Yangiasr avlopi



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

396

Jek  London

maxsus  muxbiri bolardingiz.  Axir ba’zi maxsus 

muxbirlar juda katta pul topishadi, undan tash- 

qari ular butun dunyoni aylanib yurishadi. Ular­

ni, masalan, Stenligao'xshab Afrikagayuborisha- 

di,  ular  Vatikanga  borib  papa  bilan  musohaba 

uyushtirishadi, Tibetning sirli go'shalarini tadqiq 

qilishadi.

-  Demak,  maqolam sizga yoqmabdi-da? -  deb 

so'radi  Martin.  -   Bundan  chiqdi,  siz  mening 

jumalist  bola  olishimni  faraz  qilasiz-u,  ammo 

yozuvchi  bolishimni  aslo  tasawur  qila  olmas 

ekansiz-da?

-  Yo‘q, yo‘q!  Maqolangiz menga judayam yoq- 

di.  U  juda  yaxshi  yozilgan.  Lekin  bularning 

hammasiga xalq  tushunmaydi  deb  qo'rqaman. 

Har  holda,  mening  tushunishim  uchun  juda 

oglr.  Juda  chiroyli  yozilgan,  lekin  men  deyar- 

li hech nima tushunmadim.  Birinchi navbatda, 

maxsus  ilmiy  atamalar  haddan  tashqari  ko‘p. 

Siz  haddan  oshirib  yuborishni yaxshi  ko'rasiz, 

azizim,  natijada o‘zingizga tushunarli bolib tu- 

yulgan narsalar bizlar uchun mutlaqo mavhum 

bolib chiqadi.

-  Ha,  maqolada falsafiy  atamalar ko‘p,  -   deb 

g'oldiradi Martin.

Uning  hayajoni  hali  bosilganicha  yo‘q  edi, 

chunki u o'zining eng kamolotga yetgan fikrlari- 

ni ovoz chiqarib o'qib bolgan edi, shuning uchun 

ham Rufning mulohazasi uni dovdiratib qotydi.

-  Mayli, bu asar shakl jihatidan muvaffaqiyat- 

siz chiqqan bolsin, -  deb o‘z fikrini talddlashga 

urinardi Martin, -  ajabo, mazmuni sizni raglaat- 

lantirmay dimi ?




Martin Iden

397

Ruf bosh chayqadi.

-  Yo‘q.  Men ilgari o‘qigan narsalarga sira ham 

o'xshamaydi  bu...  Men  Meterlinkni o‘qiganman, 

ammo unga mukammal tushungan edim.

-  Siz  uning  haqiqatdan  yiroq  mavhum  fikr- 

lariga tushunganmisiz? -  deb qichqirib yubordi 

Martin.


-  Ha.  Lekin sizning Meterlinkka hujum qilgan 

maqolangizga  mutlaqo  tushunmadim.  To‘g‘ri, 

agar originallik to‘g‘risida gapiriladigan bolsa...

Martin  sabri  chidamagandek  bir  qo‘zg‘alib 

qo^di-yu,  lekin  indamadi.  Keyin  qulog'iga  Ruf­

ning so‘zlari kirdi:

-   Xullas,  ijod  siz  uchun  bir  o'yinchoq  boldi,

- dedi qiz, -  u bilan uzoq vaqt ovunib keldingiz. 

Endi hayotga,  bizning hayotimizga jiddiy qaray- 

digan vaqt keldi, Martin. Shu paytgacha siz faqat 

o'zingiz uchun yashagan edingnz.

-  Siz xizmatga kirishimni istaysizmi?

-  Ha. Dadam sizga...

-  Bilaman, bilaman, -  deb uning so‘zini keskin 

boldi, -  lekin menga ochiglni ayting:  siz menga 

endi ishonmaysizmi?

Ruf indamay uning qolini siqdi.  Ko‘zlari xira- 

lashdi.


-   Sizga  emas...  sizning  yozuvchiligingizga, 

jonim, -  pichirlab dedi qiz.

-  Siz mening deyarli hamma asarlarimni o‘qib 

chiqdingiz, -  hamon o‘sha beomon dangallik bi­

lan gapida davom etdi Martin, -  ular haqida nima 

deysiz?  Sizningcha  juda  yomonmi?  Boshqalar- 

ning asarlaridan ham battarmi?

-  Boshqalar o‘z asarlari uchun pul oladilar.




Ъ98

Jek  London

-  Bu javob emas.  Demak,  siz meni adabiyotga 

iste’dodi yo‘q deb hisoblaysiz,  shundaymi?

-   Xo‘p,  yaxshi,  savolingizga javob  beraman,

-   Ruf  zo‘r-bazo‘r  o‘zini  qolga  oldi.  -   Sizni  yo- 

zuvchi  boladi  deb  о у  lam ay man.  Mendan  xafa 

bolmang,  azizim!  Axir  o'zingiz  so‘radingiz-ku. 

0 ‘zingiz  bilasiz,  adabiyotni  men  sizdan  ko‘ra 

ko'proq bilaman.

-   Ha,  siz  san’at  bakalavrisiz,  -   dedi  Martin 

o'ychanlik  bilan,  -   siz  tushunishingiz  kerak... 

Lekin gap  shuning o'zidagina emas,  -  dedi u ik- 

kovlari  uchun juda  iztirobli  sukunatdan  so‘ng.

-  Men  o‘z  qudratimning nimada ekanligini bila­

man.  Buni hech kim mendan yaxshiroq bilmay- 

di.  Men  muvaffaqiyat  qozonishimni  bilaman. 

Men hamma to‘siqlami yengib o'taman. She’rlar- 

da,  maqolalarda,  hikoyalarda  o‘z  aksini  topishi 

zarur  bolgan  narsalar  miyada  qaynab  yotibdi. 

Lekin gaplarimga ishoning deb iltimos qilmoqchi 

emasman.  Menga  ham,  mening  adabiy  iste’do- 

dimga ham ishonmang. Sizdan birdan-bir iltimo- 

sim -  mening muhabbatimga ishoning va  meni 

awalgidek  seving.  Bundan  bir  yil  burun  ikki 

yil muhlat berishingizni yolvorib  so‘ragan  edim. 

Bir  yil  mana  o4ib  ketdi,  lekin  ikkinchi  yil  o'tib 

tamom bolmasdan muvaffaqiyatga erishishimga 

imonim komil. Bir vaqtlar menga aytgan gapingiz 

esingizdami:  yozuvchi bolish uchun,  awal  sho- 

gird  tushib,  sinovdan  o'tish  kerak,  degan  edin- 

giz. Mana, sinovdan ham o‘tdim. Men shoshdim, 

sinovdan  qisqa  muddatda  o‘tib  boldim.  Jamiki 

orzvilarimning  so'nggi  marrasi  siz  edingiz,  shu-



Martin Iden

399

ning uchun siz to‘g‘ringizdagi fikrlar menga kuch 

bag'ishlab turdi. Xotirjam orom olib uxlash nima 

ekanligini  allaqachon  unutib  yuborganligim- 

ni  bilasizmi?  Mening  istagancha  uxlab,  uyqu- 

ga  toVganimdan  keyin  uyg‘ongan  vaqtlarimdan 

beri,  nazarimda,  million-million yil o‘tib  ketgan- 

day tuyuladi  ba’zida.  Endi  soat jiringi  ovozidan 

uyg‘onaman.  0 ‘zimga  qancha  vaqt  uxlash- 

ga  ijozat  berishimga  qarab,  soat  qo‘ng‘irog‘ini 

muayyan  bir  vaqtga  to‘g‘rilab  qoyaman.  Uyqu 

oldidan  tushunib  turib  qiladigan  eng  so'nggi 

ishim:  soatni  burab,  chiroqni  o'chirish.  Uyqum 

kelayotganini  payqasam,  qiyin  kitobni  qo^ib, 

bir qadar engilroq kitobni mutolaa qila boshlay- 

man.  Bordi-yu,  bu  kitob  tepasida  ham  mudroq 

bosaversa,  uyquni  qochirish  uchun  boshimga 

mushtlay boshlayman. Kiplingning uxlab qolish- 

dan qoVqqan odam haqida yozgani esingizdami? 

U to'shagiga polat shpomi shunday qilib o‘mat- 

gan ekanki, uxlay boshlasa, polat tish badaniga 

botarkan.  Men  ham  shunday  qildim.  Yarim  ke- 

chagacha, tungi soat birgacha, ikkigacha... uxla- 

maslikka  ahd  qildim.  Malum  vaqtgacha  shpor 

uxlagani  qoymasdi.  Men  bir  necha oygacha bu 

shporni  o'zimdan  uzoqlashtirmadim.  Nihoyat, 

shu darajaga yetdimki,  besh yarim soatlik uyqu 

men  uchun  yol  qo'yib  bolmaydigan  halo vat 

bolib qoldi. Hozir men bor-yo‘g l to‘rt soat uxlay- 

man.  Hamisha uyquga to^maganimdan  tinkam 

quriydi.  Ba’zi-ba’zida  boshim  aylanib,  fikrlarim 

chalkashib  ketadi  -   shu  qadar  uxlagim  keladi; 

ba’zan qabr oromi menga eng zo‘r huzur-halovat- 

dek tuyuladi. Esimga Longfelloning she’ri keladi:





Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish