Martin Iden
385
rib cho'ntagiga solayotgan opasining harakatini
jimgina kuzatib turdi: bu topshirilgan ishning
muvaffaqiyat bilan bajarilganining daliliy ashyo-
si edi. Meriyenning bir yeri Lizzi Konolliga o'x-
shardi; holbuki, u teatrda uchratgan yosh ish-
chi qiz qalbidagi otash va hayot ehtirosi opasida
yo‘q edi. Lekin ularning kiyinishlari, qiliqlari va
fel-atvorlari ko‘p jihatdan bir-biriga o'xshar edi.
Martin birdan bu ikki qizni Morzlarning meh-
monxonasida tasawur etib, o‘zini jilmayishdan
tiya olmadi. Lekin bu qiziq manzara ko'zidan g‘o-
yib boldi-yu, Martinni yolg‘izlik hissi o‘z girdobi-
ga tortdi. Opasi ham, Morzlarning mehmonxona-
si ham uning yolidagi malum davrlar edi, xolos.
Bulaming hammasi orqada qolib ketdi. Martin
o‘z kitoblariga zavq bilan tikildi. Bular uning bir-
dan-bir va hamisha vafodor hamrohlari edi.
- Nima? Nima deding? - deb so'radi u birdan
ajablanib.
Meriyen savolini takrorladi.
- Nimaga ishlamayapsan degin? - Martin
kulib yubordi, ammo kulgisi unchalik samimiy
emas edi, - o‘sha Germaning so‘rab kelgin deb
aytgandir-da?
Meriyen «yo‘q» degandek bosh chayqadi.
- Yolg'on gapirma, - dedi Martin qat’iy ohang-
da, qiz xijolatdan boshini xam qildi. - Borib ayt
o‘sha Germaningga, birovlarning ishiga suqil-
masin. Uning qalliglga baglshlab she’r yoz-
ganimda, ehtimol, aralashishga haqqi bordir,
ammo undan nariyoglga tumshug'ini tiqmasin.
Bildingmi? Demak, sen mendan yozuvchi chiq-
maydi deb o“ylayotgan ekansan-da? - deb da-
386
Jek London
vom etdi u. - Meni yoldan adashib qoldi, oila-
mizni sharmanda qilyapti deb oyiayotgan ekan-
san-da? Shundaymi?
- 0 ‘zingga bironta ish qidirib topsang yaxshi
bolardi, - qat’iyat bilan dedi Meriyen; Mar
tin opasining samimiyat bilan gapirayotganini
ko'rdi. - German aytadiki...
- Jin ursin o‘sha Germaningni! - Martin ochiq
yuz bilan opasining gapini boldi. - Undan ko'ra,
menga ayt-chi, to'ylaring qachon o‘zi? Keyin,
o‘sha Germaningdan borib so'ra, mendan totyo-
na olishingga lutfan ijozat berarmikin?
Opasi ketgandan keyin Martin achchiq isteh-
zo qilib uzoq vaqtgacha shu mojaro to‘g‘risida
o“ylab o'tirdi. Ha, ularning hammasi - opasi
bilan kuyovi ham, o‘zi mansub bolgan muhit
kishilari bilan Rufning atrofidagi odamlar ham
- hammasi umumiy andozaga moslashadilar,
hammalari awaldan hozirlab qoyilgan uch
pulga arzimas qolipga solingan uch pulga qim-
mat hayot kechiradilar. Bu ayanchli maxluqlar
hamisha bir-birlariga yer ostidan qarab, hami-
sha bir-birlariga taqlid qilishga urinadilar, ular
o'zlari go'daklik chog'idan asir bolib qolgan be-
ma’ni qonun-qoidalarni buzmaslik uchun o‘z
shaxsiy xislatlarini yo‘q qilib tashlashga, jonli
hayotdan voz kechishga tayyordirlar. Martin-
ning ko‘z oldidan tanish qiyofalar tizilishib o‘ta
boshladi: Bernard Xigginbotam mister Betler
bilan qoltiqlashib o‘tdi. German Shmidt Charli
Xepgud bilan quchoqlashib o'tdi. Martin ular
ning hammasini juft-juft va yakka-yakka holda
o'tishini diqqat bilan ko'zdan kechirdi, ularning
Martin Iden
387
hammasini o‘zi o'qigan kitoblardan o‘
aqliy va axloqiy qiymat andozasi bilan olchadi,
lekin ularning birontasi ham sinovdan o‘ta ol-
madi. Ulkan qalb egalari, buyuk donishmandlar
qani o‘zi? - deb bergan savollari javobsiz qoldi.
0 ‘zining tor hujrasini toldirgan pastkash, be-
farosat va axloqsiz sharpalar olomoni ichida do
nishmandlar ko‘rinmasdi. Martin bu olomonga
shu qadar nafrat bilan qaradiki, faqat Sirseya
o'zining cho‘chqalariga shunday nafrat hissi bi
lan qaragan bolishi mumkin.
Sharpalaming eng so‘nggisi g‘oyib bolgach,
birdan kutilmagan va chaqirilmagan yana bir
sharpa namoyon boldi; bu - boshiga soyaboni
juda keng shlyapa, egniga ikki yoqlama tugma-
li kurtka kiygan alpang-talpang yuruvchi yigit -
uzoq o'tmishdagi Martin Iden edi.
- Sen ham ulardan qolishmasding, oshnam,
- istehzo bilan dedi unga Martin. - Sening axlo
qiy tasawuring ham ularnikiga o'xshardi, sen
ham ulardan ortiq bilmasding. Hech narsa usti-
da bosh qotirmas, tashvishlanmas eding. Xuddi
kiyimlarning tayyorini sotib olgandek, fikrlarni
ham tayyor holicha o‘zlashtirarding. Sen bosh-
qalarga ma’qul tushgan ishlarni qilarding. Seni
o‘z to'dangga boshchilik qilishga loyiq deb top-
ganlari uchun boshliq bolding. Senga yoqqanli-
gi uchun emas - aslida sen bunday narsalardan
nafratlanarding - balki o‘zgalar seni ragljatlan-
tirib yelkangga qoqib qoyganligi uchun to‘da-
ga boshchilik qilarding, odamlar bilan urishar
eding. Sen Moy Qovoqqa bo‘sh kelishni istama-
ganing uchun uni urding, shuning uchun ham
rgangan
388
Jek London
unga bo'sh kelishni istamadingki, vujuding-
da ibtidoiy vahshiy odam qoni bor edi, buning
ustiga yana, erkak kishi qahri qattiq, qonxo'r va
berahm bolishi kerak, urish, mayib qilish faqat
erkak kishining ishi deb qulog‘ingga quyishgan
edi. Nega endi sen, zumrasha о‘rtoqlaringning
qizlarini o‘zingga og'dirib olarding? Ular senga
yoqqanligi uchun emas, balki sening xulqingni
belgilagan atrofingdagi odamlarning ayg‘ir va yov-
voyi takaga xos tabiati hamma narsadan ustun
edi, xolos. Mana, o'shandan beri ancha-muncha
vaqt olib ketdi. Xo‘sh, endi shulaming hammasi
to‘g‘risida qanday fikrdasan?
Go^yo bu savolga javoban, sharpaning qiyo-
fasi zudlik bilan o'zgara boshladi. Dag‘al kurt-
ka bilan cheti keng shlyapa g'oyib boldi, ular-
ning о‘mini oddiy bir kostyum oldi; chehrasi-
dagi shafqatsizlik ifodasi yo‘qoldi, samimiyat
va nafosat tuyglisi bilan jonlangan yuzi ichki
shula bilan yorishdi. Sharpa endi hozirgi Mar
tinga juda o‘xshab ketardi; u stol oldida, chiroq
shulasi tushib turgan ochiq kitob ustiga en-
gashib turardi. Martin kitobning nomiga qaradi.
Bu «Estetika asoslari» edi. Shu zahotiyoq Mar
tin kolanka bilan qo'shilib ketdi-yu, stol yonida
o‘tirib, mutolaaga berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |