Yangiasr avlopi


Dengiz suvining muzdek tubida



Download 13,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/463
Sana22.08.2021
Hajmi13,6 Mb.
#153776
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   463
Bog'liq
martin iden-1

Dengiz suvining muzdek tubida,

Neki bor uxlaydi tinch va osuda.

Bir qadam tashlasang suvga  mabodo, 

Hamma  narsa tugaydi,  b o ‘ladi ado.

400 

Jek  London

Albatta,  bu  bema’nilik.  Bu  charchaganlik- 

dan, asabning nihoyatda ishdan chiqqanligidan. 

Lekin  nima  uchun,  kim  uchun  shuncha  urin- 

dim  degan  savol  tug'iladi.  Siz  uchun.  Shogird- 

lik muhlatini qisqartirish uchun, muvaffaqiyatni 

tezlatish uchun.  Endi  shogirdlik  davrim  orqada 

qoldi.  0 ‘zimning nimalarga qodir ekanligimni bi­

laman.  Sizni  ishontirib  aytamanki,  men  bir  oy 

ichida o'qib o'zlashtirgan narsani har qanday ta- 

laba bir yil mobaynida ham o'qib tushira olmay- 

di. Men bunga aminman. Gapimga ishonavering. 

Agarda  gaplarimga  tushunishingizni  shuncha- 

lik  istamaganimda  bu  haqda  og'iz  ochmagan 

bolardim.  Men  maqtanayotganim  yo'q.  Men 

o'zim  o'qib  chiqqan  kitoblarga  asoslanib  ga- 

piryapman.  Sizning akalaringiz mening oldimda 

nodon,  vahshiy  odamlar,  ular  orom  olib  uxlab 

yotgan  chog'da,  men  kitoblardan  qancha  narsa 

o'qib  o'rganganman.  Bir  vaqtlar  men  shuhratni 

orzu  qilgandim.  Endi  men  uchun  shuhratning 

hech qanday ma’nosi yo'q. Men faqat sizni istay- 

man.  Siz  menga  ovqatdan  ham,  kiyim-boshdan 

ham, nom chiqarishdan ham zarursiz. Faqat qa­

chon siynangizga bosh qo'yib, nihoyat, mast uy- 

quga ketarkinman deb orzu qilaman. Oradan bir 

yil ham o'tmay bu orzuim ro'yobga chiqadi.

Yana  qiz  Martinning  kuchi  ta’siriga  berildi. 

Ruf qanchalik ko'proq qarshilik ko'rsatsa,  Mar-



Martin Iden

401

tin  uni  o'ziga  shuncha  ko‘proq jalb  etardi. 

zabt  etgan  kuch  endi  yigitning  nigohlarida  o‘t 

bolib chaqnar, uning ehtirosli nutqida eshitilar, 

uning vujudida qaynab toshardi. Shu choq, Ruf­

ning mustahkam,  sabotli  tabiati bir onga,  faqat 

bir  ongagina  taraddudlanib,  uning  ko‘zi  oldida 

haqiqiy  Martin  Iden,  olctam  va  muzaffar  Mar­

tin  Iden  namoyon  boldi.  Vahshiy  hayvonlarni 

o'rgatuvchilar ham ba’zi-ba’zida shubhaga tushib 

qolgani singari, Ruf ham bu odamning qaysar ta- 

biatini bo^ysundirish mumkinligiga shubha bilan 

qaray boshladi.

-  Gap yana mana bu yoqda, -  deb davom etdi 

Martin.  -   Siz  meni  sevasiz.  Lekin  nima  uchun 

sevasiz?  Axir  meni  yozishga  majbur  etayotgan 

narsaning  o‘zi  sizni  ham  meni  sevishga majbur 

etadi-ku.  Siz  meni  shuning  uchun  ham  seva- 

sizki,  atrofingizni  o'ragan  va  birontasiga  ko‘ngil 

qoyishingiz  mumkin  bolgan  odamlarga  men 

o‘xshamayman.  Men  kontorada  ishlash  uchun, 

hisob-kitob  bilan  shug'ullanish  uchun,  sansa- 

lorlik,  lo'ttibozlik uchun tug'ilgan emasman.  Siz 

meni  shu  hamma  odamlar  qilayotgan  ishni  qi- 

lishga,  ular  bilan  hamnafas,  hamfikr  bolishga 

majbur  qilib  ко‘ring,  men  bilan  ular  o'rtasidagi 

farqni  barbod  qilasiz,  meni yo‘q  qilasiz,  demak- 

ki,  o‘z  sevgingizni  mahv  etasiz.  Menga  g'ayrat 

baglshlagan  narsa  -   ijodga  bolgan  ehtirosdir. 

Bordi-yu,  bironta  oddiy  ovsar  odam  bolganim- 

da, yozuvchi bolishni orzu qilmasdim,  shuning- 

dek,  siz ham menga xotin bolishni xohlashingiz 

amrimahol bolardi.

-  Axir,  nega  endi?  -   deb  uning  so'zini  boldi 

Ruf, uning yuzaki bolsa ham, ziyrak aqli shu za-

Uni



402

Jek  London

taqqos  qilish mumkinligini payqadi. -  Axir, 

qandaydir bir doimiy harakat qiluvchi mashina 

to‘g‘risida umrbod  bosh  qotirib,  bola-chaqasini 

muhtojlik va mahrumlikka giriftor etgan tentak- 

lar ilgari zamonlarda ham bolgan-ku.  Ularning 

xotinlari  albatta  sevishgan,  birgalikda  iztirob 

chekishgan,  lekin  tentakliklari  uchun  emas, 

balki aniqrogl,  shu tentakliklariga qaramay se­

vishgan.


Martin e’tiroz bildirib javob qildi.

-   To‘g‘ri.  Lekin  mazkur  tentaklardan  boshqa 

ixtirochilar  ham  bolgan,  ular  umr  bo'yi  mut- 

laqo  aniq  va  foydali  narsalarni  ixtiro  qilish  bi­

lan  shug\illanganlar  va  nihoyat,  o‘z  istaklariga 

musharraf bolganlar. Men axir, mumkin bolma- 

gan hech narsani istamayman...

-   Siz  o'zingiz  «mumkin  bolmagan  narsaga 

erishmoqchi» bolganingizni aytuvdingiz.

-  Majoziy ma’noda aytgan edim.  Men,  ochigl, 

o'zimdan oldin juda-juda ko‘p odamlar erishgan 

narsalarga  intilaman,  ya’ni,  yozishni  va  adabiy 

mehnat bilan yashashni istayman.

Rufning  sukut  saqlab  otirishi  Martinning 

jig'iga tegardi.

-  Bundan chiqdi, siz buni ham doimo harakat 

qiluvchi mashina singari xom xayol deb hisoblar- 

kansiz-da? -  deb so'radi Martin.

Bunga javoban qizning  qoli -  xuddi injiq bo- 

lasini  tinchitmoqchi  bolgan  onaning  qolini  es- 

latuvchi  mehribon  qollari  Martinning  qolini 

siqib  qo'ydi.  Haqiqatan ham,  Martin Ruf uchun 

faqat injiq bola, mumkin bolmagan narsaga inti- 

luvchi tentak bola edi.




Martin  Iden

403

Ruf  ota-onasining  Martinga  qanday  adovati 

borligini yana bir bor eslatib o‘tdi.

- Lekin siz meni sevasizmi? -  deb so‘radi yigit.

- Sevaman,  sevaman! -  dedi qiz.

-  Men  ham  sizni  sevaman,  shuning  uchun 

ular  menga  hech  to‘siqlik  qilolmaydi.  -   Martin­

ning  ovozi  tantanavor  yangradi.  -   Modomiki, 

men  sizning  muhabbatingizga  ishonarkanman, 

ularning  nafratining  hech  daxli  yo‘q  menga. 

Dunyoda  muhabbatdan  boshqa  hamma  narsa 

beqaror.  Agar  muhabbatimiz  har  qadamida  qo- 

qilib yiqiladigan  zaif,  mayib-mayriq  emas,  balki 

chin muhabbat bolsa, u yolidan adashmaydi.




Download 13,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   463




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish