Achchiq qismat beomon ezgan chog‘d.a ham,
Qonlarga b o ‘yalgan boshimni egmam...
Martin Iden
41Ъ
-
Siz Genlini yaxshi ko‘rasizmi? - deb so'radi
Brissenden, uning ko'zlarida darhol shafqat va
mehribonlik ifodasi ko'rindi. - Bolmasam-chi,
uni sevmay bolarkanmi? Oh, Genii! Buyuk qalb!
U hozirgi paytda asarlari jurnallarda bosilayot-
gan qofiyabozlar orasida xuddi xezalaklar orasi-
da qad ko'targan gladiatorga o'xshaydi.
- Jurnallarda bosilayotgan asarlar sizga yoq-
maydimi? - deb ehtiyotlik bilan so'radi Martin.
- Sizga yoqadimi? - deb Brissenden shunday
shang'illab gapirdiki, Martin hatto bir seskanib
tushdi.
- Men... Men jurnallarga yozib turaman,
aniqrog'i, yozishga urinaman, - deb g'oldiradi
Martin.
- Unday bolsa bir nav, - birmuncha yum-
shashib dedi Brissenden. - Siz yozishga urin-
yapsiz, ammo ishingiz o'ngidan kelmayapti.
Men shunisini qadrlayman va hurmat qilaman.
Nimalar haqida yozayotganingizni tasawur qil-
yapman. Buning uchun asarlaringizni o'qib o'ti-
rishim shart emas. Asarlaringizda bitta nuqson
bor, shu nuqson siz uchun hamma tahririyat-
lar eshigini yopib qotyadi. Asarlaringizda teran-
lik mavjud, jumallar uchun u kerak emas. Jur
nallarga har xil bema’ni narsalar kerak, bunaqa
narsalar keragicha borib turadi, lekin sizdan
emas, albatta.
- Men jo'n ishlardan ham bosh tortmayman, -
deb e’tiroz bildirdi Martin.
416
Jek London
... - Brissenden bir on jim qolib,
Martinga, uning qashshoqligidan dalolat beruv-
chi eskirgan galstugi, qatirma bolib yaltillab tur
gan yenglari, titilib ketgan manjetlariga tikilib
haradi; so‘ng uning ichiga tushib ketgan yuzlari-
ga uzoq qarab turdi. - Aksincha, jo ‘n ish sizdan
hazar qiladi, shunday hazar qiladiki, bu sohada
siz hech muvaffaqiyat qozona olmaysiz. Menga
qarang, azizim, agar sizni ovqatga taklif qilsam,
xafa bolmasmidingiz?
Martin o'zini tuta olmay qizara boshlaganini
his qildi, Brissenden esa xoxolab, tantana qil-
gandek kuldi.
- Qomi to‘q odam bunday taklifdan xafa
bolmaydi, - dedi u.
- Siz iblis ekansiz! - zarda bilan baqirib yubor
di Martin.
- Axir sizga taklif qilganim ham yo‘q-ku.
- Taklif qilib ко‘ring edi!
- Shunaqami? Unday bolsa sizni o‘zim bilan
ovqatlanishga taklif etaman.
Brissenden shu gapni ayta turib, hoziroq resto-
ranga bormoqchi bolganday o'midan qo'zg'aldi.
Martin mushtlarini tugdi, chakkasida qon
tomirlari qattiq ura boshladi.
- Ilon yutuvchi mashhur sehrgar! Ilonlami
tiriklayin yutadi! Tiriklayin yutadi! - deb qich-
qirdi Brissenden yarmarkadagi ot oyinning jar-
chisiga taqlid qilib.
- Sizni chindan ham tiriklayin yutib yubo-
rishirn mumkin edi, - dedi Martin, o‘z navbatida,
kasaldan cho'pdek ozib ketgan Brissendenga
o'qrayib qarab.
- Aksincha
Martin Iden
417
- Lekin men bunga arzimayman.
- Siz emas, ish arzimaydi, - dedi Martin va
shu zahoti chin ko‘ngildan qah-qah urib kulib
yubordi. - Meni mot qildingiz, tan olaman, Bris-
senden. Mening ochligim tabiiy hoi. Bundan
uyalmayman ham. Ко‘rib turibsizki, ahamiyat-
siz xurofiy odatlardan, bid’atdan nafratlanaman,
lekin siz yuzimga ochiqdan-ochiq gapiruvdingiz,
men darhol mazkur xurofiy odatlar quliga ayla-
nib qoldim.
- Ha, xafa boldingiz, - deb tasdiqladi Bris-
senden.
- Xafa boldim, tan olaman. Bolalik chog‘i-
mizdan singib ketgan odatlar bor. Men ko‘p
narsalami o‘rgangan bolsam ham, ba’zi-ba’zi-
da chiziqdan chiqib ketaman. Har kimning ham
o'ziga xos nozik yeri, boshqacha qilib aytganda,
shkafida o‘z skeleti bor.
- Lekin siz hozir shkafingiz eshigini berkitib
qoydingiz chog'i?
- Ha, bolmasam-chi.
- Aniqmi?
- Aniq.
- Unda, yuring, ovqatlangani boramiz.
- Yuring.
Martin viskiga haq to lash uchun cho'ntagida-
gi oxirgi ikki dollami oldi, lekin Brissenden ofit-
siantga u pulni oldirmay o‘zi toladi.
Martin norozi bolganday aftini bujmaytirgan
edi, lekin Brissenden qolini uning yelkasiga
do'stlarcha asta qo*ydi, shundan keyin Martin
itoatkorlik bilan pulini cho'ntagiga soldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |