Ishning borishi. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari tuproqlarining ifloslanishi darajasini nazorat qilish uchun, ifloslash manbasining tavsiflari, ekiluvchi ekin turi va joyning relefiga bog‘liq holatda, har 0,5–20 ga hududda o‘lchamlari 10×10 metrni tashkil qiluvchi kamida 1 ta sinov–namuna olinuvchi maydoncha belgilanadi.
Sanoat miqyosida ishlab chiqarish manbasi joylashgan zonada tuproqlarning sanitariya holatini nazorat qilish uchun tuproq sinov–namunalari olinuvchi maydonchalar sanitariya–himoya zonasi o‘lchamiga nisbatan 3 marta katta hududga teng bo‘lgan zonada belgilanadi.
Bolalar bog‘chalari, o‘yin maydonchalari, ahlatxonalar, ahlat qutilari va boshqa uncha katta bo‘lmagan joyni egallovchi shu kabi ob’ektlar joylashgan hududlarda tuproqlarning sanitariya holatini nazorat qilish uchun, tuproq sinov–namunalari olinuvchi maydonchalar o‘lchami 5×5 metr o‘lchamdan katta bo‘lmagan sohalar bo‘yicha belgilanishi tavsiya qilinadi.
Nuqtali tavsifga ega sinov–namunalari sinov maydonchalarida bitta yoki bir nechta tuproq qatlamlaridan yoki gorizontlardan konvert yoki diagonal uslubida olinadi, yoki har bir olingan tuproq sinov–namunasining berilgan genetik gorizontlar yoki tuproq qatlami uchun tipik tavsifga ega tuproq qatlami qismi bo‘lishi hisobga olinishi asosida, boshqa har qanday hoxlagan uslub yordamida olinishi mumkin. Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari 17.4.3.01–83 Davlat standartiga muvofiq holatda olinishi talab qilinadi.
Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov namunalari pichoqcha yoki shpatel yordamida yoki tuproqni burg‘ulash asbobi yordamida olinishi mumkin.
Birlashtirilgan tuproq sinov–namunalari bitta sinov namunalari olish maydonchasidan yig‘ib olingan nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarining aralashtirilishi yo‘li bilan xosil qilinadi.
Kimyoviy tahlillar uchun birlashtirilgan sinov–namunasi bitta sinov maydonchasidan olingan, nuqtali tavsifga ega bo‘lgan kamida 5 tadan kam bo‘lmagan sinov–namunalari yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lishi talab qilinadi. Birlashtirilgan (umumlashtirilgan) tuproq sinov–namunasining og‘irligi 1 kg dan kam bo‘lmasligi talab qilinadi.
Tuproq yuza qatlami bo‘ylab taqsimlanuvchi moddalar – jumladan, neft va neft maxsulotlari, og‘ir metallar va boshqalar ta’sirida ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun, nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari har bir 200 grammdan kam bo‘lmagan miqdorda, 0–5 va 5–20 sm chuqurlik qatlamidan, qavatlar bo‘yicha olinadi.
Osonlik bilan migratsiyalanuvchi moddalar ta’sirida ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun, nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari tuproq kesimining butun chuqurligi bo‘yicha, genetik gorizontlardan olinadi.
Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarini olish va birlashtirilgan sinov–namunalarini tuzib chiqishda ularning tarkibining ikkilamchi tavsifda ifloslanishi yuzaga kelmasligi talab qilinadi.
Tuproq tarkibidagi og‘ir metallarni aniqlash uchun olingan nuqtali tavsifga ega tuproq sinov namunalari tarkibida metal mavjud bo‘lmagan asbob yordamida olinadi. Nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarini olish oldidan qazish joyi devorlari yoki kern yuzasi polietilen yoki polistriol materialdan yasalgan pichoqcha yoki plastmassadan yasalgan shpatel bilan tozalanishi talab qilinadi.
Tuproq qatlami tarkibidagi uchuvchan tavsifga ega kimyoviy moddalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalari olinganidan keyin, tezda flakonlarga yoki shisha bankalarga solinishi va og‘zi zich bekitilishi, jumladan idishni og‘zigacha to‘ldirilishi talab qilinadi.
Tuproq tarkibida pestitsidlarni aniqlashga mo‘ljallangan nuqtali tavsifga ega tuproq sinov–namunalarini polietilen yoki plastmassadan yasalgan qadoqlarga joylashtirish tavsiya qilinmaydi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirish uchun, bitta sinov numanasi olish maydonchasidan 10 ta birlashtirilgan (umumlashtirilgan) sinov namunalari olinadi. Har bir birlashtirilgan sinov namunasi har birining og‘irligi 200–250 grammni tashkil qiluvchi, uchta nuqtali tavsifga ega sinov–namunasidan tashkil topgan bo‘lishi va ularni 0–5 va 5–20 sm chuqurlikdagi qatlamlar bo‘yicha olish tavsiya qilinadi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tuproq sinov–namunalarini olishda, ularning tarkibining ikkilamchi tavsifda ifloslanib qolishining oldini olish uchun aseptika qoidalariga amal qilgan holda ish tutish tavsiya qilinadi: jumladan, tuproq sinov–namunalarini sterillangan asbob yordamida olish, sterillangan yuzaga joylashtirish, sterillangan idishga solish talab qilinadi.
Gelmintologik tahlillarni amalga oshirish uchun, har bir tuproq sinov–namunasi olinuvchi maydonchalardan chuqurligi 0–5 va 5–10 sm ni tashkil qiluvchi qatlamlar bo‘yicha olingan, har birining og‘irligi 20 grammdan bo‘lgan o‘nta nuqtali tavsifga ega sinov–namunasidan tashkil topgan, umumiy og‘irligi 200 grammga teng bo‘lgan bitta birlashtirilgan sinov–namunasi olinadi. Talab qilingan vaziyatlarda tuproq sinov–namunalari tuproqning chuqur qatlamlaridan yoki genetik gorizontlaridan olinishi amalga oshiriladi.
Barcha birlashtirilgan tuproq sinov–namunalari ish jurnalida qayd qilinishi va raqamlanishi talab qilinadi. Har bir sinov–namunasiga keltirilgan 3–ilovaga muvofiq jo‘natilish taloni belgilanishi talab qilinadi.
Tuproq sinov–namunalari tashish va saqlash jarayonida ularning takribining ehtimolligi mavjud bo‘lgan ikkilamchi tavsifdagi ifloslanib qolishdan himoyalash chora–tadbirlarini ko‘rish talab qilinadi.
Kimyoviy tahlillar uchun olingan tuproq sinov–namunalari 5180–84 Davlat standarti bo‘yicha, havoda quritilgan holatgacha quruq holatga keltiriladi. Havoda quritilgan holatdagi tuproq sinov–namunalari materialdan tikilgan haltachalarda, karton qutichaga solingan holatda yoki shisha qadoqlarda saqlanadi.
Tarkibidagi uchuvchan va kimyoviy jihatdan beqaror tavsifga ega kimyoviy moddalarni aniqlash uchun mo‘ljallangan tuproq sinov–namunalari olinganidan keyin, tezda laboratoriyaga olib kelinishi va tahlil qilinishi talab qilinadi.
Bakteriologik tahlillarni amalga oshirishga mo‘ljallangan tuproq sinov–namunalari sumka–sovutkichga qadoqlanadi va tezda, laboratoriyaga olib kelinib, tahlil qilinadi. Tuproq sinov–namunasi olinganidan keyin, bir kun davomida tahlil qilish amalga oshirilishi imkoni mavjud bo‘lmagan holatda, tuproq namunalari sovutkichda +4...+5°S harorat sharoitida 24 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi mumkin.
Tuproq sinov namunalari tarkibida mavjud bo‘lgan ichak tayoqchalari va enterokokklarni tahlil qilishda tuproq sinov–namunalari sovutkichda 3 sutkadan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida saqlanishi talab qilinadi.
Gelmintalogik tahlillarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan tuproq sinov–namunalari olinganidan keyin tezda laboratoriyaga olib kelinadi va tahlil qilinadi. Tuproq sinov–namunalari tezda tahlil qilish imkoni mavjud bo‘lmagan holatda, tuproq sinov–namunalari sovutkichda +4...+5°S harorat sharoitida saqlanadi.
Tuproq tarkibida biogelmintlar tuxumlari mavjudligini aniqlash uchun tahlillar amalga oshirilishida olingan tuproq sinov–namunalari ishlov berishsiz holatda, 7 sutkadan ortiq bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi mumkin, shuningdek geogelьmintlar tuxumlari mavjudligini aniqlash uchun esa – 1 oydan ortiq bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi belgilanadi. Tuproq sinov–namunalarining qurib qolishi va geogelьmintlar tuxumlaridan lichinkalarning rivojlanishining oldini olish uchun, olingan tuproq sinov–namunalari haftasiga bir marta namlantiriladi va aeratsiyalanadi, buning uchun tuproq sinov–namunalari sovutkichdan chiqarib olinadi va 3 soat davomida xona harorati sharoitida ushlab turiladi, tarkibida namlik yo‘qolishi sharoitida suv yordamida namlantirildi va keyin, qaytadan sovutkichga joylashtiriladi.
Talab qilingan holatlarda tuproq sinov–namunalari konservatsion vositalar bilan birgalikda bir oydan ortiq bo‘lgan muddat davomida saqlanishi mumkin: bunda tuproq sinov–namunalari kristallizatorga sepib chiqiladi, uning ustidan og‘irlik ulushi 0,8% ni tashkil qiluvchi natriy xloridning izotonik eritmasida tayyorlangan, og‘irlik ulushi 3% ni tashkil qiluvchi formalin eritmasi quyiladi (Barbagallo eritmasi) yoki og‘irlik ulushi 3% ni tashkil qiluvchi xlorid kislota eritmasi bilan ishlov beriladi va keyin, sovutkichda saqlanadi.