Z. A. Jabbarov, B. T. Jabborov


-MAVZU. KIMYOVIY IFLOSLANGAN VA TEXNOGEN BUZILGAN TUPROQ NAMUNALARINI KIMYOVIY, FIZIKAVIY VA MIKROBIOLOGIK ANALIZLARGA TAYYORLASH



Download 105,75 Kb.
bet7/11
Sana31.05.2022
Hajmi105,75 Kb.
#621641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Uslubiyqollanma

2-MAVZU. KIMYOVIY IFLOSLANGAN VA TEXNOGEN BUZILGAN TUPROQ NAMUNALARINI KIMYOVIY, FIZIKAVIY VA MIKROBIOLOGIK ANALIZLARGA TAYYORLASH
Ishning maqsadi. Kimyoviy ifloslangan tuproqlar va texnogen buzilgan tuproqlarning kimyoviy, fizikaviy va mikrobiologik xossalarini aniqlash uchun tuproqlarni tayyorlash.
Ishning nazariy asoslanishi va mohiyati.
Tarkibidagi kimyoviy moddalarni aniqlash uchun olingan tuproq sinov–namunalari laboratoriya sharoitida qog‘oz yoki jilvir qog‘ozga (kalka) to‘kiladi va keli (o‘g‘ir) yordamida yirik donachalari (kesaklari) maydalanadi. Keyin esa – tarkibidagi kiritmalar – jumladan, o‘simlik ildizlari, hasharotlar qoldiqlari, toshlar, shisha siniqlari, hayvon suyaklari qoldiqlari, shuningdek yangi xosil bo‘lgan xosilalar – gips donachalari, ohaktoshlar va boshqalar olib tashlanadi. Tuproq sinov–namunasi havonchada kelisop bilan maydalanadi va teshiklarining o‘lchami 1 mm ni tashkil qiluvchi elak orqali o‘tkaziladi. Ajratib olingan yangi xosil bo‘lgan xosilalar alohida tahlil qilinadi, ular ham tuproq sinov–namunasi kabi ketma–ketlikda tahlil uchun tayyorlanadi.
Tuproq tarkibidagi umumiy mineral tarkibiy qismlarning sinov–namunasi bo‘yicha taqsimlanishini aniqlash uchun, berilgan tuproq namunasi 20 grammdan kam bo‘lmagan og‘irlik miqdorida agat, yashma yoki eritilgan korunddan yasalgan havonchada kukunsimon holatga kelguniga qadar maydalanadi.
Bakteriologik tahlillar uchun tuproq sinov namunalari aseptika qoidalariga qat’iy ravishda amala qilinadi: jumladan, tuproq sinov– namunasi sterillangan yuzaga sepiladi va barcha operatsiyalar sterillangan asboblar yordamida amalga oshiriladi, tuproq sinov–namunasi teshiklarining diametr o‘lchami 3 mm ni tashkil qiluvchi, sterillangan elak orqali o‘tkaziladi va sterillangan qog‘oz ustiga to‘kiladi. Tuproq namunasi sterillangan holatdagi havonchada maydalanadi.
Ishning borishi. Laboratoriya sharoitida tuproq xossa va hususiyatlarini o‘rganish uchun daladan keltirilgan tuproq namunalarini bajariladigan analizlar uchun oldindan tayyorlab quo‘yishi kerak. Ko‘pchilik analizlar quritilgan, maydalangan va 1 millimetrli elakdan o‘tkazilgan tuproqlardan bajariladi. Ayrim analizlarni daladan olingan,tabiiy xolati saklangan tuproqlardan bajariladi.Tuproqni analizga tayyorlash uchun laboratoriyaga keltirilgan tuproq namunalari quruq va soya joyda quritiladi. Quritilgan namuna toza qog‘o zyoki kartonga yoyilib yirik bo‘lakchalari barmoqlar bilan maydalanadi. So‘ngra undagi o‘simlik qoldiqlari va toshchalardan tozalanib tuproq lineyka yordamida katakchalarga bo‘linadi. Har bir katakchadan 10-15 grammdan tuproq olinib taxminan 300-400 gramm atrofida o‘rtacha namuna yig‘iladi. Olingan o‘rtacha namuna chinni xovonchaga solinadi va uchiga rezina kiydirilgan tayoqcha bilan yaxshilab eziladi va ko‘zlari 1mm bo‘lgan elakdan o‘tkaziladi. Elakdan o‘tmay qolgan zarralar yana xovonchaga solib maydalanadi va elanadi. Bu ishni elakchadan o‘tmay qolgan mayda toshchalar xosil bo‘lgunga qadar takrorlanadi. Shundan so‘ng elakda qolgan zarralar toza qog‘ozga extiyotlik bilan olinib uning og‘irligi aniqlanadi va foyiz miqdori topiladi. Bu zarralar tuproqning skelet qismi hisoblanadi. (1-rasm).
a x 100
X=------------ ;
N
Bu erda: X – tuproqning skelet qismi,%;
a – elakda qolgan zarralar,g;
N- olingan tuproq og‘irligi,g;
Elakdan o‘tkazilgangan tuproqlar shisha idishlarda, karton qo‘ticha yoki maxsus
paketlarda saqlanadi. Ularning ustiga etiketkasi (kaerdan, qachon, qaysi
qatlamdan olinganligi) yozib qo‘yiladi.

Download 105,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish