Martin Iden
393
shu iste’dodsiz o'rtamiyona kishilar
originalligi va iste’dodi haqida mulohaza yurita-
dilar. Ularning orqasida aynan shunday muvaf-
faqiyatsizlikka uchragan tanqidchilar turadilar.
Ular hech qachon she’r yoki nasriy asar yozish-
ni orzu qilmagan, yozib ko'rmagan deb ayta
ko'rmang menga, yozib ko‘rishgan, lekin hech
vaqo chiqmagan. Jumallarda bosilgan tanqidiy
maqolalarni o'qiganda, xuddi baliq moyi ichgan-
dek ko'ngling ayniydi.
Xullas, mening bu barcha taqrizchilar va o‘zi-
ni tanqidchi deb yurganlar haqida qanday fikrda
ekanligimni yaxshi bilasiz. Albatta, buyuk tanqid
chilar ham bor, ammo ular dumli yulduzlar singari
juda siyrak uchraydi. Agar mendan ham yozuvchi
chiqmasa, borib muharrirlik qilaman. Har holda,
non puli, nainki non puli, hatto nonga surtish
uchun sariyog' puli ham topib turaman-u.
Biroq Rufning o‘tkir idroki o‘z sevgilisining
mulohazalaridagi ziddiyatni shu zahotiyoq pay-
qadi.
- Xo‘sh, yaxshi, Martin, agar shunday ekan,
agar iste’dodli kishilar uchun ham hamma eshik-
lar yopiq ekan, unda buyuk yozuvchilar qayer-
dan chiqqan?
- Ular g'ayri imkoniy ishlarning uddasidan
chiqqanlar, - deb javob qildi Martin, - ular shun
day otashin, shunday porloq asarlar yaratgan-
larki, natijada g‘animlari kuyib kul bolib ketgan.
Ular mingtadan bitta odamga nasib boladigan
mo jiza tufayli muvaffaqiyat qozonganlar. Ular
Karleylning yengilmas nahanglariga o'xshaydi.
- Men ham shunday qilaman. Men g'ayri im
koniy narsaga erishaman.
asarning
394
Jek London
- Bordi-yu, maglubiyatga uchrab qolsan-
giz-chi? Meni ham oyiashingiz kerak-ku, Martin!
- Maglubiyatga uchrasammi? - go^o Ruf aql
bovar qilmaydigan gap aytgandek, Martin unga
bir daqiqacha tikilib qoldi. So‘ng uning ko'zlari
mug'ombirona chaqnab ketdi. - Unda muharrir
bolaman, siz esa muharriming xotini bolasiz!
Ruf bu javobdan norozi bolib yuzini jozibali
tarzda bujmaytirdi, Martin esa shu zahoti ket-
ma-ket bo‘sa olgan edi, yuzi ochilib ketdi.
- Yaxshi, yaxshi, yetar, - deb e’tiroz bildirar-
di Ruf Martin kuchining sehridan o'zini iroda
kuchi bilan xalos qilishga urinib. - Men dadam
bilan ham, oyim bilan ham gaplashdim. Ular bi
lan hech qachon bunaqa gljillashmagan edim.
Men talab qildim, ularga behurmatlik qildim,
sarkashlik etdim. Ikkovlari ham sizga qarshi,
lekin qattiq turib sizni sevishimni aytgan edim,
nihoyat, dadam sizni o‘z kontorasiga ishga qabul
qilishga rozi boldi. U hatto turmush qurishimiz-
ga va biron yerda kichkinagina kottejda alohida
yashashimizga imkon tug'dirish uchun hozirdan
sizga kattaroq maosh tolamoqchi. Bu zo‘r him-
mat, shunday emasmi, Martin?
Martinning yuragini umidsizlik changal-
lab siqqanday boldi. U tamaki va qog'oz olgani
beixtiyor qolini cho‘ntagiga tiqdi (lekin ulami
ko'pdan beri yoniga solib yurmasdi) va bir nima
deb to‘ng‘illab qo^di.
Ruf gapida davom etdi:
— Ochiglni aytdim, xafa bolmaysiz, men shun-
chaki vaziyatni sizga bildirib qo'ydim, ochiglni
aytganda, sizning keskin mulohazalaringiz da-
Martin Iden
395
damga hech yoqmaydi, undan tashqari, u
dangasa deb aytadi. Men-ku, dangasa emasligin-
gizni bilaman, judayam ko'p ishlaysiz.
«Yo'q, buni hatto siz ham bilmaysiz», - deb
o^ladi Martin, lekin ovoz chiqarib boshqa nar
sani so'radi:
- Xo‘sh, o'zingiz qanday fikrdasiz? Sizga ham
mening mulohazalarim haddan tashqari keskin
tuyuladimi? - Martin qizning ko'zlariga tik qa
rab, uning javobini kutib turdi.
- Menga ular... shubhali tuyuladi, - deb javob
berdi nihoyat Ruf.
Bu bilan hamma gap aytib bolingan edi,
shuning uchun Martinning ko'ziga hayot bir-
daniga shunday shumshuk bolib ko'rindiki, u
Rufning ehtiyotlik bilan qilgan taklifini - otasi-
ning kontorasiga ishga kirish taklifini tamomila
unutib yubordi. Ruf esa hozir qattiq talab qilish
kerakmasligini his qilib, bu masalaga qaytishga
imkon beruvchi qulay fursat kelguncha kutishga
rozi edi.
Lekin ko'p kutishga to'g'ri kelmadi: Martin, o'z
navbatida, Rufdan ba’zi narsalarni so'rab olmoq-
chi boldi. U Rufning qanchalik o'ziga qattiq
ishonishini ko'rmoqchi edi. Bir haftadan so'ng
har qaysisi o'z savoliga javob oldi.
Martin ishni tezlashtirdi: Rufga «Sharmanda
bolgan quyosh»ni o'qib berdi.
- Nega siz muxbirlik bilan shug'ullanishni
istamaysiz? - dedi Ruf Martin maqolani o'qib
bolganida. - Siz yozishni juda yaxshi ko'rasiz,
albatta muvaffaqiyat qozongan bolardingiz, o'sib
nom chiqargan jumalist, bironta gazetaning
Do'stlaringiz bilan baham: |