Mustaqil ta’lim - Bajardi:Abdurazzoqova S
- Qabul qildi:Mardonov M
Dinamika qatorlari: mohiyati, tasnifi, tuzish qoidalari - Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy hodisa va jarayonlarni vaqt bo'yicha o'zgarishini o'rganish juda muhim. Chunki, hodisalarni o'z vaqtida o'rganmaslik, kerak bo'lganda firmaning faoliyati haqida muhim va taqdiriy qarorlarni vaqtida qabul qilmaslik uni og'ir raqobat sharoitida nochorlikka olib kelishi mumkin.
- Firma va kompaniyalar faoliyati dinamikasini o'rganishdan asosiy maqsad vaqt bo'yicha rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash va o'lchashdir. Bunga dinamika qatorlarini tuzish va tahlil qilish vositasi orqali erishiladi.
Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo'yicha o'zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi. - Dinamika qatorlari deb, ijtimoiy hodisa va jarayonlarning vaqt bo'yicha o'zgarishini tavsiflovchi sonlar qatoriga aytiladi.
- Dinamika qatorlarida ikki unsur (element) mavjud:
- vaqt ko'rsatkichi (t);
- shu vaqtga tegishli daraja (U)
- Dinamika qatorlarida vaqt ko'rsatkichi sifatida ma'lum bir payt (sana) yoki davr (oy, yil) olinishi mumkin.
- Dinamika qatorlarining darajalari ijtimoiy hodisalarning sonini, hajmini, miqdorini vaqt bo'yicha o'zgarishini o'zida aks ettiradi va ular mutlaq, nisbiy va o'rtacha miqdorlarda ifodalanadi.
To'g'ri tuzilgan dinamika qatorlari solishtirma ko'rsatkichlardan tashkil topadi. Qanday dinamika qatori to'g'ri tuzilgan qator deyiladi? Bu savolga javob berish uchun dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur: - To'g'ri tuzilgan dinamika qatorlari solishtirma ko'rsatkichlardan tashkil topadi. Qanday dinamika qatori to'g'ri tuzilgan qator deyiladi? Bu savolga javob berish uchun dinamika qatorlarini tuzishda quyidagi qoidalariga rioya qilish zarur:
- dinamika qatorlarining hadlar bir hil o'lchov birliklarida berilishi kerak. Agar birinchi had so'mda o'lchangan bo'lsa, qolgan hadlar ham shu o'lchov birlikda baholanadi;
- hadlarning hisoblangan aniqlik darajasi bir xil bo'lishi, (0,1, 0,01, 0,001 va h.k.) zarur.
- hamma hadlar bitta metodologiya bilan aniqlangan bo'lishi kerak. Masalan, aholi dinamikasini o'rganmoqchimiz. Ma'lumki, aholi mavjud aholi, doimiy aholi, vaqtincha yashovchilar va boshqa toifalarga bo'linadi. Demak, qatorning birinchi hadida doimiy (yoki boshqa toifadagi) aholi soni berilsa, qolgan hadlarda ham faqat shu toifadagi aholi soni berilishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |