Jek London
birdan to'xtab Martinga qaradi. Birdan xa-
yoliga kelgan gumondan chehrasi ochilib ketdi.
Shunda yuzida dahshat va hayrat alomatlari
paydo boldi.
-
Hali siz o'sha ajib «Muhabbat sonetlari»-
ngizni anavi oq badan urg‘ochi maxluq sha’niga
yozgan bolmang?
Martin shu zahotiyoq, o‘ng qoli bilan Bris-
sendenning hiqildogldan bo‘g‘ib olib, uni shun
day qattiq silkidiki, hamsuhbatining tishlari
takillab ketdi. Biroq Martin uning ko‘zlarida
qo'rquv alomatlarini uchratmadi, uning ko'zlari-
da faqat qandaydir qiziqish va iblisona istehzo
aks etardi. Shundan keyin Martin o‘ziga kel
di, panjasini yozib, Brissendenni o‘rniga itarib
yubordi.
Brissenden anchagacha nafasini rostlay ol-
may o'tirdi. Nihoyat, nafasini rostlab olgach,
kulib yubordi.
- Jonimning qolganini qoqib olganingizda
bormi, meni toabad minnatdor qilgan bolardin-
giz, - dedi u.
- Keyingi paytlarda asabim buzilgan, - deb
o‘zini oqlashga tushdi Martin, - sizga qattiq azob
bermadimmi? Hozir yangi grog tayyorlayman.
- Obbo yosh ellin-ye! - dedi Brissenden. - Siz
gavdangizni unchalik qadrlamaysiz. Juda ham
kuchlisiz. Misoli navqiron qoplondek! Sherbach-
chadek! Ha, ha! Bu sizga qimmatga tushadi.
- Ya’ni? - qiziqsinib so'radi Martin unga stakan
uzatarkan. - Ichib yuboring-u, xafa bolmang.
- Bu kunday ravshan, - Bressenden grogni
icharkan, ma’qul deganday kulimsiradi, - xotin-
Martin Iden
425
lar dastidan boladi hammasi. Ular sizni
qanday tinch qotyishmasa, aynan shu ahvolda
ola-olguningizcha tinch qo'yishmaydi. Axir men
dunyoga kecha kelgan emasman. Lekin meni
bo‘g‘ishni xayolingizga ham keltirmang. Bari-
bir, ko'nglimdagi gaplarning hammasini yuzin-
gizga aytmay qoymayman. Bilaman, bu sizning
ilk muhabbatingiz, lekin go'zallik hurmati, bun
dan keyingi safar bunchalik befarq bolmang.
Xo'sh, bu burjua qizlarini boshingizga urasizmi?
Qo tying, aylanishmang ularga. 0 ‘zingizga, haligi
«hayot ustidan ham, olim ustidan ham kuladi-
gan, to muhabbat boricha sevadigan», yuragi-
da o‘ti bor, zo‘r ehtirosli ayollardan birini to
ping. Dunyoda topiladi bunday ayollar, gapim-
ga ishonavering, ular ham to‘q burjua hayotida
tug'ilib o'sgan anavi pastkash ojiza singari astoy-
dil seva oladilar.
- Pastkash ojiza? - deb qichqirib yubordi Mar
tin g'azab bilan.
- Ha, xuddi o‘shaning o‘zi! U bolalik chog'idan
miyasiga quyib qo'yishgan, hammaga malum
bolgan narsalar to‘g‘risida vaysaydi va lekin chi-
nakam hayotdan qo'rqadi. U sizni o‘zicha seva-
di, Martin, ammo o‘zining ayanchli qoidalarini
sizdan ham ko'proq sevadi. Sizga esa buyuk fi-
dokorona muhabbat kerak, sizga ozod qalb egasi,
ko'rimsiz kuya emas, rang-barang tovlanuvchi
parvona kerak. Ammo lekin axiyri borib, hamma
xotinlar ham joningizga tegadi, agar bordi-yu, o‘z
baxtingizga qarshi bu dunyoda uzoq yashab qol-
sangiz, albatta. Lekin siz uzoq yashay olmaysiz!
Chunki siz dengizga qaj^tishni istamayapsiz-ku!
hozir
426
Jek London
To o'zingiz chirib yo‘q bolib ketguningizgacha
shu chirkin shaharlarda tentirab yuraverasiz.
-
Nima desangiz deng, - dedi Martin, - baribir,
meni fikrimdan qaytara olmaysiz! Negaki sizning
o‘z hayot falsafangiz, mening o‘z yashash falsa-
fam bor va har ikkovimiz ham o‘zimizcha haqmiz.
Ularning muhabbat, jumallar va boshqa juda
ko‘p narsalar haqidagi fikrlari bir-biriga to‘g‘ri
kelmasdi, lekin shunga qaramay, bir-birlarini
ko‘rishmasa tura olmasdilar, natijada, Martin
Brissendenni oddiy do'stlikdan birmuncha te-
ranroq tuyg4i bilan yaxshi ко‘rib qoldi. Ular har
kuni uchrashib turishdi, holbuki, Brissenden
Martinning dim xonasida bir soat ham chidab
о lira olmasdi.
Brissenden har kelganida bir shisha viski olib
kelardi, bironta restoranchada birga ovqatla-
nishganida shotland viskisini soda suvi bilan
birga chaqirtirardi. Brissenden hamisha ovqat
haqini o‘zi tolardi, shu Brissenden tufayli Mar
tin juda ko‘p xil nozik taomlardan totib ko'rdi,
shampan vinosining va reyiveyi «guldastasi»ning
nafosatini umrida birinchi marta bildi.
Shularga qaramay, Brissenden Martin uchun
jumboqligicha qolaverdi. Sirtdan qaraganda,
tarki dunyo qilgan odamni eslatuvchi bu kishi
xastaligiga qaramay hayot lazzatini qadrlardi. U
olimdan qo'rqmas, insoniyatning jamiki kun ke-
chirish tarzidan achchiq-achchiq kular va ayni
vaqtda, hayotning eng mayda ikir-chikirlariga-
cha zo‘r ehtiros bilan sevardi. U hayot shaydosi,
uning yurak tepishini his etishga intiluvchi de-
vona edi, «o'zim bunyod bolgan samoviy to'zon
ichida kichik bir zarracha bolib
istamayman», degan edi u bir kun. Brissenden
giyohvandlik qilib ham o'zini sinab ko'rdi, faqat
yangi hislami boshidan kechirish maqsadidagi-
na juda g'aroyib ishlarga ham qol urdi. U ke
yin tashnalikni qondirish lazzatidan bahramand
bolish uchun uch kun muttasil suv ichmay yur-
gani haqida Martinga gapirib berdi. Martin uning
kimligini, qayerdan ekanligini hech qachon bila
olmadi. Bu otmishi yo‘q odam edi, uning kelajak-
dagi hayoti yaqin qolgan olim bilan uzilar, hozir
esa jo'shqin hayot qo^ynida o‘t bolib yonardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |