Z. A. Jabbarov, B. T. Jabborov


Kalsiyni aniqlash jadvali



Download 105,75 Kb.
bet11/11
Sana31.05.2022
Hajmi105,75 Kb.
#621641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Uslubiyqollanma

Kalsiyni aniqlash jadvali

Kesma nomeri

Chuqur-lik, sm



Suvli so’rimning umumiy hajmi, ml

Suvli so’rimning analizga olingan hajmi, ml

Titrlash trilon-B

Sa %
miqdori





0,05N 0.01N


1.1n NaCl
2.1:1 nisbatli (HCI) xlorid kislota;
3. (NaOH yoki KON) ning 2n eritmasi;
4.Trilon - B eritmasi (kalsiy ko‘p bo‘lsa, 0,05 N, oz bo‘lsa 0,01N);
5.mureksid; kongo qog‘ozi;



Tuproq namunasining xarakteri va kesim №

Chuqurligi, sm

Tuproq namunasi, gr

Kolbalar hajmi 100/200

Trilon-B eritmasidan titrlashga ketgan ml

Almashinuvchi Ca va Mg 100 gr tuproqqa nisbatan










A
















V









7 MAVZU. TUPROQLARNI MEXANIK REKULTIVATSIYA QILISHDA TUPROQ AGREGATLARINI O‘ZGARISHINI ANIQLASH


Ishning maqsadi. Kimyoviy ifloslangan va texnogen buzilgan tuproqlarda unumdorlikda ahamiyatli bo‘lgan agregatlar miqdorini aniqlash.
Ishning nazariy asoslanishi va mohiyati.
Tuproq xosil bo‘lish jarayonida tuproq qatlamlarida turli shakl va kattalikdagi bo‘lakchalar (kesakchalar) shakllanadi. Ular chang va loyqa zarralarini kolloid xoldagi gumus moddalari ta’sirida bir birlari bilan birikishidan hamda ularni kalsiyli birikmalar bilanssementlashuvidan xosil bo‘ladi. Tuproq strukturasini shakllanishida zich ildiz tizimiga ega bo‘lgan o‘t o‘simliklarining ham ahamiyati kattadir, tuproqdagi turli shakl va kattalikdagi bo‘lakchalar (kesakchalar, donachalar) yigindisi tuproq strukturasi deyiladi. Aloxida kattalikdagi bo‘lakcha tuproq agregati deyiladi. Kubsimon strukturaning uch tomoni (eni, bo‘yi va balandligi) bir xil tuzilishda bo‘lib kubsimon va dumaloklangan bo‘ladi. Prizmasimon struktura tik prizma holida bo‘lib, shakli bir xil bo‘ladi. Plitasimon struktura esa yassi kurinishdagi plastinkasimon kat-kat tuzilishga ega bo‘ladi. Struktura agregatlari kata-kichikligiga ko‘ra bir necha xillarga bo‘linib ketadi. Ularni 0,25 mm dan yiriklari makrostruktura, 0,25 mm dan kichiklari esa mikrostruktura qilib ajratiladi. Tuproq strukturasi tuproq unumdorligini belgilovchi omillardan biri hisoblanadi. Agronomik jixatdan kattaligi 0,25 mm-10 mm bo‘lgan va suvga chidamli agregatlar ahamiyatga molikdir. Donadorlik xolatiga ega bo‘lgan tuproqlarni suv-fizik xossalari qulay bo‘ladi. Ular govak tuzilishga ega bo‘lib, ularga ishlov berish ancha osonrok bo‘ladi.
Ishning borishi.
1.Daladan keltirilgan va quritilgan tuproqlar kalin qog‘oz ustiga yoyiladi. Undagi yirik (2 sm va undan katta) kesakchalar ko‘l bilan maydalanib, ulardagi o‘simlik qoldiqlari va toshlar ajratib olinadi.
2.Tayyorlangan tuproqdan 0,5-1,5 kg atrofida tortib olinadi va uni maxsus elaklar tizimi (yig‘masi) orqali o‘tkaziladi. Elaklar tizimi yuqoridan pastga tomon 10,7,5,3,2,1,0,5 va 0,25 mm qilib joylashtiriladi va oxirgi (0,25 mm) elakning tubiga yig‘gich qo‘yiladi.
3.Olingan tuproqni oz-ozdan (taxminan 200-300grammdan) qilib elakka solinadi va elanadi. Elash elakchalar tizimini qiyalatib aylantirish bilan bajariladi.
4.Xar bir elakchada qolgan agregatlar toza qog‘ozga yoki og‘irligi ma’lum bo‘lgan chinni piyolachalarga solinib, tortiladi va xar bir elakdagi bo‘lakchalarning % miqdori hisoblanadi.
A . 100
X = ----------------
N
Bu erda: X- elakda qolgan agregatlarning % miqdori
A- elakda qolgan agregatlar og‘irligi gr
N- analiz uchun olingan tuproq og‘irligi gr.
Olingan natija quyidagi jadvalga yozib boriladi.

Kesma

Tuproq nomi

Namuna olingan qatlam chuqurligi
sm


 Chuqur

elashdagi

agregatlar

 (mm)

miqdori%







 >10

 10-7

7-5

5-3

3-2

2-1

1-0,5

0,5-0,25











6- Jadval



Kesma № tuproq nomi

Namuna olingan qatlam chuqurligi sm.


Xo’l

elashdagi 

agregatlar

(mm) 

 Miqdori %





 >10

 10-7

7-5

5-3

3-2

2-1

 1.05

 0,5-0,25













Agregatlarni suvga chidamliligini aniqlash 1.Diametri, 5,3,2,1,0,5 mm bo‘lgan elakchalardagi agregatlardan ular % miqdorini yarmi miqdorida tortib olinadi va xajmi 1 l bo‘lgan ssilindrga solinadi (> 0,25 mm zarralar olinmaydi).
2.Silindr devoridan undagi agregatlarni to‘yintirish uchun asta-sekinlik bilan suv qo‘yiladi va suv bilan to‘yingan namunalar 10 minut qoldiriladi. 10 minut o‘tgachssilindr suv bilan to‘ldiriladi.
3.Silindrni og‘ziga po‘kak tiqib yoki kaft bilan berkitilib, gorizontal holatda biroz ushlanib so‘ngra tikka qilinadi.
4. Diametri 5-3-2-1-0,5-0,25 mm qilib joylashtirilgan elaklar yig‘masi suvli pakir (chelak) ga joylashtiriladi. Idishdagi suv elakning yuqori qismidan 7-10 sm baland bo‘lishi kerak. Agregatlar solingan og‘zi berk ssilindrni sekin vertikal xolga keltiriladi va uni ichidagi agregatlar ssilindr og‘ziga kelguncha ushlab turiladi so‘ngra uni suv ichida to‘rgan elaklarga o‘tkaziladi.
6.Elaklarga o‘tkazilgan agregatlar elakni suv ichida yuqoriga va pastki tomon ko‘tarib tushirish orqali “elanadi” (chayiladi). Bunda suvga chidamsiz agregatlar “erib” mustaxkamlari qoladi.
7.SHundan so‘ng elaklar suvli idishdan olinib, suvi silkitilib, har bir elakda qolgan agregatlar alohida - alohida qilib oldindan tayyorlab qo‘yilgan va og‘irligi ma’lum bo‘lgan chinni piyolachalarga yuvgich yordamida o‘tkaziladi.
Aralashma biroz tiningach piyolachadagi ortiqcha suv to‘kib tashlanib, piyolachada qolgan agregatlar suvli hammomda ko‘riguncha parlatiladi so‘ngra quritgich shkafida 105 gradusda 1-2 soat qizdirilib sovo‘tilib, og‘irligi aniqlanadi. Har bir elakchada qolgan agregatlarning % miqdori uning og‘irligini 2 ga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi. Natija yuqorida jadvalni tegishli xonasiga yoziladi. Agregatlarni suvga chidamliligini boshqacha usulda ham aniqlash mumkin. Buning uchun 10,7,5,3,2 mm li elakchada qolgan agregatlardan 10 ta dan 150-200 ta gacha sanab olib Petri kosachasiga terib chiqiladi. So‘ngra kosachaga zarralar ko‘miladigan qilib, suv ko‘yiladi va 20-30 minut qoldiriladi. Kursatilgan vakt o‘tgach kosachadagi agregatlar shisha tayoqcha bilan joyidan kuzgatiladi. Kuzgatilganda o‘z xajmini 2/3 qismini saqlab qolgan agregatlar suvga chidamli deb hisoblanadi. Ular miqdorini proporsiya asosida hisoblab topiladi.
Kerakli material, asbob va reaktivlar: tarozi, elaklar tizimi, xajmli ssilindr, paqir (chelak), Petri kosachasi.
Asosiy adabiyotlar:



  1. Semendyaeva N. V., Galeeva L.P, A. N. Marmulev. Инструментальныеметоды исследования почв и растений: учеб. метод. пособие– Новосибирск: Изд-во НГАУ, 2013. – 116 с

  2. Ishoqova .SH.M.,Faxrutdinova M.F. Tuproqni kimyoviy tahlil qilish usullari - T: O`z.MU.,2018.

  3. Rayan D, Estefan D. Анализ растений и почвы. Руководство по лабораторным анализам. ИКАРДА, 2002

  4. Pansyu M., Goteru J. Анализ почвы. Минералогические, органические и неорганические методы анализа. – СПб.: Профессия. 2014. – 800 с.

  5. www.scholar.google.com



Download 105,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish