380
Jek London
qadigan kishi uchun xizmat qiladi. Albatta, siz
xizmatkorsiz! Siz o'zingiz xizmat qilayotgan kapi-
talistik tashkilotlar ehtiyojini himoya qilishdan
manfaatdorsiz.
Mister Morzning yuziga xiyolgina qizil yugurdi.
- Sizga shuni aytib qo ‘ymoqchimanki, ser, -
dedi u, - siz ashaddiy sotsialistdek gapiryapsiz.
Ana shundan keyin Martin sotsializm haqida-
gi o‘z mulohazasini bayon qildi.
- Siz sotsialistlami yomon ko‘rasiz, ulardan
qo'rqasiz. Nega shunday? Siz axir ularning o‘zini
ham, fikrlarini ham bilmaysiz-ku.
- Lekin sizning fikrlaringiz, har holda,
sotsialistlaming fikrlariga mos tushyapti, - deb
e’tiroz bildirdi mister Morz.
Ruf hamsuhbatlarga hayajon bilan tikilar, mis
sis Morz esa Martinning oila boshligl oldida e’ti-
borini yo ‘qotayotganidan ich-ichidan sevinardi.
- Modomiki, men respublikachilarni tentak
deb, ozodlik, tenglik va birodarlikni yorilgan
sovun ko'pigiga o'xshatarkanman, bundan sot-
sialistman degan xulosa chiqarib bolmaydi, -
dedi Martin kulimsirab. - Agar men Jefferson-
ning va uning dunyoqarashiga ta’sir etgan o'sha
g'ayri ilmiy fikr yurituvchi fransuzning mu-
lohazalariga qo‘shilmagan ekanman, bu ham
mening sotsialist degan nom olishim uchun
kifoya emas. Sizga shuni aytib qotyayki, mister
Morz, sotsializmga mendan ko'ra siz ancha ya-
qinroqsiz; aslini surishtirganda, men uning eng
ashaddiy dushmaniman.
—
Siz, albatta hazil qilayotgan bolsangiz ke
rak? - sovuqqina so'radi mister Morz.
Martin Iden
381
- Aslo. Gapim jiddiy. Siz tenglikka
ammo o'zingiz butun fikru zikri shu tenglikni
gumdon qilishga qaratilgan kapitalistik korpo-
ratsiyalarga xizmat qilasiz. Meni esa faqat shu
ning uchun sotsialist deb ataysizki, men teng
likni inkor qilyapman, aslini olganda, aynan siz
o'zingizning butun faoliyatingiz bilan isbotlayot-
gan tamoyilni tasdiqlayapman. Respublikachilar
to‘g‘ri kelgan hamma yerda tenglik haqida jar
solsalar ham, aslida ular tenglikning eng ashad-
diy dushmanlaridir. Ular tenglik deb, tenglikni
yo‘q qiladilar. Shuning uchun ham men ularni
ahmoq deb aytyapman. Chunki shaxsiyatparast-
man. Men poygada eng chaqqon odam o‘zishini,
kurashda eng kuchli odam engishini bilaman.
Bu haqiqatni biologiyadan o'rgandim, har holda
menga shunday tuyulyapti. Takror aytamanki,
men shaxsiyatparastman, shaxsiyatparastlar
sotsialistlaming azaliy abadiy dushmanidir.
- Biroq o‘zingiz ham sotsialistlarning namo-
yishlariga borib turasiz-ku, - dedi mister Morz
achchigl chiqib.
- Albatta. Xuddi dushman qarorgohida bolgan
josusdek. Bolmasa, dushmanning kirdikorlarini
qanday qilib bilib boladi? Innaykeyin, ularning
namoyishlarida juda vaqtim chog‘ boladi. Sot-
sialistlar ajoyib mubohasachilardir, shu bilan
birga yaxshimi, yomonmi, har holda juda ko‘p
narsa o'qishgan. Ularning har biri sotsiologiya va
boshqa «logiya»lar to‘g‘risida oddiy kapitalistga
nisbatan birmuncha ko'proq biladilar. Ha, men
sotsialistlaming namoyishlarida o‘n martacha
bolganman, lekin bu bilan sotsialist bolib qol-
ishonasiz,
ganim yo'q, xuddi shunga o'xshash, Charli Xep-
gudning va’zxonligidan respublikachi ham bolib
qolganim yo‘q.
-
Bilmadim, bilmadim, - dedi mister Morz
taraddudlanib, - lekin negadir nazarimda, sotsi-
alizmga yon bosayotganga o'xshaysiz.
«Jin ursin seni, - deb otyladi Martin, - biron
ta ham so'zimga tushunmabdi-ku! Devorga ga-
piribman-da! Olgan tahsillari qayoqqa ketgan
o'zi buning?»
Shunday qilib, Martin o'z yolida iqtisodga
asoslangan axloq bilan - sinfiy axloq bilan yuz-
ma-yuz to'qnashdiki, ko'p o'tmay u Martin uchun
chinakam qo'riqchiga aylandi. Undagi shaxsiy
axloqning tamal toshi aql-idrok edi, natijada,
atrofidagi odamlaming axloq qoidalari, ulaming
dabdabali suratda vaLaqlashlaridan ham ko'proq
jig'iga tegardi; ulaming axloq qoidalari iqtisod,
mavhumot, ko'ngli bo'shlik va taqlidchilikning
g'alati qorishmasidan iborat edi.
Bu holni Martin tasodifan o'z qarindoshlari-
ning xatti-harakatida uchratib qoldi. Opasi
Meriyen bir zahmatkash nemis yigiti bilan ta-
nishgan edi; u mexanik bolib, o'z kasbini mu-
kammal o'rganib olgandan keyin velosiped
ustaxonasi ochgan edi; bundan tashqari, u
arzon velosipedlarni sotishga vakolat olib, du-
rustgina kun kechira boshlagan edi. Meriyen
Martinning oldiga kirib, unashtirilganini aytdi,
keyin hazillashib ukasining qolini oldi-da, kaf-
tidagi chiviqlarga qarab uning kelajagi to'g'risi-
da bashorat qila boshladi.
Keyingi safar Meriyen o'zi bilan German
Shmidtni boshlab keldi. Martin ularning ik-
Do'stlaringiz bilan baham: |