-1- 1.Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartib-qoidalari. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish uchun umumiy qoidalar o‘rnatiladi. Bunday qoidalar majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirishni tashkillashtirish va o‘tkazishda qo‘llaniladi. Bu qoidalar mamlakatimizda va xorijda tayyorlangan barcha sertifikatlashtirish obyektlariga nisbatan tadbiq etiladi. Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibida sertifikatlashtirish amallarining majmuini tashkil etuvchi harakatlarning navbati o‘rnatiladi. Bu tartib va bir turli mahsulotni sertifikatlashtirish tarzi sertifikatlashtirish bo‘yicha idoraning hujjatlarida uni akkreditlashda o‘rnatiladi. Idorada sertifikat-lashtiriladigan mahsulotga me’yoriy hujjatlar va sinash usullari, shuningdek sinashlarni o‘tkazish uchun laboratoriyalar mavjud bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotni sertifikatlashtirish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: a) sertifikatlashtirish idorasiga sertifikatlashtirish to‘g‘risida so‘rovnoma berish va uni ko‘rib chiqish; b) sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulotga oid me’yoriy hujjatni va so‘rovnomaga ilova qilgan boshqa hujjatlarni tahlil qilish; v) so‘rovnoma bo‘yicha qaror qabul qilish; g) sinovlar dasturini tayyorlash va tasdiqlash (6 va 9-sxemalardan tashqari); d) namunalarni identifikatlash (aynan o‘xshashligini aniqlash), tanlab olish va laboratoriyaga olib kelish (6 va 9-sxemalardan boshqa); e) namunalarni akkreditlangan sinov laboratoriyasida sinashni bajarish (6 va 9- sxemalardan boshqa); j) mahsulotni ishlab chiqarish holatini tekshirish (sertifikat-lashtirishning 3, 4 va 5-sxemalari uchun); z) sifat tizimini baholash (5 va 6-sxemalari uchun); i) mahsulotning muvofiqligi to‘g‘risida deklaratsiya yozish (9-sxema); k) olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishdan voz kechish;
-2- 137 m) muvofiqlik sertifikatini O‘zbekiston Respublikasi
sertifikat-lashtirish milliy tizimi Davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazish. Sertifikatlashtirishga taqdim etilgan mahsulot me’yoriy hujjatida gigienik, veterinariya, fitosanitariya yoki ekologik talablar mavjud bo‘lgan-da sertifikatlashtirish idorasi gigienik va veterinariya ekspertizalarini, fitosanitariya tekshiruvini o‘tkazish va ekologik sertifikatlashtirish zarurligini aniqlaydi. Mazkur amallar sertifikatlashtirish sinovlari bilan bir vaqtda o‘tkazilishi mumkin va so‘rovchiga muvofiqlik sertifikatini berishdan avval, bu amallar tegishli hujjatlar berilishi bilan tugallanishi lozim. Sertifikatlashtirish idorasi tadbirkorlik subyektlarining yozma arizasiga muvofiq, sertifikatlashtirishni o‘tkazishda davlat sanitariya nazorati idoralaridan, davlat veterinariya nazorati idoralaridan va o‘simliklar karantini bo‘yicha davlat idoralaridan, shuningdek tabiatni muhofaza qilish davlat idoralaridan barcha zarur xulosalarni olishga oid agentlik xizmatlarini ko‘rsatishga haqlidir. Bunda namunalarni tog‘ri ajratib olish va ularni tegishli davlat idoralariga berish vazifasi, shuningdek mas’ullik sertifikatlashtirish idorasiga yuklatiladi. Chetdan kelitiriladigan mahsulotni sertifikatlashtirishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim: - ishlab chiqariladigan mahsulotga me’yoriy hujjat nusxasi (amalda bor bo‘lgan taqdirda); - mahsulot yorlig‘i namunasi yoki mahsulot to‘g‘risida ma’lumot; - tovarga qo‘shib jo‘natiladigan hujjat nusxasi. Bu nusxaga mahsulotning O‘zbekiston Respublikasi bojxonasi hududiga kelganligi to‘g‘risidagi belgi qo‘yilgan bo‘lishi shart; - amalda bor bo‘lgan taqdirda, davlat sanitariya nazorati idorasining laboratoriyasida o‘tkazilgan sinovlarning natijalari yozilgan gigienik sertifikat va me’yoriy hujjatda belgilangan boshqa talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar nusxasi (veterinariya va fitosanitariya xulosalari,
-3- ekologik sertifikat). 1. Ariza beruvchi zarur hollarda gigiyenik xulosa olish uchun hududiy sanitariya nazorati organiga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza beradi. Hududiy davlat sanitariya nazorati organi belgilangan tartibda joyiga borgan holda laboratoriya sinovlari o‘tkazish uchun mahsulotlardan namuna oladi va obyektni tekshiradi. 1a. Chorva mahsulotlari uchun hududiy sanitariya nazorati organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) veterinariya xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi. 139 1b. Veterinariya xizmati organi uch kun muddatda hududiy sanitariya nazorati organiga veterinariya xulosasini yoki xulosa berishni rad etishga sabab bo‘lgan aniq qonun hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda yozma javob yuboradi. Veterinariya xizmati organi 20 kungacha izolatsiyalash-cheklash (karantin) choralarini belgilash huquqiga ega. Bunda veterinariya xulosasini berish tartiboti karantin muddati tugagunga qadar to‘xtatib turiladi. 1v. O‘simlik mahsulotlari uchun hududiy sanitariya organi ariza beruvchidan hujjatlar olingan kundan keyingi kundan kechikmasdan tuman (shahar) o‘simliklar karantini davlat xizmati organiga buyurtmanoma jo‘natadi. 1g. O‘simliklar karantini davlat xizmati organi ikki kun muddatda fitosanitariya xulosasi yoki salbiy xulosa beradi. 2. Laboratoriya sinovlari, shuningdek veterinariya hamda fitosanitariya xulosalaridan ijobiy natija olinganda, hududiy sanitariya
-4- nazorati organi ariza beruvchiga gigiyenik xulosa beradi. 3,4. Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra, tashkilot va ishlab chiqaradigan mahsuloti shtrixli kodda foydalaniladigan tovar kodini olish uchun "GS1 Uzbekistan" ga murojaat qilishi mumkin. 5. Ariza beruvchi muvofiqlik sertifikati olish uchun sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi. ( Ariza gigiyenik xulosa olish uchun beriladigan ariza bilan bir vaqtda berilishi mumkin). 6. Sertifikatlash bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organ 15 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda muvofiqlik sertifikati yoki aniq qonun hujjatlari normalarini ko‘rsatgan holda yozma rad javobini beradi.