Z. A. Jabbarov, B. T. Jabborov


-MAVZU. KIMYOVIY IFLOSLANGAN VA TEXNOGEN BUZILGAN TUPROQ KESMALARINI QAZISH VA NAMUNALARNI OLISH METODLARI BILAN TANISHISH. DAVLATLARARO “GOST”LARNI TAXLIL QILISH



Download 105,75 Kb.
bet2/11
Sana31.05.2022
Hajmi105,75 Kb.
#621641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Uslubiyqollanma

1-MAVZU. KIMYOVIY IFLOSLANGAN VA TEXNOGEN BUZILGAN TUPROQ KESMALARINI QAZISH VA NAMUNALARNI OLISH METODLARI BILAN TANISHISH. DAVLATLARARO “GOST”LARNI TAXLIL QILISH


Ishning maqsadi. Kimyoviy, bakteriologik, gelmintologik tahlillarni amalga oshirish uchun tuproq sinov namunalarini olish va tayyorlash.
Ishning nazariy asoslanishi va mohiyati.
Ushbu metod tabiiy va buzilgan tuproq qatlamlarida kimyoviy, bakterologik va gelmintologik tahlillarni o‘tkazish uchun, tuproq sinov– namunalarini olish va tayyorlash uslublarini belgilab beradi.
Metod sanoat, qishloq xo‘jaligi, xo‘jalik–maishiy turmush va transport vositalari kabi ifloslash manbalari ta’sirida ifloslangan hududlar tuproqlarining umumiy va mahalliy ifloslanish darajasini nazorat qilish, shuningdek kam xosildorlikka ega bo‘lgan ekin maydonlarining unumdor tuproqlar qatlami holatini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan.
Ushbu metod tashkillashtirilmagan tavsifga ega tashlandiqlar, tozalash inshootlarining buzilishi va boshqa halokatli vaziyatlar oqibatida yuzaga keluvchi ifloslanish darajasini nazorat qilishda foydalanilishi nazarda tutilmagan.
Tuproq sinov–namunalarini olish – tabiiy va buzilgan tuproq qatlamlarining sifat jihatidan holatini baholash va ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun amalga oshiriladi. Nazorat qilish uchun belgilangan ko‘rsatkichlar 17.4.2.01–81 va 17.4.2.02–83 Davlat standartlarida ko‘rsatilgan holatlar asosida tanlab olinadi.
Kimyoviy, bakteriologik va gelmintologik tahlillar o‘tkazish uchun tuproq sinov–namunalarini olish yiliga 1 marta amalga oshiriladi. Tuprooq qatlamining og‘ir metallar bilan ifloslanishini nazorat qilish uchun tuproq sinov–namunalari har uch yilda kamida bir marta olinadi.
Bolalar bog‘chalari, davolash–profilaktika maqsadlarida faoliyat olib boruvchi muassasalari va dam olish sihatgohlari hududlarida tuproq qatlamining ifloslanish darajasini nazorat qilish uchun tuproq sinov–namunalari yiliga ikki martadan kam bo‘lmagan sonda – bahor va kuz fasllarida olinadi.
Nazorat qilish amalga oshirilishi belgilangan hududga rekognossirovatsion chiqishlar amalga oshiriladi. Rekognossirovatsion chiqishlar davomida olingan ma’lumotlar bo‘yicha va mavjud xujjatlar ma’lumotlari asosida tekshiriluvchi hududning keltirilgan 1–ilovaga muvofiq pastporti to‘ldiriladi va 4–ilovada keltirilgan holatga muvofiq, tuproq qatlamlari tavsiflanadi.
Sanoat miqyosidagi ishlab chiqarish korxonalari hududida tarqalangan tuproqlar qatlamlarining ifloslanish darajasini nazorat qilishda tuproq sinov–namunalari olinuvchi maydonchalar shamol yo‘nalishlari vektorlari yoni bo‘ylab belgilanadi.
Joyning relefi bir jinsli (bir xil) tavsifga ega bo‘lmagan holatda, sinov–namunalari olinuvchi maydonchalar relef elementlari bo‘yicha belgilanadi.
Xaritaga yoki plan tarkibiga ifloslash manbasining joylashish joyi belgilanadi, shuningdek sinov namunalari olinuvchi maydonchalar va nuqtali tavsifda sinov–namunalarini olish joylari ko‘rsatiladi. Sinov–namunalari olinuvchi maydonchalarning joylashtirilishi 17.4.3.01–83 Davlat standarti bo‘yicha amalga oshiriladi.
Sinov–namunalari olinuvchi maydonchalar bir xildagi tuproq va o‘simlik qoplamlariga ega uchastkalar bo‘yicha belgilanadi, shuningdek bunda asosiy tuproq turlarining xo‘jalik maqsadlarida foydalanilishi hisobga olinadi. Sinov namunalari olinuvchi maydonchalar keltirilgan 2–ilovaga muvofiq tavsiflanadi.

Download 105,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish