Boshqa xodimlar
Distribyutor dori vositalari va tibbiy buyumlar taqsimot faoliyatining barcha bosqichlarini amalga oshirish uchun yetarli malakali xodimlarga ega bo’lishi kerak. Xodimlarning soni bajariladigan ishlar miqdori va O’zbekistan Respublikasi qonunchiligi talablari asosida belgilanadi.
Distribyutorning tashkiliy tuzilmasi sxema shaklida tuziladi va raxbariyat tomonidan tasdiqlanadi. Xodimlarning vazifalari, majburiyatlari va uzaro muloqotlari aniq belgilangan bo’lishi kerak.
Ulgurji farmatsevtika korxonasining Har bir xodimi uchun lavozim majburiyatlari va ularning boshqa xodimlar tomonidan almashtirish tartibi belgilangan lavozim yo’riqnomalari tuzilgan bo’lishi kerak. Ulgurji farmatsevtika kompaniyasining omborxona mudiri farmatsevtik ma’lumotga ega bo’lishi kerak.
Xonalar va jihozlar.
Moxiyati
Distribyutorlik tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni tegishlicha saqlash, yuklash, tashishni ta’minlash uchun zarur bo’lgan xonalar, jixozlarga ega bo’lishi kerak. Xonalar toza va quruqbo’lishi kerak, ularda kerakli xarorat va namlik saqlab turilishi kerak. Dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji savdosi bilan shug’ullanadigan tashkilotlarning omborlari sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigienik talablarga, yong’in xavfsizligi qoidalari va texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga javob berishi kerak.Ulgurji savdo tashkiloti omborining xonalari texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq dori vositalari va tibbiy buyumlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda ularni to’g’ri saqlashni ta’minlovchi sharoitlarga ega bo’lishi kerak.
Bino va xonalar
Xona talablari
Qabul qilish va jo’natish zonalarida ob-xavo sharoiti ta’siridan himoya qilish, qabulqilish, tashish va saqlash joylariniyetarli darajada ajralganligini ta’minlash, kirayotgan va chiqarilayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlari oqimini nazorat qilish tartibini belgilovchi yo’riqnomalar ishlab chiqilishi kerak. Qabul qilingan mahsulotlarni tekshirish uchun qabul qilish joylari aniq belgilangan va tegishli uskunalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
Qabul qilinganidan keyin mahsulotga xech qanday shikast yetkazilmaganligi va yetkazilgan mahsulot buyurtmaga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun qabul qilish nazorati o’tkazilishi lozim. Qabul qilish zonasida taraning tozalanishi ko’zda tutilishi lozim.
Xonalar talab qilingan saqlash sharoitlarini ta’minlashi uchun loyixalashtirilgan yoki moslashtirilgan bo’lishi kerak. Dori vositalarining xavfsiz saqlanishi va muomalasi uchun xonalar himoyalangan, tegishli tuzilishga va yetarli xajmlarga ega bo’lishi kerak. Amalga oshirilgan barcha operatsiyalarning aniqligi va xavfsizligini ta’minlash uchun saqlash joylari yetarli yorug‘likka ega bo‘lishi kerak.
Dori vositalari va tibbiyot buyumlari tegishli ravishda ajratilgan va aniq belgilangan zonalarda saqlanishi kerak, bu zonalarga faqat ruxsat etilgan xodimlargina kirishga xaqli. Saqlash zonalarini jismoniy ajratish o’rniga qo’llangan har qanday tizim (masalan, elektron tizim) xavfsizlikni belgilangan darajada ta’minlashi va validatsiyalangan bo’lishi kerak.
Muomalasi vaqtincha to’xtatib qo’yilgan yoki muomalasi bo’yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar jismonan yoki elektron tarzda izolyasiyalangan bo’lishi lozim. Bu talab qalbakiligiga gumon bo’lgan va qaytarilgan har kanday mahsulotga nisbatan qo’llaniladi.
Har qanday qalbakilashtirilgan, yaroqlilik muddati tugagan, muomaladan qaytarib olingai va nuksonli (ta’minot buginidan chetlashtirilgan) mahsulotlar kolgan darxol jismonan ajratilishi (izolyasiyalanishi) va distribyutsiya uchun yaroqli mahsulotlar dan ajratilgan maxsus zonalarda saqlanishi kerak.
Qabul qilingan xavfsizlik choralari ushbu zonalarda yuqorida ko’rsatilganmahsulotlarni distribyutsiya uchun yaroqlibo’lgan dori vositalari, tibbiy buyumlardan aloxida saqlash va ularning erkin muomalaga kiritilishiga tuskinlik kiladigan sharoitlar ta’minlanishini kafolatlashi kerak. Ushbu zonalar tegishli ravishda (nomlari ko’rsatilgan xolda) aniq belgilanishi va xuquqibo’lmagan shaxslarning kiritilishidan himoyalangan bo’lishi kerak.
Muomalasiga qat’iy talablar belgilangan dori vositalari (masalan, /-\ giyoxvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, zaxarli kimyoviy moddalar va
boshqa xavfli moddalar) Uzbekiston qonun hujjatlari talablariga javob beradigan sharoitida saqlanishi kerak.
Radiofarmatsevtik va boshqa xavfli dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, yong’inga xavfli va portlovchi dori vositalari (masalan, tibbiy gazlar, tez alangalanuvchi suyuqliklar va boshqalar) tegishli xavfsizlik choralari kurilgan, Uzbekiston qonunlariga muvofiq ravishda belgilangan joylarda saqlanishi va xuquqibo’lmagan shaxslarning kirishidan himoyalangan bo’lishi kerak.
Nazorat ostidagi xonalarga xuquqibo’lmagan shaxslarning kirishini oldini olish imkonini beruvchi qo’riqlash tizimini ta’minlash kerak. Ogoxlantiruvchi chora- tadbirlar, odatda, signalizatsiya tizimini va nazorat qilish tizimi bilan ishlash rejimini uz ichiga olishi kerak. Bunday xonalarga begonalar kuzatuvchisiz qo’yilmasligi kerak.
Saqlash uchun muljallangan xonalar va uskunalar toza bo’lishi kerak, ularda chang va chiqindilar to’planmasligi kerak. Xonalarni va uskunalarni tozalash dasturlari, hujjatlashtirilgan yo’riqnomalar, qaydlar bo’lishi kerak. Tozalash uchun ishlatiladigan uskunalar, tozalash ashyolari va anjomlari, shuningdek yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalar shunday tanlanishi, ishlatilishi va saqlanishi kerak-ki kontaminatsiya manbasi bo’libqolmasin.
Xonalar xasharotlar, kemiruvchilar yoki boshqa xayvonlarning kirib kelishidan himoya qilinishi ta’minlangan xolda loyixalashtirilishi va jixozlanishi kerak. Zararkunandalar bilan zararlanishning oldini olish nazorat dasturi ishlab chiqilishi kerak.
Agar bino tugridan-tugri distribyutorga tegishli bo’lmasa, bu joy distribyutor tomonidan ijara shartnomasi yoki boshqa mulkiy yoki majburiyat xuquqi asosida foydalanilishi mumkin. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlashuchun foydalaniladigan binolar O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq foydalanishga topshiriladi.
Xodimlarning dam olish, kiyinish xonalari, dush va xojatxonalar saqlash joylaridan tugri tegishli ravishda ajratilishi kerak. Omborxona xonalarida oziq-ovqat, ichimliklar, tamaki mahsulotlari, shuningdek, shaxsiy foydalanish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjud bo’lishi takiklanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |