362
Jek London
dam olmay, yigirma besh kun mobaynida deyar-
li ottiz ming so‘zdan iborat «Sharmanda bolgan
quyosh» nomli katta bir maqola yoza boshladi.
Bu Meterlink maktabiga xos mistitsizmga qarshi
puxta oyiangan hujum edi - mo‘jizalami orzu
qiluvchi xayolparastlarga qarshi pozitiv bilimlar
qal’asidan qilingan hujum edi; to‘g‘ri, bu maqola-
ning o'zida ham mo'jiza unsurlari mavjud edi,
ammo ular faktlarga zid emasdi. Martin keyinroq
bu yirik maqolasiga: «Mo'jiza kohinlari» va «0 ‘z
shaxsimiz me’yori» degan ikkita kichik maqolasi-
ni ham ilova qildi. So‘ng, uchala maqola Martin
ning hisobiga tahririyatlararo sayohatga chiqdi.
«Sharmanda bolgan quyosh»ga sarf bolgan
yigirma besh kun mobaynida Martin o'zining
«daromad keltiruvchi» asarlarini olti yarim dol-
larga sotishga muvaffaq boldi. Bitta asariga u el-
lik sent, haftalik yumoristik jumalga yuborilgan
boshqa bir asariga bir dollar oldi. Bundan tash-
qari, yana ikkita yumoristik she’ridan birini ikki
dollarga, boshqasini uch dollarga sotdi. Nihoyat,
nasiyaga mol olish mumkin bolmay qolgandan
keyin (shundoq ham baqqol besh dollargacha
nasiyaga mol bergan edi), Martin yana velosipedi
bilan paltosini olib borib garovga qoyishga maj-
bur boldi. Yozuv mashinkasidan foydalanayot-
gani uchun yana haq talab qila boshladilar va
Martinga shartga muvofiq haqni bir oy oldindan
tolashi kerakligini eslata boshladilar.
Bir necha mayda-chuyda asarlariga xaridor
topilgamdan ko‘ngli ko‘tarilgan Martin yana
«daromadli» asarlar yozishga kirishmoqchi boldi.
Ehtimol, shular bilan bir amallab kun ko'rish
Martin Iden
363
mumkin bolar. Uning stoli
liklari tomonidan rad etilgan yigirmatacha may-
da hikoyalar taxlanib yotardi. U gazetada bosila-
digan hikoyalarni qanday yozish yo yozmaslikni
o'rganish maqsadida va shu yo‘sinda qat’iy bir
dastur ishlab chiqish niyatida mazkur hikoyala-
rini qayta o‘qib chiqdi. U gazetada bosiladigan
hikoyalar fojiali bolmasligi kerak, ular falokat
bilan tugamasligi kerak va uslubining go‘zalligi,
g'oyasining originalligi, tuyg4ilaming nozikligi
bilan ajralib turmasligi kerak degan fikrga kel-
di. Ammo hikoyada his-tuyg4i albatta bolishi,
bolganda ham oshib-toshib yotgan bolishi ke
rak, bir vaqtlar uni «qashshoq bolsa ham, no-
musli bolsin» degan mavzuda yozilgan tumtaroq
vatanparvarlik ruhidagi melodrama va pesalami
galyorkada o'tirib olqishlashga da Vat etgan eng
dabdabali va oliyjanob tuyg4ilar mavjud bolishi
kerak edi.
Martin shu narsalarni aniqlab olib, o‘zi ish
lab chiqqan dastur asosida hikoyalar yozishga
kirishdi. Dastur uch qismdan iborat edi:
1) ikki oshiq-ma’shuq bir-birlaridan judo
bolishga majbur;
2) bironta hodisa tufayli ular qayta topishadilar;
3) to^ga chorlovchi qo‘ng‘iroq sadolari. Uchin-
chi qism o'zgarmas edi, lekin birinchi va ik
kinchi qismlar cheksiz o'zgarib tura olardi.
Oshiq-ma’shuqlar mash’um anglashilmovchilik,
yuz bergan biron tasodif, o'zga oshiq yigitning
rashki, johil ota-onalar, ayyor homiylarning
kasriga qolish va h. k. sabablar tufayli ajrashib
ketishi mumkin edi; ularning qayta topishishi-
ostida adabiyot agent-