Martin Iden
389
otgan yildagidek tepaliklar orasida, о
sevimli joylarida edilar. Zavqlangan Ruf to-
vush chiqarib dam-badam Martinning o'qishini
bolib turardi, shuning uchun ham Martin qol-
yozmaning so'nggi sahifasini o‘qib bolib chetga
qotygach, qizning nima deyishini hayajon bilan
kuta boshladi.
Ruf ancha vaqtgacha sukut saqlab o'tirdi, ni
hoyat, aytmoqchi bolgan fikrlarini aytishga jur’at
eta olmayotganday tutila-tutila gapira boshladi.
-
Juda go'zal she’rlar, - dedi u. - Ha, albat
ta, ular juda go‘zal. Ammo siz ular uchun pul
ololmaysiz-da. Ya’ni, nima demoqchi bolganim-
ni tushunyapsiz, - dedi qiz yolvoruvchi ohang-
da. - Bu she’rlaringizning hayotda hech qanday
qimmati yo‘q. Buning boisi nimada ekanligini
bilmayman, balki ayb talab shartlaridadir, lekin
siz asarlaringiz orqasidan kun ko‘ra olmaysiz.
Gaplarimga to‘g‘ri tushuning, azizim. Men juda
faxrlanaman - aks holda, ayol kishi bolmagan
bolardim - bu ajoyib she’rlaming menga bagish-
langanidan men faxrlanaman va sevinaman. Le
kin bu she’rlar nikoh kunimizni yaqinlashtira
olmaydilar-ku, shunday emasmi, Martin? Meni
tamagir qiz ekan deb otylamang yana. Men sizni
sevaman, shuning uchun doim kelajagimizni
o'ylayman. Axir bir-birimizni sevishimiz haqida
ahdu paymon qilganimizga bir yil boldi, lekin to*y
kunimiz ilgari qancha uzoq bolsa, hali ham shu.
Bu gapim sizga behayolik bolib tuyulmasin; gap
mening qalbim, mening butun hayotim to‘g‘risi-
da borayotganini eslang. Agar judayam yozishga
maylingiz zo‘r bolsa, unda biron gazetadan ish
zlarining
390
Jek London
toping. Masalan, muxbir bolsangiz bolmaydimi?
Hech bolmaganda qisqa muddatga, a?
- Uslubimni buzib qoyaman, - bo‘g‘iq ovoz bi
lan javob qildi Martin, - shu uslubimni ishlab
chiqishim uchun qancha mehnat qilganimni siz
tasawur ham qila olmaysiz.
- Axir siz pul topish niyatida gazetalarga fele-
tonlar ham yozgan edingiz-ku. Ular uslubingizni
buzmadimi?
- Bu tamomila boshqa narsa. Men ulami
kun bo'yi jiddiy asarlar yozish bilan mashg\il
bolganimdan keyin, qiynalib, ichimdan siqib
chiqarardim. Muxbir bolish - ertadan kechga-
cha kosiblik qilish, shu ishga butunlay sho‘ng‘ib
ketish demakdir. Hayot qandaydir bir quyun-
ga o'xshab qoladi, na o'tmish, na kelajak bola-
di-yu, faqat shu bir daqiqagina yashab qolish
bilan cheklanadi kishi. Muxbir faqat muxbir-
lik to‘g‘risida o^ylay oladi, allaqanday uslub
to‘g‘risida bosh qotirishga vaqti ham bolmaydi.
Muxbirlik boshqa, adabiyot boshqa. Uslubim
endigina shakllangan paytda muxbirlik qilish
men uchun adabiy olim bolardi. Hozir ham har
bir yozgan feletonim, ulardagi har bir so‘z men
uchun azob beradi, ular o‘zimga, go‘zallik hissi-
yotiga qilinayotgan jabrdir. Menga naqadar oglr
ekanligini siz tasawur qilolmaysiz. Men o‘zim-
ni jinoyatchi deb his qilardim. «Jo'n» hikoyala-
rimni sotib olmay qo^ishganida hatto ichimdan
sevingan ham edim, holbuki, buning natijasida
kostyumimni garovga qo^ishga majbur edim.
Lekin «Muhabbat sonetlari»ni yozganimda dilim
qanday rohat qilganini bilsangiz edi! Axir ijod