Martin Iden
439
ga urinib, so‘ng tahririyatdagi uch og‘ayni
lardan to‘rt dollaru to‘qson sent va parom chip-
tasini qanday musodara qilganini eslab, xoxolab
kulib yubordi.
- Juda soz! Demak, borasiz-a? - dedi Ruf se-
vinib ketib. - Men shuni bilgani keluvdim.
- Boraman? - u hayron bolib qayta so‘radi. -
Qayoqqa?
- Ertaga biznikiga, tushki ovqatga. Pulni olgan
zahotim kostyumimni sotib olaman deb aytuv-
dingiz-ku.
- Buni butunlay unutibman, - xijolat bolib
dedi Martin. - Bilasizmi, gap bunday... Bugun
ertalab polismen Mariyaning ikkita sigiri bilan
buzoglni o'tlami poymol qilgani uchun olib ket
di, uning jarima tolashga puli yo‘q edi... uning
uchun men tolab yubordim. Shunday qilib,
«Qo‘ng‘iroq sadosi» uchun olgan gonorarimning
hammasi Mariyaning sigirlarini qaytib olish
uchun ketdi.
- Demak, bora olmaysiz?
Martin o'zining ohori ketgan kiyimiga nazar
tashladi.
- Bora olmayman.
Rufning moviy ko'zlari jiqqa yoshga toldi, u
Martinga o'pkalanib qarab qo^di-yu, lekin hech
nima demadi.
- Kelasi yili Shukronalik kuni siz bilan Del-
moniko bo'yida, yo Londonda, yoki Parijda,
yoinki ko'nglingiz istagan yerda bayram qilamiz.
Bunga mening ishonchim komil.
- Yaqinda gazetalarda shuni o'qidim, - dedi
Ruf javob berish o‘miga, - pochta mahkamasida
440
Jek London
bir necha o‘rin bo'shayotgan ekan. Axir u yerda
navbatingiz birinchi edi-ku?
Martin chaqiriq qog'ozini olgan bolsa ham,
bormaganini aytishga majbur boldi.
- Men o‘zimga, muvaffaqiyat qozonishimga
juda qat’iy ishonaman, - deb o‘zini oqlay bosh
ladi u. - Yana bir yildan keyin men har qanday
pochta xodimidan o‘n hissa ko‘proq pul ishlay
boshlayman. Mana ko'rasiz.
- Oh! - deb qo^ya qoldi Ruf. U o‘midan turib,
qolqopini kiya boshladi. - Men ketishim kerak,
Martin. Artur kutib turibdi.
Martin uni mahkam bag‘riga bosib o‘pdi, lekin
Ruf uning erkalashlariga parvo qilmadi. Uning
badani odatdagidek seskanmadi, u qollari bilan
Martinning bo^ynidan quchoqlamadi, dudoqlari-
ni uning lablariga bosmadi.
«Jahli chiqdi, - deb o'yladi Martin Rufni kuza-
tib qo“yib uyga qaytarkan. - Lekin nega? Albatta,
polismen kelib-kelib shu bugun sigirlarni tutib
olgani yaxshi bolmadi, lekin bu oddiy ko‘ngilsiz
hodisa-ku. Bunga hech kim aybdor emas». Bosh-
qt .cha ish ko‘rishim mumkin emasmidi, degan
fikr Martinning xayoliga ham kelmagan edi. «Ha,
albatta, - degan qarorga keldi u nihoyat, - men
uning oldida pochtadagi ishdan voz kechganim
uchun ham bir oz aybdorman. Undan keyin «Vi-
ki-Viki» ham unga yoqmadi».
Orqadan oyoq tovushi eshitildi. Martin o‘gi-
rilib, eshik oldiga yaqinlashib qolgan pochtachi-
ni ko‘rdi. Martin odatdagi hayajon bilan uning
qolidan bir to‘p qalin va cho‘zinchoq konvertlar-
ni oldi. Ular orasida bitta kichkina konvert ham