Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet271/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Martin Iden

407

yil ham vaqt o‘tmay,  senga rosa yuz dona mana 

shunaqa tilla tanga olib kelib  beraman.  Gapim- 

ga  ishonishingni  so'ramayman.  Faqat  kutsang 

bolgani.  Keyin о‘zing ko'rasan!

Opasi  ishonmasdi,  albatta.  Lekin  uning  o‘zi 

negadir o‘ng‘aysiz ahvolga tushib, gapni nima bi­

lan chalg'itishni bilmay dedi:

-  Och-nahor yashayotganingni bilaman,  Mar­

tin.  Yuzu  ko'zingdan  ko'rinib  turibdi.  Xohlagan 

vaqtingda  ovqatlangani  kelib  tur.  Xigginbotam 

biron ish bilan uydan ketgan paytida o‘zim xabar 

qilaman.  Bolalardan  bitta-yarimtasi  doim  borib 

aytib kelishi mumkin.  Lekin Mart...

Martin  opasining  nima  demoqchiligini  ol- 

dindan  bilardi,  chunki  uning  nima  demoqchi 

bolgani ayon edi.

-  Biron joyga ishga kirsang bolmasmikin?

-  Sen meni hech narsaga erisha olmaydi deb 

oyiaysanmi? -  deb so'radi Martin.

Gertruda bosh chayqadi.

-  Menga o‘zimdan boshqa hech kim ishonmay- 

di,  Gertruda.  -   Bu  gapni  u  allaqanday  ehtiros 

aralash g4irur bilan aytdi.  -  Men juda ko‘p  ajo- 

yib narsalar yozib qo^yganman, bir kun emas, bir 

kun ular uchun albatta pul olaman.

-  Ularing ajoyibligini qayerdan bilasan?

-  Bilaman-da... -  Uning adabiyotdan, adabiyot 

tarixidan  olgan  barcha  ilmlari  birdan  miyasida 

jonlandi,  lekin u nimaga asoslanib o'ziga ishon- 

ganini  opasiga  tushuntirib  bera  olmasligini  bi­

lardi. -  Chunki mening hikoyalarim jumallarda 

bosilayotgan asarlaming to'qson to'qqiz foizidan 

afzalroqdir.




408

Jek  London

-  


Shunday  bolsa  ham,  o'zingdan  katta  ba- 

ma’ni  maslahat  bersa  quloq  os,  -   dedi  o‘zining 

haqligiga  qat’iy  ishongan  Gertruda.  -   Ha,  ba- 

ma’ni  maslahatga  quloq os,  -   deb  takrorladi u.

-  Ertaga ovqatlangani borgin.

Martin  uni  tramvayga  chiqarib  qo'yib,  o‘zi 

pochtaga  yugurib  bordi-da,  opasi  bergan  pul- 

ning  uch  dollariga  birtalay  marka  sotib  oldi. 

Bir  ozdan  so'ng,  u  Morzlarnikiga  keta  turib, 

yol-yolakay  pochta  bolimiga  kirdi-da,  birtalay 

semiz-semiz  paketlami jo‘natdi,  buning  uchun 

uch  dona ikki  sentli markadan boshqa hamma 

markalari sarf boldi.

Bu  Martin  uchun  unutilmas  oqshom  edi, 

chunki u  shu  kecha  Ress  Brissenden  bilan  ta- 

nishgan edi.  Brissendenning Morzlarnikiga qan­

day  bon о  qolganini,  uni  u  yerga  kim  boshlab 

borganini  Martin  keyinchalik  ham  bila  olmadi. 

Buni Rufdan so'rab olishga ham qiziqmadi, nega- 

ki  Brissenden unga ko‘rimsiz va  sovuq  odamga 

o'xshab  tuyulgan  edi.  Oradan  bir  soat  o'tgan- 

da,  Martin  uni yana  odobsiz  ham  deb  topdi:  u 

haddan  tashqari  betakalluflik  bilan  u  xonadan 

bu  xonaga  sang'ib  yurar,  rasmlarga  angrayib 

qolar,  stollarda yotgan yoki tokchalarga terilgan 

kitobu jumallarga tumshuglni tiqardi.  Nihoyat, 

u boshqa mehmonlarga parvo  qilmay,  xuddi o‘z 

uyidagidek  kresloga  joylashib  o‘tirib  oldi-da, 

cho'ntagidan  allaqanday kitobcha  chiqarib  mu- 

tolaaga tushib  ketdi.  U  o‘qirkan,  parishonxotir- 

lik bilan hadeb sochini silab qo^yardi. Martin uni 

unutib yuborib,  faqat kecha oxirida eslab  qoldi; 

endi  Brissenden  yosh  ayollar  davrasida  o‘tirar-



Martin  Iden

409

di, uning suhbatidan ayollaming g‘oyat 

nayotgani yaqqol sezilib turardi.

Martin uyga ketayotganda tasodifan  Brissen- 

denga yetib oldi.

-  E-ha, sizmisiz, -  dedi Martin.

Brissenden  unga javoban  lutfkorlik  bilan  bir

nima deb g‘oldirab qotydi, lekin har qalay Martin 

bilan  yonma-yon  yurib  ketdi.  Martin  hamrohi- 

ni  suhbatga tortishga  ortiq urinmadi,  shu  zayl- 

da ular  sukut  saqlab  bir necha kvartalni  bosib 

o‘tishdi.

0 ‘ziga bino qotygan qari eshak!

Tuyqisdan,  shijoat bilan aytilgan bu gap Mar- 

tinni  hang-mang qilib  qotydi.  Uning kulgisi  qis- 

tadi,  lekin  ayni  vaqtda  Brissendenga  nisbatan 

nafrati  ortib  borayotganini  his  qildi.  Ular  yana 

bir kvartal sukut  saqlab bosib  o'tishgandan ke­

yin Martin Brissendenning:

-  Nima qilib qatnab yuribsiz u yerga? -  degan 

gapini eshitdi.

-   0 ‘zingiz-chi?  -   deb  so‘radi  Martin  ham,  o‘z 

navbatida.

-  Nimaga borganimni bilsam о lay agar, -  deb 

javob qildi Brissenden. -  Ochigl, u yerda birinchi 

marta bolishim. Keyin, har sutkada yigirma to‘rt 

soat bor. Shu vaqtni bir iloj qilib o‘tkazish kerak- 

ku axir. Yuring, ichamiz.

-  Yuring, -  deb javob qildi Martin.

U  darrov  gapga  unagani  uchun  ichida  o‘zi- 

ni  soldb  qo“ydi.  Uyda  uni  «jo‘n»  bir  ish  kutar- 

di;  undan  tashqari,  kechasiga  Veysmanning 

kitobchasini  o‘qib  ko'rmoqchi,  har  qanday  ro- 

mandan ham qiziqarliroq bolgan  Gerbert  Spen-

lazzatla-




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish