O'TTIZ IKK1NCHI BOB
Ertasi kuni Mariya yana bir marta esankirab
qoldi. Martinning oldiga yana bir g'alati mehmon
keldi. Lekin Mariya bu safar o‘zini shu qadar
tutib olgan ediki, hatto odob bilan mehmonni
mehmonxonada kutib turishga taklif qildi.
- Uyingizga taklif etilmagan bolsam ham kirib
kelaverganimdan xafa emasmisiz? - deb so'radi
Brissenden.
- Yo‘q, yo‘q, nima deyapsiz? - dedi Martin
mehmonning qolini mahkam siqib korishar-
kan, so'ng yagona kursini unga surib qo'yib, o‘zi
karavotiga o‘tirdi. - Lekin manzilimni qayoqdan
bildingiz?
- Morzlamikiga qo‘ng‘iroq qildim. Telefonga
miss Morzning o‘zi keldi. Mana, nihoyat huzurin-
gizdaman.
Brissenden qolini paltosining cho'ntagiga
tiqib, kichik bir kitob oldi.
Mana bu - bir shoiming she’r to‘plami sizga,
- dedi u kitobni stolga qo^arkan, - o'qib chiqib,
o'zingizga olib qolavering. Oling! - deb baqirib
yubordi u Martinning e’tiroz bildiruvchi ishorasi-
ga javoban. - Nima qilaman men kitobni? Bu-
gun ertalab yana qon qusdim. Viskingiz, bormi?
Qanaqa qilib bolsin! Birpas sabr qiling.
U dik etib turib chiqib ketdi. Martin orqasidan
kuzatib qolarkan, uning bir vaqtlar, ehtimol, zabar-
dast bolgan yelkalarining botiq kolcraklari tomon
cholckanini ko'rdi. Martin ikkita stakan olib qo^yib,
sovg*a kitobni o‘qishga tutindi. Bu Genri Vogan
Marlo\xning oxirgi she’rlar to'plami edi.
Martin Iden
419
- Shotland viskisi yo‘q, - dedi qaytib
Brissenden. - Haromzoda, faqat Amerika viskisi-
ni sotib yotibdi. Shunday bolsa ham bir shisha
olib kelaverdim.
- Men hozir bolalardan birontasini limonga
yuboraman-da, keyin grog qilamiz, - deb taklif
kiritdi Martin. - Qiziq, shunaqa kitobi uchun
Marlou qancha olarkin?
- Ellik dollarcha, - javob qildi Brissenden,
- bu ham holva. Kitobini bosishga jur’at etgan
noshimi topganiga shukur qilaversin.
- Bundan chiqdi nazm bilan kun ко‘rib bo Tinas
ekan-da?
Martinning ovozidan qattiq ranjigani sezilib
turardi.
- Albatta, yashab bolmaydi! Qaysi ahmoq
umid qiladi? Qofiyabozlik - boshqa masala.
Bryus, Viijiniya Spring yoki Sejvikka o'xsha-
ganlar ishlarini boplab yuribdilar. Lekin haqiqiy
shoirlar... Siz Marlouning qanday yashashini bi-
lasizmi? U Pensilvaniyada qoloq o'quvchilar mak-
tabida dars beradi, jahannamning yer yuzidagi
bolimlari ichida eng mudhishi, shubhasiz, shu
maktabdir. Agar umrimga ellik yil qo'shib ber-
ganda ham, men u bilan o'rin almashtirmagan
bolardim. Holbuki, uning she’rlari hozirgi shoir-
chalaming xom she’rlari orasida xuddi shisha
parchalari orasida yotgan yoqut donalari singari
yaraqlaydi. Tanqidchilar uning to‘g‘risida nima
deb yozishadi deng! La’nat o‘sha tanqidchilarga,
o‘sha dimog'dor nodonlarga!
Umuman, o'zlari yozuvchi bola olmagan
odamlar haqiqiy yozuvchilar haqida juda ko‘p
kelgan
420
Jek London
mulohaza yuritishadi, - dedi Martin, - chunon-
chi, Stivenson haqida ne-ne g‘iybatlami to‘qima-
gan edilar!
- Qolansalar! - dedi Brissenden nafrat bilan
g'ijinib. - Men ularning toifasini bilaman. Ular
Stivensonning Damen otani yoqlab yozgan mak-
tubi uchun umr botyi cho‘qilashdi, har qaysi
so'zini bittama-bitta tahlil qilib, bittama-bitta
tortib ko'rishdi va...
- U ayanch odamlar o'zlarining olchovlari bi
lan olchashdi, - deb qo‘shib qotydi Martin.
- Gapingiz o‘rinli. Ha, albatta! Stivensondagi
jamiki go'zallik, samimiylik va ezgulikni loyga
qorib tashlab, keyin ragЪatlantirmoqchi bolgan-
dek, yelkalariga qoqib qotyishar va: «Barakalla!
Ko'ppak Fido!» deyishardi. TuP. Olim to'shagida
yotgan Richard Ralf ular haqida: «Odamzod toi-
fasining ayanchli zag‘izgonlari», - degan edi.
- Ular yulduzlar gardini cho‘qilayaptilar, -
Martin ehtiros bilan Brissendenning gapiga gap
ulab ketdi. - Ular buyuk iste’dod egasining ya-
shin tezligida parvoz qilayotgan fikrini ilib olish-
ga urinadilar. Men bir kun tanqidchilar haqi
da, aniqrog'i, taqrizchilar haqida maqola ham
yozgan edim.
- Oling bu yoqqa! - dedi darhol Brissenden.
Martin stol ostidan «Yulduzlar to‘zoni»ning bir
nusxasini topib oldi, Brissenden shu zahotiyoq,
dam-badam pishqirib, qollarini bir-biriga ishqab
o‘qiy boshladi; u hatto ichayotgan grogini ham
unutib qotygan edi.
- Axir ko‘zi ko‘r pakanalar mamlakatiga uchib
kelgan yulduzlar to'zonining zarrachasi o'zingiz
' г
Do'stlaringiz bilan baham: |