YIGIRMA TO‘QQIZINCHI BOB
Bu yoz Martin Iden uchun juda og‘ir keldi.
Muharrirlar va taqrizchilar dam olgani tarqalib
ketishgan edi, shunga ko‘ra odatda ueh hafta-
da qaytadigan qolyozmalar, endi tahririyatlarda
uch oylab yotib qolardi. Martinga tasalli beradi
gan birdan-bir narsa shu ediki, markaga pul
sarflash kerak emasdi. Yolg‘iz qaroqchi jurnal-
chalarda hayot qaynardi. Shuning uchun Martin
o‘zining barcha ilk asarlari «Marvarid tutuvchi-
lar», «Dengizchining kasbi», «Toshbaqa ovi», «Shi-
moli-sharqiy tropik shamoli»ni shu jumalchalar-
ga yubordi. Lekin bu qolyozmalardan birontasi-
ga ham haq tolanmadi. To‘g‘ri, olti oy davom et-
gan yozishmalardan keyin Martin «Toshbaqa ovi»
uchun gonorar sifatida xavfsiz ustara, «Akropol»
jurnali esa, «Shimoli-sharqiy tropik shamoli»
uchun unga besh dollar pul va besh yilga maz-
kur jurnalga bepul obuna qilishga va’da berdi,
lekin va’dasining ikkinchi qisminigina bajo etdi.
Martin didi nozik, lekin kambag‘al Bos
ton noshirlaridan birining quruq hamyonidan
Stivenson haqida yozgan soneti uchun bir amal-
lab ikki dollar undirdi. San-Fransisko yirik temir
yol shirkati mablag'iga nashr etiladigan jurnal-
lardan birining muharririga Martinning endigina
yozib bitirgan ikki yuz satrli «Parizod va marva
rid» nomli оЧ:кпг satirik dostoni juda yoqib qol
di. Muharrir dostonga tolanadigan haq evaziga
Martinga poyezdda yurish uchun tekin chipta
tavsiya qildi. Martin, shu chiptani boshqaga be-
rishim mumkinmi, deb so‘rab xat yozib yubordi.
372
Jek London
Tekin chiptadan foydalanish huquqini boshqaga
berish mumkin emasligini va demakki, bundan
pul ishlash imkoni yo‘qligini bilgach, qolyozmani
qaytarib yuborishlarini talab qildi. Oradan ko‘p
o'tmay qolyozma qaytib keldi, qolyozma bilan
birga muharrirning dostonni jurnalda bosa olma-
ganidan taassuflangani haqidagi maktubini ham
oldi. Martin qolyozmani yana San-Fransiskoga,
bu safar «Qovoq ari» nomli jumalga yubordi; bu
jumalni bir vaqtlar ajoyib bir jumalist tashkil
qilgan va qisqa muddat ichida uning obro'sini
juda oshirib yuborgan edi. Biroq, baxtga qarshi,
«Qovoq ari»ning baxt yulduzi Martin tugllmasdan
ancha oldin so‘na boshlagan edi. Muharrir dos-
ton uchun Martinga o‘n besh dollar va’da qildi,
lekin doston bosilib chiqdi-yu, muharrir, aftidan,
va’dasini unutib qoydi. Martin juda ko‘p marta
xat yozib, birontasiga ham javob olmagach, ni-
hoyat, haqoratomuz xat yozgan edi, jurnalning
yangi muharriridan sovuqqina xat oldi; yangi
muharrir sobiq muharrirning xatolariga javob-
gar emasligi, «Parizod va marvarid» dostoni o'ziga
mutlaqo yoqmagani haqida yozgan edi.
Lekin Chikagoda chiqadigan «Globus» juma-
li Martinni rosa xunob qildi. Martin ko‘p mu-
lohazalardan so‘ng, nihoyat ochdan olmaslik
uchun «Dengiz qo‘shiqlari»ni bostirishga qa-
ror qildi. O'nlab jumallar rad etgan bu she’rlar
nihoyat, «Globus» tahririyatidan o‘ziga sokin
«boshpana» topdi. Turkumda o'ttizta she’r bolib,
Martin har bir she’rga bir dollardan olishi kerak
edi. Birinchi oydayoq to'rtta she’ri bosilib chiq
di, Martin fursat о tmay, to‘rt dollarga chek oldi;
Martin Iden
373
lekin u jumalni o‘qidi-yu, hang-mang
di: She’rlarning sarlavhalari o‘zgartirilgan edi:
«Finis» so‘zi «Finish»23 deb bosilgan: «Yolg‘iz qoya
qo‘shig‘i»ga «Marjon qoyasi qo‘shig‘i» deb nom
qo'yilgan edi. Yana bir she’r mutlaqo to‘g‘ri kel-
maydigan boshqa nom bilan o‘zgartirilgan edi:
«Meduza shulasi» o‘rniga muharrir «Qaytish
yoli» deb sarlavha qolgan edi. She’rlaming o‘zi
bundan ham beshbattar buzilgan edi. Martin
g‘azabdan tishlarini gljirlatar, sochlarini yu-
lardi. Jumlalar, satrlar, butun-butun bandlar
tushirib qoldirilgan, chalkashib ketgan joki al-
mashib ketganidan ba’zi bandlami mutlaq tush-
unib bolmasdi. Ayrim misralar tamomila boshqa
she’r misralari bilan almashtirilgan edi. Martin
bunday yovuzlik bama’ni muharriming qolidan
kelishini tasawur ham qila olmasdi, bu ish bos-
maxonaning bironta dastyori yoki nusxa ko‘chi-
ruvchining hunari bolsa kerak deb o'ylardi. Mar
tin, she’rlarimni bosishni zudlik bilan to'xtatib,
o'zimga qaytarib ^boring, deb talab qildi, u dam
yolvorib, dam po'pisa qilib, hech ketini uzmay
xat yozaverdi. Lekin hamma xatlari e’tiborsiz
qoldi. Har oyda jurnal sahifalarida uning rasvo
qilingan she’rlari bosilib chiqar va Martin har oy
sayin gonorar cheki olib turardi.
Martin shu muvaffaqiyatsizliklar paytida «Oq
sichqomdan olgan qirq dollami eslab, yana o‘zi-
ga tasalli berardi-yu, lekin tirikchilik uchun
mayda-chuyda asarlar yozishga tobora ko'proq
vaqtini sarflardi. U kutilmaganda qishloq xo‘ja-
bolib qol-
Do'stlaringiz bilan baham: |