Sifat bilan bog’liq xavflarni boshqarish Sifat bilan bog’liq xavflarni boshqarish - dori vositalarining sifatiga oid xatarlar bo’yicha ma’lumotlarni baxolash, nazorat qilish, almashish va taxlil qilishning tizimli jarayonidir. Ushbu jarayon perespektiv va retrospektiv ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Sifat bilan bog’liq xavfni boshqarishquyidagilarni ko’zda tutadi - sifatga oid xatarlarni baxolash jarayoni ilmiy bilimlarga, amaliy tajribaga asoslanadi va bemorning sog’ligini himoya qilishga karatiladi. Sifat bilan bog’liq xavfni boshqarish va xatarni baxolash natijalarini hujjatlashtirish ishlarining xajmi xavf darajasiga muvofiq o’lchamlarda bo’lishi kerak.
XODIMLAR Mohiyati
Yaxshi distribyutorlik amaliyotining talablarini bajarish inson omiliga bog’liq. O’ziga yuklatilgan yuklangan vazifalarni xal etish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi tashkilot tarkibida yetarlicha malakali kadrlarga ega bo’lishi kerak. Har bir xodim yaxshi distribyutorlik amaliyotining talablarining o’z faoliyatiga tegishli qismini bilishi va tushunishi zarur. Har bir xodim o’z shaxsiy ma’suliyatini bilishi lozim, va bu ma’suliyat hujjatlashtirilgan bo’lishi kerak.
Vakolatli shaxs
Distribyutor raxbariyati tomonidan vakolatli shaxs tayinlanishi zarur. Vakolatli shaxs O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan malakaviy talablarga javob berishi va tegishli malaka (farmatsevtika ta’limi bo’yichabo’lishimaqsadga muvofiq), tajriba va bilimga ega bo’lishi kerak. Ba’zi xollarda vakolatli shaxs farmatsevtika ta’limiga oid bo’lmagan bilimga ega bo’lishi mumkin - shu jumladan radiofarmatsevtik preparatlar distribyutsiyasida - radiobiologiya, yadro fizikasi yoki radiofizika soxasidagi ta’lim, tibbiy gazlar distribyutsiyasida - fizikaviy-texnik soxasidagi ta’lim. Distribyutorning sifat bo’yichaqo’llanmasida dori vositalari va tibbiy buyumlar tovarlari nomenklaturasidan kelib chiqqan holda ta’lim soxasi belgilanishi kerak
Vakolatli shaxsning majburiyatlariga quyidagilar kiradi: a) sifat menejmenti tizimining joriy etilishini va uni qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash;
b) belgilangan faoliyatni boshqarishhamda qaydlarning aniqligini va sifatini ta’minlashga o’z etiborini karatish;
v) distribyutorlik jarayonida ishtirok etuvchi barcha xodimlar uchun dastlabki va keyingi o’qitish dasturlarini joriy etilishini va qullab-quvvatlanishini ta’minlash;
g) dori vositalari va tibbiy buyumlarni muomaladan chiqarishni o’zvaqtida tashkil etish va muvofiqlashtirish;
d) xaridorlarning (oluvchilarning) shikoyatlari bilan samarali ishlashni ta’minlash;
e) ta’minotchilarni va oluvchilarni tasdiqlash;
j) yaxshi distribyutorlik amaliyotiga rioya etish zarur bo’lgan faoliyatlarni autsorsingini (tashqi manbaalarga yuklash)ni tasdiqlash;
z) o’z-o’zini tekshirishlarning tayyorlangan dasturga muvofiq va belgilangan muddatga amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha zarur chora-tadbirlarni qabulqilish;
i) boshqa xodimlarga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi bo’yicha zarur qaydlarni saqlash;
k) qaytarilgan, chaqirib olingan, olinishi rad etilgan, noxush ta’sir etuvchi deb topilgan, qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarga oid karor qabulqilish;
l) qaytarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni sotish uchun yaroqli toifaga o’tkazilishini tasdiqlash;
m) O’zbekistan Respublikasining qonun hujjatlarida ayrim mahsulotlar uchun belgilangan qo’shimcha talablarni bajarilishini ta’minlash.