HUJJATLAR
Moxiyati
Tegishli hujjatlashtirish sifat tizimining ajralmas qismi xisoblanadi. Hujjatlashtirishning vazifalari og’zaki muloqotdan kelib chiqadigan xatolar oldini olish, hamda dori vositalari va tibbiy buyumlarning distribyutsiyasi davomida aloxida jarayonlarni kuzatishdan iborat.
Umumiy talablar
Hujjatlar – standart operatsion jarayonlar, yo‘riqnomalar, shartnomalar, yozuvlar, qaydlar, hisobotlar va qog‘ozlar yoki elektron axborot tashuvchilarda qayd etilgan boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Hujjatlar distribyutor tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlarni etarlicha ravishda aks ettirishi va xodimlarga tushunarli bo’lishi kerak. Hujjatlarning matnlari bir ma’noli bo’lishi kerak, turlicha izoxlanish va xatolarga yo’l qo’ymasligi kerak.
Hujjatlar, jarayonlarni tartibga soluvchi hujjatlar (SOJ) Vakolatli shaxs tomonidan tasdiklanishi, imzolanishi va sanasi belgilanishi kerak. Ularda dori vositalari va tibbiy buyumlar sifatiga yoki distribyutorlik faoliyatining sifatiga ta’sir kursatishi mumkin bo’lgan turli xatti-xarakatlar (ishlar) ta’riflanishi kerak: qabulqilish va etkazilgan mahsulotni tekshirish, saqlash, xonalarni tozalash va xizmat kursatish (shu jumladan parazitlar va zararkunandalar nazorati), saqlash sharoitlarini nazorat qilishni qayd etish, bayonnomalarni yuritish va saqlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarining qaytarilishi, muomaladan qaytarib olish rejalari va x.k..
Hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan tasdiklanishi, imzolanishi va sanasi qo’yilganbo’lishi kerak. Hujjatlar qo’lda yozilmasligi kerak. Qo’lda yozilgan qaydlarni kiritish kerak bo’lgan xollarda bunga zarur joylar qoldirilishi ko’zda tutilgan bo’lishi kerak.
Hujjatlarga kiritilgan har qanday tuzatishning sanasi ko’rsatilgan bo’lishi va imzo qo’yilganbo’lishi, tuzatish shunday kiritilishi kerak-ki, bunda birlamchi yozuvlarni uqish imkoni bo’lishi lozim. Agar kerak bulsa, tuzatishning sabablarini ko’rsatilishi zarur.
Hujjatlar Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda, lekin kamida 5 yil saqlanishi kerak. Xodimlarning shaxsiy hujjatlari Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi va arxivga topshiriladi.
Har bir xodim o’z lavozim majburiyatlarini bajarishi uchun zarur bo’lgan hujjatlarini tezkor olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak.
Amaldagi va belgilangan tartibda tasdiqlangan standart operatsion jarayonlar (SOJ) va yo’riqnomalardan foydalanishga aloxida e’tibor karatish lozim. Hujjatning nomi va maqsadianiq belgilanishi. Hujjatlar muntazam ravishda qayta kurib chiqilishi va yangilanishi kerak. SOJ va yo’riqnomalarning versiyalarini nazorat ostida bo’lishi lozim. O’z kuchini yuqotgan hujjatning nogoxon ishlatilib qo’yilishini oldini oluvchi tizim ko’zda tutilgan bo’lishi kerak. SOJlarning eskirgan va kuchini yuqotgan versiyalari hujjat muomalasidan chiqarib olinishi va arxivlanishi kerak.
Ombor zaxirasini ta’minlovchi ombor zaxiralarini xisobga olish tizimi amalda bo’lishi kerak («birinchi qabulqilingan - birinchi junatilgan»); ushbu tizimning tug’ri ishlashi muntazam va tez-tez tekshirilishi kerak.
Qabul qilingan yoki topshirilgan tovarlarga tegishli qaydlar (masalan, buyurtmalar, schyot-fakturalar, yukxatilar) yoki boiщa turdagi qaydlar elektron shaklda yoki boshqa shaklda saqlanishi kerak.
Yozuvlarda kamida quyidagi ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lishi kerak: sana; dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomlari; xarid qilingan yoki yetkazilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning miqdori; ta’minotchi, oluvchi yoki yuk oluvchining (kaysi biriga tegishli bulsa) nomi, manzili; shuningdek seriya raqami.
Yozuvlar bevosita tegishli jarayonlar amalga oshirilgan vaqtida qaydqilinishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |