mkm kattalikda, bir hujayrali, to‘g‘ri ko‘rinishli, chetlari dumaloq, harakatchan, aerob, «go‘shtli agar pepton» oziqa muhitida rangli koloniya, «go‘shtli pepton sho‘rva» oziqa muhitida esa oq parda xosil qiladi. Jelatinada tiniq ko‘rinishda gidroliz jarayoni kechadi, sut va kraxmalli oziqa muhitida yuqori faollikka ega, nitratlarni nitrit holigacha o‘zlashtiradi. Natriy xlorning 7% gacha bo‘lgan muhitida yaxshi o‘sadi, mo‘‘tadil o‘sish harorati 20-45oS bo‘lib, 50oS haroratda ham yashash xususiyati mavjud. Neftning uglerod zahirasi hisobiga o‘sadi.
MFD-200 Pseudomonas caryophyllis yuqori neft parchalash faolligiga ega, o‘lchami 2-2,2×0,6-0,7 mkm kattalikda, bir hujayrali, to‘g‘ri ko‘rinishli, chetlari tekis, harakatchan, aerob, «go‘shtli agar pepton» oziqa muhitida rangli chetlari yumaloq koloniya, «go‘shtli pepton sho‘rva» oziqa muhitida esa kulrang-sarg‘ish rangli parda xosil qiladi. Jelatinaga nisbatan gidroliz jarayoni yuqori kechadi, katalaza, sut va kraxmalli oziqa muhitida yuqori faollikka ega, nitratlarni nitrit holigacha o‘zlashtiradi. «Eshbi» va «Fedorova» oziqa muhitlarida yaxshi o‘sadi, atsetonga nisbatan kuchsiz reaksiyali, glyukoza, mannit, aratin, saharoza, ramnozalarga nisbatan yuqori faollikka ega, lekin dulsitni o‘zlashtirmaydi. Fenilalaninning o‘zlashtirishi kuchsiz, natriy xlorning 7% gacha bo‘lgan muhitida yuqori darajada o‘sadi, mo‘‘tadil o‘sish harorati 20-45oS, 50oS haroratda ham o‘sadi, past haroratda o‘sish holati 10 oS ga teng, rN-muhitining 5,0-8,5 oralig‘ida faol bo‘ladi. Neftning uglerod zahirasi hisobiga o‘sadi.
MFD-5000 Bacillus subtilis yuqori neft parchalash faolligiga ega, 3-4x0,6-0,7 mkm kattalikdagi to‘g‘ri ko‘rinishli, sporali, «baliq pepton agari» va «go‘sht pepton agari» oziqa muhitlarida o‘sishi yuqori, aerob, baliq pepton agari oziqa muhitida koloniya xosil qiladi, fenilalaninni o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lib, saharoza uglevodiga nisbatan esa neytral. Uning mo‘tadil o‘sish harorati 25-45oS, o‘sish chegarasi yuqori harorat uchun 55oS, minimal o‘sish chegarasi 10oS, enaerob, rN-muhiti 6,0-8,5 bo‘lganda yashaydi, natriy xlorning 0,5-7% gacha konsentratsiyasida o‘sadi.
Bakteriya shtammlarining qo‘llanilishi suyuq oziqa muhitida ifloslanish darajasiga ko‘ra huj/ml titrida qo‘llaniladi va ularning o‘zgarishi quyidagi jadval ko‘rinishida aniqlanadi.
Tuproqdagi neft parchalovchi bakteriya shtammlari tuproqdagi oziqa moddalardan faol foydalanadi, shuning uchun biodegradatsiya jarayoniga quyidagi jadvalga muvofiq o‘g‘it qo‘llaniladi (-jadval).
Kerakli material, asbob va reaktivlar.
Mikroorganizmlar shtammi, sosudlar, termometr, petri chashkalari, oziqa muhitlar, mineral o‘g‘itlar, ifloslovchi moddalar.



Tajriba varianti

Ifloslanish manbasi



O’g’it miqdori, kg/ga hisobida

Neft
miqdori*,
g/kg



Qo’llanilgan bakteriya shtammlar konsorsiumi,
Huj/1 ml

Rekultivatsiyaga stimulyativ ta’sir etuvchi o’simlik

1

2

3

4

5

6

Sur qo’ng’ir tuproqlar (KK)

Nazorat A1






O’rtacha







A2



Ko’kdumaloq neft koni





N170P100K120



Kuchsiz

2,5x106
MFD-100 Pseudomonas stutzeri + MFD-200 Pseudomonas caryophyllis + MFD-5000 Bacillus subtilis shtammlar konsorsiumi

Yovshan
(Artemisia diffusa N.Krasch)



5-MAVZU. NEFT BILAN IFLOSLANGAN TUPROQLARDA UMUMIY (SUM), ORGANIK (SORG), ANTROPOGEN (SANT) UGLERODLARNI ANIQLASH


Ishning maqsadi.
Neft bilan ifloslangan tuproqlarda paydo bo‘lgan antropogen uglerod miqdorini aniqlash va tuproq unumdorligidagi ahamiyatini o‘rganish.
Ishning nazariy asoslanishi va mohiyati.
Bu usul gumus tarkibidagi uglerodni xrom angidridining (yoki kaliy bixromatning) sulfat kislotasidagi 0,4n eritmasi bilan oksidlashga va ortib qolgan xrom angidridini 0,2n Mor tuzi bilan oksidlashga asoslangan.
Ishning borishi. Ko‘zlari 1 mm li elakdan o‘tkazilgantuproqdan analitik tarozida 0,1- 0,5 gramm tortib olinib xajmi 100ml bo‘lgan konussimon kolbaga solinadi. Tuproq namunasi undagi chirindi miqdoriga bog‘liq holda serchirindi tuproqlardan kamroq, chirindisi kam tuproqdan ko‘proq olinadi.
CHirindi miqdori(%) Olinadigan namuna (gr)
>10 0,1
10-5 0,2
5-1 0,3
5-0,5 0,4
<0,5 0,5
Tuproq ustiga extiyotlik bilan byuretka orqali xrom angidiridini sulfat kislotasidagi 0,4n eritmasidan 10ml quyilib aralashtiriladi. Bunda tuproqdan pufakchalar chiqa boshlaydi, ya’ni chirindi tarkibidagi uglerod (karbon) oksidlana boshlaydi. Kolbaning og‘ziga kichkina voronka quyilib, voronka aralashma qaynaganda suv parlari tomchiga aylanib yana aralashmaga tushishi uchun quyiladi, elektr plitkasida yoki kuchsiz alangada asbest to‘r (setka) ustida kizdiriladi. Aralashma qaynay boshlagandan (yirik pufakchalar paydo bo‘lishidan boshlab) 5 minut mobaynida sekin kaynatiladi. Agar aralashma kuchli qaynab voronkadan par (bug‘) chiqa boshlasa, yoki 5 minutdan ko‘prok kaynatilsa undagi sulfat kislotaning konsentratsiyasi qo‘yiqlashib xrom kislotasi hamda tuproq mineral qismi parchalanishi mumkin.
Bu esa analiz natijasini notug‘ri bo‘lishiga olib keladi. 5 minut qaynatilgan kolba uy xaroratigacha sovutiladi va unga qo‘yilgan voronkani ichki va tashqi tomonini distillangan suv bilan yuvilib, yuvish suvlari kolbaga tushiriladi. So‘ngra kolbadagi aralashma xajmi 500 ml bo‘lgan kolbaga o‘tkaziladi, aralashma qaynatilgan kolba bir necha bor chayilib u suvlar ham kolbaga quyiladi. Katta kolbadagi aralashma xajmi 300 ml gacha suyultiriladi. Shundan sung aralashmaga 8-10 tomchi 85%li fosfor kislotasidan (oksid xoldagi temir ionlari ta’sirini yo‘kotish uchun) va 4-5 tomchi difenilamin indikatoridan qo‘shilib yaxshilab aralashtiriladi, keyin kolbadagi aralashma rangi xira yashil tusga o‘tguncha 0,2n Mor tuzi eritmasi bilan titrlanadi va sarflangan Mor tuzi miqdori yozib olinadi. Bir vaqtni o‘zida sof 10 ml xrom eritmasini titrlashga ketgan mor tuzi miqdori aniqlanadi. Buning uchun xajmi 500 ml bo‘lgan kolbaga 10 ml xrom eritmasidan solinib 300 ml gacha suyultiriladi, so‘ngra unga 8-10 tomchi fosfor kislotasi va 4-5tomchi difenilamin qo‘shib aralashtiriladi va yashil rang xosil bo‘lgunga kadar mor tuzi bilan titrlanadi.
Tuproqdagi chirindining umumiy miqdori quyidagi ifoda bilan
xisoblab topiladi:
(a – v)x0,0010362x100xK
X = ----------------------------------
N
Bu erda: X-tuproqdagi chirindining umumiy miqdori,%;
a – 10 ml sof xrom eritmasini titrlashga ketgan Mor tuzi, ml;
v –tuproqli aralashmani titrlashga ketgan Mor tuzi, ml;
0,0010362 – gumusga aylantirish koeffitsenti (1ml 0,2 n Mor tuziga tug‘ri keladigan gumus miqdori, g);
K – gigroskopik koeffitsent;
N – analizga olingan tuproq og‘irligi, g;


Antropogen uglerod quyidagi formula bilan aniqlanadi.



Download 105,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish